Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiya
Download 3.22 Mb.
|
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiyaJismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiyaning xam aloxida vazifalari xal qilinadi va yo‘lga qo‘yiladi: Muomila estetikasini tarbiyalash. Gimnastika, sport, o‘yinlar, turizm, yuqorida bayon etilganidek, insonning barcha xususiy tomonlarini namoyon qiladi. Sportchilarning yurish-turishi sport xayotiy jarayoni va undan tashqarida xavas qilgudekdir. Chunki uning asosida sharq xalqlari axloq norma-lari yotadi. Yomon muomala estetikaga zid deb baxo beriladi. Inson gavdasining ko‘rinishi, shakli-shamoyilini taominlanadi. Jismonan garmonik rivojlangan odam gavdasi-ning chiroyliligi, solikning xayotiy qobiliyatlarining yaxshi-ligi belgisidir. Chernishevskiy: «inson go‘zalligi xaqida gapirar ekanmiz, uning tarkibiy qismi shuni belgilaydiki, bizda u ajoyib taassurot qoldiradi. Unda xayot namoyon bo‘ladi, biz uni tushunamiz», - degan edi. V.V. Gorinevskiy esa: «go‘zallik baxtga qarshi solik bilan qarama-qarshilikda emas, nosolik esa, aksincha, norma-dan chetga chiqiboq, go‘zallik tushunchasini buzadi», - degan edi. Go‘zallikni qabul qila bilish qobiliyatini, sport texnikasi, xarakatlar nafisligi ifodasida yashirin go‘zallikni xis qila olishni tarbiyalash yotadi. Xarakat texnikasi go‘zallik, xarakat nafosati, uning mazmunini ifodalashning o‘zi xam go‘zal. Jismoniy tarbiya jarayonida foydalanilayotgan xarakat faoliyati bir-biriga o‘xshash emas. Lekin ularning xar biri – yugurishning chiroyliligi, balandlikka sakrash, rekord oir-likni ko‘tarishi texnikasi, gimnastika snaryadlarida «ishlash maxorati»-xammasi go‘zal. Futbol maydonidagi o‘yinga qarab baxo berish: «chiroyli o‘yin bo‘ldi», «o‘yin juda qiziqarli chiqdi», «jamoa xujum paytida to‘p bilan muomala sanoatining yuqoriligini chiroyli namoyish qildi» deb va xokazolar. Sportdagi xarakat go‘zalligini tushunish tomoshabin yoki shullanuvchiga xuzur baxsh etadi. Sport kurashida go‘zallikni, chiroylilikni ko‘ra olsak, bu bizning estetik didimizni, saviyamizni darajasini ko‘rsatadi. Boksga estetik sport turi emas, deb baxo beradilar. Bu muloxaza to‘rimi? Yuqori texnik tayyorgarlikka ega bo‘lgan bokschilar xarakati olam-olam zavq beradi. Qolaversa ruxiy, axloqiy, jismoniy sifatlarni rivojlantiradi, namoyon qiladi. Yaxshi bokschi mard, irodali, botir bo‘lishi amaliyotdan aniq. Did bilan tushunib, tomosha qila olishni o‘zi estetik zavq beradi, uni tarbiyalaydi. Takomillashgan xarakat texnikasi, avtomatizm darajasidagi xarakat ko‘nikmasiga ega bo‘lgan sportchi yoki fizkulpturachilar xarakat faoliyatini erkin, ravon, keraksiz kuch sarflashlarsiz, keraksiz xarakat-larsiz bajaradilar. Download 3.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling