Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Download 264.24 Kb.
bet72/155
Sana03.02.2023
Hajmi264.24 Kb.
#1149299
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   155
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Aytib berish (xikoya) O‘quvchi faoliyatini o‘yin tarzida tashkillash uchun ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan aytib berish qo‘llaniladi.
So‘z bilan ifodalash - bu xarakat faoliyati xaqida tasavvur xosil qilish usuli bo‘lib, faoliyatning xarakterli belgilari so‘z orqali sanaladi, nima qilish lozimligi tushuntiriladi, nima sababdan aynan shunday qilish zarurligi gapiriladi. Undan o‘quvchining xarakat tajribasi va bilimiga asoslanib dastlabki - birlamchi tushuncha xosil qilish yoki eng sodda xarakatlarni o‘zlashtirishda foydalaniladi.
Tushuntirish - xarakat faoliyatlariga ongli munosabat-ning muxim usullaridan biri bo‘lib, u “nima uchun?” degan asosiy savolga javob beradi.
Suxbat - bir tomondan, faollikni oshiradi, o‘z fikrini aytish malakasini shakillantiradi, boshqa tomondan, o‘qituv-chiga o‘z o‘quvchilarining bilish, bajarilgan ishni baxolash uchun yordam beradi. Suxbat faqat o‘qituvchining o‘quvchilarga bergan savollari va ularga o‘quvchilarning javoblari yoki o‘z Dune-qarashlarini erkin gapirib berish, o‘rtaga tashlash tarzida amalga oshiriladi.
Muxokama - biror vazifani aniq xal qilib bo‘linganidan so‘ng o‘tkazilishi bilan suxbatdan farq qiladi. Muxokama o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilsa, bir tomonlama o‘quvchilar ishtiroki bilan o‘tkazilsa ikki tomonlama bo‘ldi deb aytish mumkin.
Topshiriq - dars oldidan vazifa qo‘yish yoki dars davomida xususiy vazifa qqyish tarzida beriladi. Vazifaning birinchi shakli shu bilan xarakterlanadiki, o‘qituvchi birdaniga vazifani bajarishning bir necha usullarini topshiriq tarzida tushuntiradi. O‘quvchilarga esa faqat talab qilinganlarni bajarish vazifasi qoladi xolos. Topshiriqni ikkinchi shakli o‘quvchilar uchun nisbatan qiyinroq bo‘lib, ular o‘qituvchidan vazifani faqat ifoda tarzida oladilar, uni xal qilish, yechishni mustaqil qidirishga majbur bo‘ladilar.
Baxolash xarakat faoliyatining bajarilishining taxlili natijasidir.

Download 264.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling