asosiy (yoki musobaqa), yaoni o‘quv dasturlari asosida o‘rganilishi lozim bo‘lgan faoliyatlar.
yo‘llanma beruvchi mashqlar - yaoni nerv muskul zo‘ri-qishi, tashqi tomondan o‘xshashligi, xarakat tarkibidagi ayrim elementlarning yaqinligi bilan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan xarakatlarni o‘zlashtirilishini osonlashtiruvchi jismoniy mashqlardir.
Bu turkumdagi mashqlarning xarakterli tomoni shundaki, xarakat malakasini rivojlantirish va jismoniy sifatlarni takomillashtirish sunoiy ravishda ajratiladi. Aslida bu jarayon bir-birini taqazo etadi va o‘zaro uzviy boliq. Bular taolimning xar qaysi etapi uchun yetakchi vazifani xal etishga yordam beradigan mashqlarni tanlash uchun imkoniyat beradi.
Jismoniy mashqlarni aloxida muskul guruxlarini rivojlantirishga qarab klassifikatsiyalash.
Aloxida muskul guruxlarini rivojlantirishiga qarab xam jismoniy mashqlar turkumlana boshlandi: bo‘yin, yelka kamar, bel-yonbosh, xarakat tayanch apparati muskullari va boshqalarni rivojlantiruvchi mashqlar. Bu turkumdagi jismoniy mashqlar ichida jismlar bilan, jismsiz bajariladigan, individual, juft bo‘lib, o‘tirgan, yotgan xolda amalga oshiriladigan, egiluv-chanlik va kuchni rivojlantirish mashqlari bo‘lishi mumkin.
Sport turlari bo‘yicha jismoniy mashqlarni turkumlash. O‘z navbatida, xar bir sport turi o‘z mashqlarining individual klassifikatsiyasiga ega: sport o‘yinlari - futbol, basketbol va xokazolar.
Yuqorida qayd qilingan jismoniy mashqlarni jismoniy mashqlarning pedagogik klassifikatsiyasi deb xam atay boshladilar.
Biomexanikada - statik, dinamik, siklik, atsiklik, kombinatsiyalashtirilgan, xarakatning tuzilishi yoki bajarish xolatiga qarab turkumlangan jismoniy mashqlar deb guruxlana boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |