Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Qatoiyyan reglamentlashtirilgan mashq usuliyati


Download 264.24 Kb.
bet77/155
Sana03.02.2023
Hajmi264.24 Kb.
#1149299
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   155
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Qatoiyyan reglamentlashtirilgan mashq usuliyati xarakat shaklini, nagruzka kattaligini, uning ortishini, dam olish bilan to‘ri navbatlashuvini va xokazolarni reglament-lashtirish orqali xarakat faoliyatini ko‘p marotabalab baja- rish bilan xarakterlanadi. Buning natijasida aloxida xarakat-larni tanlab olib, asta-sekinlik bilan ulardan zarur bo‘lgan xarakat faoliyatini tuzishga imkoniyat yaratiladi.
Xarakat faoliyatini o‘zlashtirishdagi bo‘laklarga (qism-larga) ajratishni to‘la o‘rgatish usuliyati bilan bir birini to‘ldirishi va turli sharoitga muvofiq, o‘quv vazifalarini aniq belgilab o‘quvchilarning guruxli va individual xarakteristi-kasiga, taolim etaplari, o‘quv materialining xarakteri va mazmuni, o‘quv vositalarining soni (jixozlar, snaryadlar va boshqalar)ga qarab qo‘llanilishi kerak. Asosan, bu usuliyatdan jismoniy sifatlarni rivojlantirish maqsadida foydalani-ladi. Mashq belgilangan vaqt ichida tanlangan xarakat suroati (tempi), ritmi, amplitudasi xarakat fazalarini o‘zgarishsiz berilgan ketma-ketlikda oldindan tuzilgan dastur asosida bajarishni taqazo qiladi.
Qismlarga (bo‘laklarga) ajratish bilan o‘zlashtirish usuliyati boshlanishida xarakat faoliyatini aloxida bo‘laklarga ajratib, ularni asta-sekin zarur bo‘lgan umumiylikka birlash-tirishni nazarda tutadi. Bu usuliyatni to‘laqonli amalga oshirish ko‘p xolda xarakat faoliyatining aloxida bo‘laklarini qismlarga ajrata olish va uni ajratish lozim emasligini bilishni xamda amalda uni bajara olishni uddalay oladimi-yo‘qmi shunga boliq. Pedagogika amaliyotidagi qator ilmiy va amaliy izlanishlar xar qanday xarakat faoliyatini tarkib topdirgan bo‘laklarga - qismlarga ajratish mumkinligini isbotladi. Qismlarga ajratish chegarasi va uning xarakteri taolimning vazifalariga muvofiq xolda, mashqni bo‘laklay olishni bilishni taqazo etadi. Bir butun tarkibdagi aloxida elementlar orasida belgilangan munosabatlar o‘rnatiladi. Bir butun bo‘lishni aniqlash faqat uni qismlarga ajratishni ang-lash, bir butun bo‘lish qonuniyatlarini bilish orqali amalga oshiriladi.
Bo‘laklarga bo‘lish qismlarga ajratib o‘rgatish usuliya-tining xarakterli belgisi xisobdlanadi. U butun bir xarakat faoliyatini egallashni yengllashtiruvchi boshlanich bir etap xolos, yakuni bo‘lib xarakatni to‘la o‘rganish tushuniladi. Yakunida o‘quvchilar xarakat faoliyatini boshlanishidan oxiri-gacha bir butun deb qabul qilishlari lozim. Bu qo‘shilishning ijrosida asosiy va ikkinchi darajali elementlar bo‘lishi mumkin emas, ularning xammasi muximdir. Barchasi u yoki bu darajada o‘zida umumiy yutuqga poydevor quradi.
Xarakat faoliyatini qismlarga ajratish usullari turli tuman bo‘ladi, lekin ularning xar biri oxirida aniq yo‘llanma beruvchi mashqlarning vujudga kelishiga olib keladi. O‘zining vazifasiga ko‘ra xamda tabiatiga ko‘ra to‘la bir butun xara-katning “bo‘laklari-elementlari” bilan prinsipial farqga ega bo‘lmaydi va maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan bo‘laklarga bo‘lish jarayonining natijasi xisoblanadi.

Download 264.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling