Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Download 0.69 Mb.
bet71/176
Sana24.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1057435
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   176
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Oddiy takrorlash bir xil, o‘zgarmas sharoitda xosil bo‘lgan xarakat, malakasining asosiy variantini mustaxkamlashga imkon beradi. Bunday takrorlash taolimning moxiyatiga ko‘ra nusxa ko‘chirish, taqlid qilish bilan bajarish. Masalan: o‘qi-tuvchi xarakatning standart texnikasini tushuntirganda va uni ko‘rsatganda, o‘quvchi ko‘rganiga o‘xshatishga, o‘z xarakatini o‘sha xarakatga yaqin qilib bajarishga urinadi. Taolimda oddiy takrorlashdan foydalanish zaruriyati mavjud, lekin u chegara-langan didaktik imkoniyatlarga ega.
Variativ takrorlash boshqacha vazifani nazarda tutadi: u xarakat malakasiga shunday moslanuvchanlik, eguluvchanlik berishki, undan turli sharoitlarda foydalanish mumkin bo‘lsin. Shu maqsadda xarakat faoliyatini takrorlash tizimli ravishda o‘zgaruvchan variantlarda va sharoitlarda bajarti-riladi. Variativ takrorlashdan ongli ravishda foydalanish katta samara beradi:

  1. agarda variativ takrorlash o‘quvchidan optimal daraja-dagi usulni topishni talab qiladigan qilib vazifa qo‘yish bilan amalga oshirilsa, bu muammoli o‘qitishga asos bo‘lib qolaveradi. Maolumki, muammoli o‘qitish, xarakat vazifasini xal etish, mustaqil fikr yuritish va unga ijodiy yondoshishga yordam beradi;

  2. xarakat faoliyatini o‘zgaruvchan turlicha variant va sharoitda takrorlash, malakani faqat o‘zgaruvchan sport kurashi sharoitidagina emas, mexnat, xarbiy amaliyoti va turmush sharoitida qo‘llay olishga o‘rgatadi;

  3. mashulotlarda ijroning turli variantlarda bajarilishi o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi. Maolumki, bolalar bajarilishi qiyin bo‘lgan xarakat faoliyatini, o‘zlash-tirish, mustaxkamlash va takomillashtirishda yangicha vazifa qo‘yib bajartirilsa mashqni zo‘r istak va intilish bilan amalda takrorlaydilar, bu o‘z navbatida, ularning iqtidorini, xarakat zaxirasi va tajribasini orttiradi, boyitadi.

Maksimal pedagogik samaraga erishish uchun takrorlashlar soni optimal bo‘lishi kerak. Mashq natijasining ortirish uni takrorlashlar soniga boliq, lekin unga to‘ri proporsional emas. Ko‘p sonli qaytarishlar tezdagina mexanik bajarishga aylanib qolib, mashulotlardagi faollik pasayadi.
Takrorlashlar soni, taolimning vazifasi, faoliyatning murakkabligi, o‘quvchining tayyorgarlik darajasi va o‘qitish metodikasini takomillashganliligi faktorlariga xam boliq. Maktabda jismoniy tarbiya dasturi materialining xajmi va murakkabligi o‘quv rejasi chegarasidan chiqmagan xolda, takror-lashlar sonini yetarli tarzda belgilashga imkon beradi. Agar shakllangan malaka yetarli darajada puxta, mustaxkam bo‘lib qolgan bo‘lsa, xarakat xissiyoti yangi materialni o‘zlashtirishni qiyinlashtirmasa, takrorlashlar sonini faqat shundagina qisqartirish mumkin.
Qaytarishlar soni xarakat faoliyatini birinchi marotaba takrorlash uchun keragidan ortiqrok sonda belgilanadi. Bu ortiqcha qaytarishlar xarakat malakasining mustaxkamligini oshirish xarakat zaxirasi (zapasi)ni boyitishni nazarda tutib belgilanadi.
Takrorlashlarni vaqtiga qarab, maolum nizomga tayangan xolda, o‘zlashtarilganlarni esdan chiqarmay, tizimli takror-lashni to‘xtatib qo‘ymay vaqtidan boshlashni unutmaslik lozim.
Metodik nuqtai nazardan o‘qituvchi ikki vazifani xal qiladi:
1) o‘zlashtirilgan faoliyatni takrorlashni bir darsda va bir qator darslarda qanday ketma-ketlikda joylashtirish; 2) taolimning to‘la etaplarida mashqni qanday chastotada (takrorlash tezligi)da takrorlash kerakligi.
Buning uchun o‘qitish jarayonidagi barcha faktorlarni aniq ravishda xisobga olish va takrorlashning ikki uslubini cho‘zib ilmiy asosda qo‘llash. Bu uslublar: (uzoq muddat davomida) takrorlash va konsentratsiya qilingan mashq jarayonini siqi, yiishtirilgan yoki xarakat tarkibidagi ayrim zvenoga eoti-borni chuqurroq tarzda takrorlashdan foydalanish kerak bo‘ladi.
Dam olish intervali va uning uzunligini belgilashda ikkovining umumiy yiindisi teng bo‘lsa, uzoq vaqt dam olib, nagruzka intervali siyrak bo‘lganga qaraganda, intervali qisqa dam olish intervali ko‘p bo‘lgan mashulotlar organizmning ish qobiliyatini yaxshilaydi. Shuning uchun jismoniy tarbiya darslarini maktabda ikki darsni birlashtirib o‘tish xar doim xam ijobiy samara bermaydi.
O‘qitishni tezlashtirish natijaga erishish, eotiborna aynan bir narsaga (konsentratsiya qilib) qaratib takrorlash orqali amalga oshirish, ommaviy o‘rgatishda katta samara bermagan. Lekin yuqori maxoratli sportchilarni tayyorlashda yuqorida qayd qilingan tez natijaga erishish usuli taolim metodikasining asosini tashkil qiladi. Xarakat malakasini boshlanich etapida qaytarishning bu usulidan foydalanib bo‘lmaydi. U faoliyat texnikasini to‘ri tushinish xamda fikr-lashga salbiy taosir etib, xosil bo‘lgan malakaning puxtala-shishiga to‘siq bo‘lishi, puxtalashishining cho‘zilishiga olib kelishi mumkin. Malakaning to‘ri shakllanishi lozim bo‘lgan jismoniy sifatlarini muvofiq darajada rivojlanishiga boliq, bu albatta, uzoq muddat davomida xarakat faoliyatini takomillashtirishni taqozo etadi.
Takrorlashning ikki uslubiga xos tugal natijani aniq-lashda, yaoni takrorlashlarning yaxshi-yomonligiga baxo berishda uzoqroq cho‘zib takrorlash qiyin o‘zlashtirayotgan o‘quv materia-lini o‘zlashtirishda samaradorroq xisoblansa osonroq material uchun konsentratsiyalashtirib takrorlash maqsadga muvofiqdir.
Ikkala uslubda xam takrorlashni taqsimlanishining xarakteri bir xil emasligi bilan ajrab turadi: o‘qitishning birinchi bosqichida takrorlashlar chastotasi maksimal darajada, bajargisi kelsa ijozat berish lozim, vaqt o‘tishi bilan bu ko‘tarinkilik bir oz susayadi. Buni yangi malaka xosil bo‘lishi yangi nerv aloqalarini yuzaga kelishi ularni mustaxkamlanishi bilan tushuntirish mumkin. Bu aloqalarning puxtaligi yetarli darajaga yetsa, ularning saqlash uchun takrorlashlarga talabni kamayib ketishi bilan kuzatish mumkin.
Ommaviy o‘rgatish sharoitida faoliyat texnikasini egal-lashning amaliy chegarasiga yetishda dam olish intervalining uzunligi o‘zining prinsipial axamiyatini yo‘qotadi. Ko‘nikmani saqlash uchun, unga kerak bo‘lgan qismida o‘zgartirishlar kiri-tish maqsadga muvofiq. Bu o‘zgarishlar shuullanuvchining jismoniy tayyorgarligi maolum darajada oshganligi sababli qilinadi. Agarda bu takrorlashlar xarakat malakasini doim takomillashtirishni vazifa qilib qo‘ymasa, kerak bo‘lgan dara-jadagi xarakat sifatlarini qo‘llab-quvvatlash uchungina, egal-lagan malakaning so‘nishini oldini olish maqsadida takror-lanadi xolos.
Shunga ko‘ra, maktab dasturida berilgan yangi faoliyat-larni o‘zlashtirish davomida asosiy takrorlashlarni choragidagi aralash tipiga kiruvchi darslarda o‘tkazish maqsadga muvo-fiqdir.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling