Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy mashqni ko‘rsatish uchun qo‘yiladigan metodik talablar


Download 264.24 Kb.
bet74/155
Sana03.02.2023
Hajmi264.24 Kb.
#1149299
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   155
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Jismoniy mashqni ko‘rsatish uchun qo‘yiladigan metodik talablar:

  1. o‘rganilayotgan xarakat faoliyatini ijodiy takrorlashga imkoniyat ochish maqsadida ko‘rsatishni komentariya qilish bilan olib borish;

  2. ko‘rsatish payitida o‘quvchilarning o‘qituvchining emotsional xolatiga taqlid qilishini eotibordan chetda qoldirmaslik orqali taolim jarayoniga munosabatni shakllan-tirish muxim axamiyat kasb etadi.

Ko‘rsatishning mazmunini o‘qitish vazifalari mazmuniga muvofiqligi:

  1. ko‘rishi orqali to‘la tasavvur xosil qilib, mashqni takrorlay bilish, ko‘rsa-yu xarakatini bajara olmasa taolimda samara bo‘lmaydi;

  2. xarakat faoliyatini egallash, o‘rganishni ko‘rsatish talab etilsa, mashq texnikasining ijrosi ko‘rsatuvda ishdivi-duallashtirilishi va sport maxoratini yuqori darajada ifodalaydigan bo‘lishi lozim;

v) o‘quvchi diqqatini aloxida xarakatlarga va aksentlash-tirilgan zo‘riqishlarga qaratish lozim bo‘lib qolsa, ko‘rsatishda mashqning aynan o‘sha joylari takroriy, uru berib, sekinlash-tirilib namoyon qilinadi, aniq bo‘lmagan, palapartish ko‘rsa-tishlarga yo‘l qo‘yilmasligi, ijro esa o‘quvchilar tomonidan namuna sifatida qabul kilinishi kerak bo‘ladi.
Jismoniy mashqni o‘quvchi tomondan ko‘rsatishga quyidagi xollarda ruxsat berilishi mumkin:

  1. o‘qituvchi salomatligi yomonligi tufayli xarakat faoliyatini ko‘rsata olmasa;

  2. ko‘rsatishda o‘qituvchi imkoni bo‘lmay noqulay xolatda qoladigan xolatda turib qoladigan bo‘lsa (masalan, boshi yerga qarab yoki o‘quvchilarga orqasi bilan turib qolsa);

v) o‘qituvchi o‘quvchida xarakatni butunlay bajarib bo‘l-maydi degan fikr to‘la ongiga singib qolganini sezgan taqdirda uni yo‘qotish uchun;
g) o‘quvchi misolida mashq ijrosini individuallashgan texnikasini namoyishkorona bajarish kerak bo‘lib qolgan taqdirda.
Ko‘rsatishda o‘qituvchi shunday nizomga rioya qilishi kerakki, u barcha o‘quvchilarga raxbarlik qila olsin (yuqoriroqda turib butun bajarilishini ko‘rishni turli tomondan kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lsin, sinfni nazoratda tutish), o‘quvchilar mashqni faqat bir tomondan emas (masalan, yon profilda oyoqlarni bukish yozishning ko‘rinishi qanday bo‘ladi va x.k.) ko‘rsata olsin.
«Bunday bajarish kerak emasligini ko‘rsatish”ni o‘qi-tuvchi tomonidan namoyish qilishga ruxsat beriladigan xolat-lar: o‘quvchi bajarilgan mashqga tanqidiy qarashni bilsa; o‘zlarining xarakatlarini taqqoslash solishtirish malakasiga ega bo‘lsa; mashqni taxlil qila oladigan bo‘lganlarida; ko‘rsatishni ishontiradigan tushuntirishlar bilan olib bora olsa va o‘quvchini tanqid, masxara qilish maqsadida bo‘lmasa. “Oynada” aksini ko‘rgandek ko‘rsatuvlar faqat sodda xarakatlar, asosan, umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni ko‘rsatishda qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Qiyin xarakatlarni bu usulda ko‘rsatish qoidaga ko‘ra ijroning tabiiyligini, yengilligini yo‘qolishiga olib kelishi amaliyotda isbotlangan.

Download 264.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling