O‘quvchilar individi va guruxni tayyorgarligini muvo-fiqligi. Masalan, ayrim xarakat faoliyatlarini o‘zlashtirishda yaxshi tayyorgarlikka ega o‘quvchilar uchun qismlarga ajratib o‘rgatish metodini qo‘llash maqsadga muvofiq emas, nisbatan tayyorgarligi mavjud bo‘lganlari uchun esa bu xarakat faoliyatni egallashni yo‘llanma beruvchi mashqlar bilan boshlash lozim bo‘ladi. So‘z bilan ifodalash usuliyatidan foydalanishda o‘quv-chilarning umumiy bilimlari darajasi bir muncha yuqori bo‘lsa o‘rganish jarayoni oson kechadi. Masalan: “viraj” bo‘ylab yugu- rishni tushuntirishda ularni fizika soxasi bo‘yicha bilimiga tayanishimizga to‘ri keladi va x.k.
O‘qituvchining individual xususiyatlari va imkoniyat-larini muvofiqligi. Albatta, xar bir pedagog taolimning barcha usuliyatlarini to‘la xajmda egallagan bo‘lishi, baozi o‘qituvchilar ayrim usuliyatlarni yaxshi, ayrimlarini esa yaxshi bilmaydilar. Jismoniy tarbiya jarayonida o‘qituvchining bun-day xususiyatlarni xisobga olishga to‘ri keladi. Agar maolum xolatda ikki xil usuliyatdan bir xil natija chiqishi aniq bo‘lib qolsa, albatta, o‘qituvchi o‘zi puxta bilgan usuliyatni qo‘llashi lozim.
Mashulotlar sharoitining muvofiqligi. Masalan, maktabdagi darslarda tirmashib chiqishga o‘rgatish faqat bir yoki ikki arqon bilan amalga oshirilsa, xarakatni bir butunligicha to‘la o‘rgatish usuliyatidan foydalanish samara bermaydi chunki mashulotning zichligiga putur yetadi. So‘zdan foydalanish meto-dida o‘qituvchi zalning akustikasini va sport maydonining satxini xisobga olmasa o‘zi uchun qo‘shimcha nokerak muammolarga duch keladi.
Usuliyatlarning turli xillaridan foydalanish talabi. Usuliyatlarning xech qaysisi biri gegemon, yetakchi yoki universal bo‘la olmaydi. Ularning barcha turlaridan foydalanish, taolim-ning samarasini oshiradi. Xar bir usuliyatning o‘ziga xos yaxshi tomonlari bo‘lishini eotibordan soqit qilib bo‘lmaydi. Ulardan savodsizlarga foydalanishning oqibati yaxshi bo‘lmay-di. Samara berayotgan usuliyatlar boshqa paytda umuman yaroqsiz, xatto zararli xam bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun pedagogika jarayoni taolimning usuliyatlaridan maqsadga muvo- fiqini tanlay bilishni taqozo etadi. Ko‘rsatish tushuntirish bilan, tushuntirishni ko‘rsatish bilan ifodalash, tuzatishlar ko‘rsatmalar va xokazolar bilan qo‘shib olib borilgan o‘quv-tarbiya jarayoni amaliyotda o‘z samarasini tez ko‘rsatadi. Shuullanuvchilarning barchasi uchun yaraydigan, taolim sharo-itining barchasi sharoitiga mos keladigan usuliyatlar umuman yo‘q desak xato qilmagan bo‘lamiz. Amaliyotda qaysi bir usuliyatni universal metod sifatida yuqori baxolasak, uni barcha o‘qituvchi qo‘llay boshlaydi, bu o‘z navbatida, o‘qituvchi ijodkorligini chegaralab qo‘yadi, o‘quvchining barcha imkoniyatla-ridan foydalanish imkonini bermaydi. Bu fikr P.F. Lesgaft tomonidan obrazli tarzda ifodalangan: “aytish mumkinki: “Usul-bu men”. Usul shundan iboratki, bilimli, tushunadigan o‘qituvchi o‘z ishini o‘zi olib boraveradi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |