Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Download 264.24 Kb.
|
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi kuch
- to‘ri xarakatlar
- tejamli xarakatlar
- Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi
- Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi Tarixan jismoniy mashqlar - o‘ yinlar
Ichki kuchga: a) xarakat tayanch apparatining passiv kuchi - muskulning elastikligi kuchi, muskullarni taranglashish kuchi, cho’zilaolshligi va boshqalar; b) xarakat apparatining aktiv kuchi - muskulni tortisha olish kuchi; v) reaktiv kuchlar - tana muskullari zvenolarining o‘zaro munosabatida vujudga keladi-gan yuqori tezlanish xosil qiladigan tezlanish xarakatlari bilan namoyon bo‘ladigan kuch.
Tashqi kuch: - inson jismiga tashqaridan taosir qiladi-gan kuchlar: a) tananing o‘z oirligi (vazni)dan vujudga keladigan kuch; b) tayanish reaksiyasi kuchlari; v) tashqi taosir qarshiligi (suv, xavo)ni yengish va jisman tashqi taosirga qarshi (yakka kurashlar) kuch namoyon qilish, inersiya kuchi va boshqalar. Xarakat kuchi deb amaliyotda xarakatdagi tananing qismini biror tashqi oboektga jismoniy taosiri qabul qilingan. Bu atamadan balandlikka sakrashda depsinishda kuchi, sambo va qilichbozlikda raqibning qarshi bosimi (jismoniy mashq dinamikasi) tushuniladi. Amaliyotda xarkatning bir necha parametrini kompleksli ifodalovchi umumlashtiruvchi sifati-dagi xarakatlardan xam foydalaniladi: a) to‘ri xarakatlar, qaysiki yo‘nalishi, amplitudasi tezligi va boshqalari bilan qo‘yilgan xarakat vazifasiga mos keladi; b) noto‘ri xarakatlar, yaoni qisman bo‘lsada, qo‘yilgan xarakat vazifasiga muvofiq bo‘lmagan xarakatlar; v) tejamli xarakatlar, ko‘zlangan maqsadga minimal darajada kerak bo‘lganlari; g) tejamsiz xarakatlar, ortiqcha, kerak bo‘lmagan muskul zo‘riqishi orqali bajarila-digan xarakatlar; d) jadallik bilan bajariladigan xarakatlar; ye) kuchni yaqqol namoyon bo‘lishini talab etadigan xarakatlar; j) sust xarakatlar sifat jixatidan ayrim xarakatlarni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi, ularni biror jonli zot xarkatiga qiyoslab tushuntiriladi. Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi Jismoniy mashqlarni klassifikatsiya qilish - uni turkumlash, xillash demakdir. Jismoniy tarbiya tizimlarining tarixiy taxlili shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning rivojlanish bosqichlarida jismoniy mashqlar tanlash va turkumlashda o‘sha jamiyat uchun progressiv va tarbiya vazifasini bajarishga mos keladiganlarigagina eotibor berilgan. Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tarbiyaning maqsad va vazifasi o‘zgarib turgan, demak, jismoniy tarbiya tizimi xam o‘zgargan, bu esa uning omillarining xam o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Gretsiyada tarixiy besh kurash - pentatlon, Guts-Mutsning tabiiy xarakatlari, Pestalotssi va Shpisning XVIII asr uchun tanlangan «elementar xarakatlari» va boshqalar. Demak, davr o‘zgarishi bilan jismoniy tarbiya tizimi, uning vazifalari va vositalari o‘zgardi. Shvedlarni pedagogik gimnastikasida jismoniy mashqlar anatomik xususiyatga qarab klassifikatsiya kilindi, chunki ular tizimining asosiy maqsadi tana tuzilishining ko‘rinishi yaxshilash edi. Bu esa jismoniy tarbiya tizimining yo‘nalishini torroq bo‘lishiga olib keldi. Chexlarning «Sokol gimnastikasi» jismoniy mashqlar-ning tashqi formasiga qarab sport jixozida bajariladigan, sport jixozisiz bajaraladigan mashqlar guruxlari deb turkum-lanadi. Buning ijobiy tomoni shundaki, paydo bo‘lgan yangi jismoniy mashqlar bu turkumlarning birida o‘z o‘rnini topar edi. Fransuzlarning Eber sistemasida jismoniy mashqlar qisqa utilitar mazmuniga qarab: yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, oirlik ko‘tarish mashqlari, uloqtirish, suzish, xujum va ximoya qilish mashqlari deb turkumlandi. Avstriya pedagoglari klassifikatsiyasi xam keng kamrovli emas edi. Jismoniy mashqlarning original klassifikatsiyasini rus anatomi, vrachi, pedagogi P.F.Lesgaft ishlab chiqib, maktab yoshidagilarda jismoniy tarbiyani amalga oshirish uchun mo‘ljal-ladi va quyidagicha asosiy guruxlarga bo‘ldi: 1. Sodda mashqlar. 2. Murakkab mashqlar yoki yuklamaning ortishi bilan bajari-ladigan mashqlar. 3. Fazodagi xolatiga yoki muskul ishining bajarilish vaqtiga ko‘ra bajariladigan mashqlar. 4. Texnik jixatdan qiyin, tizimli ravishda bajariladigan mashqlar. Mashqlarning turkumlanishi ko‘rsatib turibdiki, P.F. Lesgaft klassifikatsiyasi didaktik prinsiplarga yo‘naltirilgan. Lekin bu xam jismoniy tarbiya tarixiy omillarini to‘laqonli o‘z tarkibiga sidira olmagan. Xozirgacha to‘liq ilmiy asoslangan jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi mavjud emas. Sobiq sovet jismoniy tarbiya tizimi xam bu vazifani uddalamadi. Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi Tarixan jismoniy mashqlar - o‘yinlar tarzidagi, gimnas-tika ko’rinishidagi, sport va turizm mashqlariga turkumlangan edi. O‘yinlar, gimnastika, sport, turizm jismoniy tarbiya tizimining asosiy omillari sifatida tan olinib kelingan va xozirgi kunda xam mashqlar klassifikatsiyasi tarkibida o‘z axamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ko‘pchilik olimlarning fikriga qarama-qarshi ularoq, xar doim o‘zgarishda. Tarixiy qabul qilingan jismoniy mashqlar turkumi davr o‘tishi bilan o‘z o‘rnini o‘zidan progressiv bo‘lganlarga bo‘shatib bermoqda yoki o‘sha mashqlar rivojlanmoqda, takomillashtirilmoqda. Jismo-niy tarbiya jarayonida ularning asosiy omilligi tarbiya tizimlarida ilmiy asoslangan. Demak, o‘yin, gimnastika, sport, turizm tarkibiga kirgan jismoniy mashqlar turkumi deyish bizda ayrim xollarda noto‘ri fikr tudirishi mumkin. Chunki, sport turkumiga kirgan yugurish, yurish, sakrashlar jismoniy mashq sifatida o‘yinlarda, gimnastika tarkibida, turizm mashq-lari tarzida xam uchrashi mumkin. Mashqlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy boliq xolda foydalaniladi. O‘yin atamasi xilma-xil faoliyatni ifodalaydi. Tabiat o‘yini, kuch o‘yini va boshqalar. Madaniyat soxasi bo‘yicha esa, aktyor o‘yini, olimpiada o‘yinlari yoki sport o‘yini, bularning xammasi xilma-xil maono beradi. O‘yin tarixiy to‘plangan ijtimoiy xodisa sifatida faoliyatning ayrim turi xisob-lanadi. O‘zining xayotiy axamiyati orqaligina jamiyatda o‘ziga qiziqish uyotadi va ayrim odamlarni o‘ziga tortadi. O‘yin faoliyatida odam o‘zini o‘rab olgan muxit bilan o‘zgacha aloqada, bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda bo‘ladi va xam jismoniy xam aqliy qobiliyatini mashq (trenirovka) qildiradi. Mexnatdan farqli o‘laroq, o‘yin paytida moddiy neomat yaratilmaydi. O‘z xayoti uchun tabiat inoomlaridan bevosita foydalanmaydi. O‘yin sharoitida xilma- xil xarkatni tanlash imkoniyati bor. Bu esa o‘ynovchining o‘z xis-xayajonini, ijodiy qobiliyatini, faolligini xamda tashabbusini ishga solishga majbur qiladi. Xozirgi kunda o‘yinchilar soniga qarab yakkama-yakka jamoa bo‘lib, ko‘pchilik (omma bilan) o‘ynaydigan o‘yinlar mavjud. Bu esa pedagogika va xayotda xarakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari sifatida tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Xarkatli o‘yinlar jismoniy tarbiya vositasi sifatida jamoali, jamoaga uyushmay, o‘zining maolum sport maydoniga, standart qoidasiga ega bo‘lmagan, qiyin jismoniy mashqlarning ayrim elementlarini o‘z ichiga olgan xarakatlar tarzidaUlar asta-sekinlik bilan qiyinlashtirilib bir shaklga kirgizilib, sport o‘yinlariga aylandi. Demak, sport o‘yini xam xarakatli o‘yindir. Sport o‘yinlari jismoniy tarbiya vositasi sifatida o‘zining katoiy o‘yin qoidalari va talablariga, sport maydoni jixozlariga ega. O‘yin paytida vazifalarni bir individ xal qilmay, jamoa xal qiladi. Bu o‘yinlar bo‘yicha muntazam musobaqalar uyushtiriladi. O‘yinchilarga daraja (razryad) va unvonlar beriladi. Sport o‘yinlari muntazam o‘sishda va rivojlanishda (texnikasi va taktikasini rivojlanishi uning samaradorligini kuchaytiradi). Jamoa bo‘lib o‘ynaydigan xarakatli o‘yinlar uch turga bo‘linadi: a) o‘yinchilarni jamoa-larga ajratmay o‘ynaydigan o‘yinlar; b) jamoali o‘yinga aylanib ketadigan o‘yinlar; v) jamoalarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar (barcha sport o‘yinlari kiradi): Keyinchalik esa o‘yin o‘yinchilarning o‘zaro faoliyati shakliga ko‘ra (komandali o‘ynaladigan o‘yinlar) quyidagilarga bo‘linadi: o‘yin paytida raqib komanda o‘yinchilari tanasi, uning qismlari bir-biriga tegmay o‘ynaladigan o‘yinlar - voleybol, gorodki, badminton, stol tennisi, shaxmat-shashka va x.k. raqib o‘yinchilari bir-biriga tegishi bilan o‘ynala-digan o‘yinlar: futbol, basketbol, regbi, xokkey, maysa ustidagi rus laptasi va boshqalar. Tarixan mavjud jismoniy tarbiya tizimlari o‘yinning shu tomonlarni xisobga olib, jamiyat aozolari xar tomonlama jismonan garmonik tarbiyalashning asosiy omillaridan biri deb tan olganlar va tarbiya jarayonida undan foydalanganlar. Download 264.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling