Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Download 264.24 Kb.
bet9/155
Sana03.02.2023
Hajmi264.24 Kb.
#1149299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   155
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Maqsadning umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir.
Ko‘rsatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shuullanuvchilarning yoshi, soligi, jismoniy tayyorgarligi, shuullaniladigan kasbi xisobiga olinadi va jismoniy tarbiyada konkret vazifalar xal qilinadi:

  1. odam organizmining forma funksiyasini garmonik rivojlantirish, jismoniy qobiliyatini xar tomonlama kamolga yetkazish, soligini mustaxkamlash va jamiyat aozosini uzoq umr ko‘rishini taominlashga yo‘nalish berish;

  2. xayotiy zaruriy xarakat malakalarini va ko‘nikma-larini, kundalik turmushda kerak bo‘ladigan jismoniy mada-niyatga molik maxsus bilimlarni shakllantirish;

v) xar tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismo-niy sifatlarni tarbiyalash;
Inson jismoniy tarbiyasi maqsad va vazifasi uning boshqa tarbiya jarayonlari bilan boliqligi shundagina muvofiq deb tushuniladiki, bu muvofiqlik oboektiv xarakterda bo‘ladi va jismoniy tarbiya jarayoniga qonuniy yo‘nalish beradi. Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa soxalari-dagidek maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat, rejalashtirilgan natijaga xar doim xam to‘ri kela olmasligi isbotlangan. Jismoniy tarbiyada tarbiya natijasini yosh sportchi yoki fizkulpturachi trenirovkasiga rejalashtirilgan jismoniy mashqlar uning organizmiga qanday taosir qilayotganligini xisobga olishni taqazo qiladi, qisqa va tor yo‘nalishdagi sport trenirovkalarining natijasiga eotibor bersak, shuni ko‘ra-mizki, yuqori natijalarga erishish maolum davr ichida bo‘lib, oldingilari unutilsa, trenirovka mashulotlari keyinchalik o‘zini oqlamaydi. Bu esa xar tomonlama garmonik rivojlanishga xalal beradi va sport yutuqlarini yo‘qqa chiqaradi.
Shuning uchun pedagog va trener oldida uzoqni ko‘ra bilish, bashorat qila olish talabi ko‘ndalang bo‘ladi. Bu vazifani xal qilish esa o‘qimishli, o‘z ishini biladigan, sevadigan mutaxassislar tayyorlash tizimida amalga oshirilishi lozim. Shunga ko‘ra maqsad va vazifalarni ijobiy xal qilishga qodir, bolalik choidan jismonan solom, maonaviyatini uyun qilib tarbiyalashni ular o‘zlarining asosiy burchlari deb bilishlari kerak.
Navqiron, o‘zligimizni endigina eotirof etayotgan mamlakatimiz turli toifadagi davlat va nodavlat sport jamiyatlari, fizkulptura xavasmandlari uyushmalari orqali yagona jismoniy tarbiya tizimini tuzishga eotiborni kuchay- tirib, tizimda maonaviy boylik, jismoniy barkamollik, xalqchilik va uning ilmiylik xususiyatlarini mujassam- lashtirmoqda.
Sharq mutafakkirlari maonaviy boy, jisman barkamol, komil inson masalasiga azal-azaldan aloxida eotibor berganlar. Komillik fazilatlaridan eng ului tanning inson jismining, barkamolligidadir deyiladi. Insonning matonati, diyonati, riyozati, qanoati, ilmi, sabri, intizomi, nafsi, vijdoni, xaqqoniyligi, nazari, ibrati, iffati, xayosi, idroki, zakovati, iqtisodi, itoati, xaqshunosligi, avf eta olishi, vatanni sevishi kabi ijobiy xislatlari (A. Avloniy “Turki guliston yoxud axloq” Toshkent “O‘qituvchi” 1992. 13-bet)ga faqat solom jism, tani-sixatlilik orqali erishiladi deb qaralgan.
Mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimini xalqchilligi deganda, biz milliy o‘yinlar tarzida xalq ommasi orasida keng tarqalgan jismoniy mashqlar, milliy sport turlari, ommaviy sport, olimpiadalar dasturidan o‘rin olgan “katta sport” bilan ko‘p millatli respublikamiz xalqlarini shuullanish imko-niyati borligi tushuniladi.
Ilmiyligi shundaki, jismoniy tarbiya soxasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarining keng tarqalganligi va uni amaliyot bilan bolab olib borilayotganligi, jismoniy tarbiya naza-riyasi va amaliyotining ilmiy fanlari xisoblangan pedagogika, psixbologiya, anatomiya, fiziologiya, biomexanika, sport metro-logiyasi, sport tibbiyoti, davolash fizkulpturasining va boshqa-larga tayanganligi, ularning ilmiy yutuqlari? xalqimiz xayotiy extiyojini qondirishga yo‘naltirilgan. Jismoniy tarbiya tizi-mi bir-biri bilan uzviy boliq bo‘lgan zvenolarga bo‘linib, xozirgi kunda xam tarbiya jarayonining turli dasturlarining bajarilishi shu zvenolarda amalga oshirilmoqda:

  1. maktabgacha taolim (davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari) zvenosi;

  2. maktab yoshidagilar jismoniy tarbiyasi (umumiy o‘rta taolim I-IX sinflar) zvenosi;

v) o‘rta maxsus, kasb-xunar taolimi (akademik litseylar, kasb-xunar kolledjlari) zvenosi;
g) oliy taolim zvenosi;
d) armiya zvenosi;
ye) oliy taolim va armiyadan so‘ngi xavasmandlik asosidagi jismoniy tarbiya zvenosi;
Jismoniy tarbiya tizimi o‘zida quydagi asosiy element-larni birlashtiradi:

  1. jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari va prin-siplarining maqsadga muvofiqligi;

  2. jismoniy tarbiya tizimida qo‘llaniladigan vositalar - gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm va boshqalar tipidagi jismoniy mashqlar;

v) turli shakldagi pedagogik jarayon mobaynida qo‘llani-ladigan usuliyat (taolim jarayoni, usuliyatlari, sport trenirov-kasi va mustaqil mashulotlarida foydalaniladigan)lar;
g) jismoniy tarbiya maqsadida kishilarni uyushtirish shakllari;
d) jismoniy tarbiya mazmuni va natijalarida ifoda-langan jamiyat va davlat talablari (normalar va dasturlar).
Jismoniy tarbiya tizimining taxlili masalalariga oid nazariy material rus olimlari A.D. Novikov, L.P. Matveev, G.D. Xarabugi va qator boshqa mualliflarning darsliklarida to‘la yoritilgan.
Jismoniy tarbiya jarayonining nazariy, uslubiy amaliyo-tining umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining negizini tashkil qiladi. Millatimizning bu soxadagi merosini o‘rganish fanimizning asosiy vazifasidir. Jaxongirlarni yuzaga chiqargan yurtimizning elat va xalqlari jismoniy madaniyati tarixiy manbaalarda o‘z o‘rnini olganligiga ishonchimiz komil.
Shu o‘rinda P.F. Lesgaft va uning shogirdi V.V. Gorinevskiylar sobiq sho‘rolar jismoniy tarbiya tizimining asoschilari deb tan olinganligi jismoniy tarbiya nazariya-sining rivojlanishida munosib xissa qo‘shgan olimlar sifa-tida jaxon jismoniy madaniyati fani namoyandalari qatoridan o‘rin olganliklarini eotirof etish lozim.
P.F. Lesgaft (1837-1909) biolog, anatom, pedagog va katta jamoatchi sifatida inson shaxsning intelektual rivojlanishi uchun uning yashagan ijtimoiy muxiti va tarbiyasi rol o‘ynashini ilmiy jixatdan asoslab berdi. Lesgaft tomonidan ishlangan “Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy bilimlar” tizimi xozirgi kunda xam o‘z ilmiy axamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Chor Rossiyasining jismoniy tarbiyaga munosabati yaxshi emas edi. “Maktablar bizda bolalarga butunlay jismoniy bilimlar bermayapti. Bu ishga raxbarlikni bizning ishga aloqasi yo‘qlarga berib qo‘yilgan, ular jismoniy madaniyatni soxta tushunchalar orqali tasavvur qiladi, yoki bo‘lmasa, qaysidir chet el maktabini bitirib kelgandan eshitganlarigina biladi. Shuning uchun ular bola jismoniy tarbiyasiga eoti-borsizdirlar”, - deb yozgan edi P.F. Lesgaft.
V.V. Gorinevskiy (1857-1937) o‘zining tibbiy-pedagogik faoliyatida Lesgaft fikrlarini rivojlantirib sobiq sho‘rolar tuzumi jismoniy tarbiya tizimini rivojlanishiga katta xissa qo‘shdi. U jismoniy mashqlar bilan shuullanuvchilar ustida o‘tkazishni tadqiqot nazoratini qilishning ilmiy uslubiy kompleksini yaratdi. P.F. Lesgaft va uning shogirdi V.V. Gorinevskiylarning ilmiy merosinining qimmati shundaki, ularning jismoniy bilimlar va jismoniy tarbiya xaqidagi ilmiy fikrlari amaliy va jamoatchilik tajribasi asosiga tayanganligidadir.

Download 264.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling