Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Xarakatlarning koordinatsiyaviy murakkabligi


Download 264.24 Kb.
bet26/155
Sana03.02.2023
Hajmi264.24 Kb.
#1149299
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155
Bog'liq
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Xarakatlarning koordinatsiyaviy murakkabligi chaqqon-likning birinchi o‘lchovidir. Agar xarakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari xarakat vazifasiga mos bo‘lsa, xarakat yetarli darajada aniq bo‘ladi, xarakat vazifalari xarakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Xarakatning aniq-ligi chaqqonlikning ikkinchi o‘lchovidir.
Xayotda va sportda duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha xarakatlarni ikki guruxga ajratamiz.

  1. Nisbatan stereotip xarakatlar.

  2. Nosteriotip xarakatlar.

yengil atletika yo‘lkasida, tekis joyda yugurishlar, uloq-tirish va sakrashlar, gimnastika mashqlari, birinchi gurux xarakatlariga, sport o‘yinlari, yakkama-yakka olishuv, slalom, kross va shu kabilar ikkinchi guruxga kiritiladi. Stereotip xarakatlardagi aniqlik, kishi bu xarakatlarni bajarishning qanchalik uzoq mashq qilganligiga, va uni texnikasini o‘zlash-tirganligiga boliq. Agar inson to‘ridan-to‘ri, tayyorgar-liksiz yangi xarakatlarni birdaniga bajara boshlasa, xarakatni o‘zlashtirib olishi uchun vaqtni turlicha sarflanishiga qarab chaqqonlikka baxo beriladi. Shuning uchun yangi xarakatni o‘zlashtirib olishga ketgan vaqt shuullanuvchida chaqqonlik sifatining ko‘rsatkichlaridan biridir.
Yuqorida aytganlrni xisobga olib, birinchidan chaqqon-likni yangi xarakatlarni tezda o‘zlashtirib olish qobiliyati (tez o‘rganish qobiliyati), ikkinchidan, xarakat faoliyatini to‘satdan o‘zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq tezda qayta moslash deb tushunish to’ri bo’ladi. Bu taorifimizdan ko‘rinib turibdiki, chaqqonlik - bu baxolash uchun yagona o‘lchovga (kriteriyga) ega bo‘lmagan murakkab kompleksli fazilatdir. Xar bir muayyan xolda, sharoitga qarab u yoki bu kriteriyni tanlab oladilar. Chaqqonlik anchagina xususiy fazilatdir. Sport o‘yinlarida chaqqon bo‘lib, gimnastikada unchalik chaqqonlik ko‘rsata olmaslik mumkin. Chaqqonlikning xayotiy muxim xarakat sifati tarzida namoyon bo‘lishi gavdaning nisbatan kam xarakatda bo‘lgani xolda, qo‘llar bilan moxirona xarakat qilishda qo‘l chaqqonligini namoyon bo‘lishi (ajratuvchi, slesarlik, uymakor-lik, duradgorlik, stanokda ishlash, kosiblik va boshqalarda) ko‘zga tashlanadi. Xar qanday xarakat qanchalar yangi bo‘lib tuyulmasin, doimo koordinatsiyaviy bolanishlar asosida baja-riladi.
Sxema tarzida xar qanday individ yangidan-yangi xarakat-larning barchasini oldindan o‘zlashtirgan tajribalari zaxirasi asosida o‘zlashtiradi va mustaxkamlangan, oyat ko‘p elementar koordinatsiyaviy bo‘lak chalarning yiinini tuzadi. Kishida xarakatlar koordinatsiyalarining zaxirasi, xarakat ko‘nikmalari zamini qanchalik ko‘p bo‘lsa, u yangi xarakatlarni shuncha tez o‘zlashtirib oladi. Unda chaqqonlik darajasi aytarli yuqori bo‘ladi. Chaqqonlikning namoyonlik darajasi analiza-torlar faoliyatiga, jumladan, xarakat analizatorlarining faoliyatiga boliqdir. Individning xarakatlarni aniq taxlil etish qobiliyati qanchalik rivojlangan bo‘lsa, yangi xarakat-larni tez egallab, ularni qayta o‘zlashtirish, yangilash imko-niyatlari shunchalik yuqori bo‘ladi. Sport bilan endigina shuullana boshlagan kishilardi xarakat tuyusi (kinesteziya) ko‘rsatkich-lari zaxirasiga tayanib o‘rgatish (o‘qitish) jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Boshqacha qilib aytsak, shuullanayotganlarda o‘z xara-katlarini aniq sezish va idrok qilish qobiliyatlari qanchalik yaxshi bo‘lsa, yangi xarakatlarni ular shunchalik tez o‘zlashti-radilar. Chaqqonlik markaziy nerv sistemasining plastikli-giga xam boliq va uning darajasi shu bilan aniqlanadi. Chaqqonlik, psixologiya nuqtai nazaridan, o‘z xarakatlarini va tevarak-atrofidagi xarakatni ijro etish, sharoitni idrok etish qobiliyati qanchalik ekanligiga, shuningdek, shuullanuv-chining tashabbuskorligiga boliq. Bu xarakat sifati murakkab xarakat reaksiyalarining tezligi va aniqligini namoyon qilish-da juda muxim rolp o‘ynaydi.

Download 264.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling