Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
BOB. JISMONIY TARBIYa NAZARIYaSI VA USULIYATI PREDMETI
Download 3.22 Mb.
|
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiya nazariyasinining manbalari
BOB. JISMONIY TARBIYa NAZARIYaSI VA USULIYATI PREDMETIJismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxas-sislikka yo‘naltirilgan o‘quv predmeti sifatida jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish xamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rgatadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan tarzida jismo-niy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izoxlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida insonni jismoniy kamolotining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning usuliyatlari xaqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, xayotiy-zaruriy xarakat malakalari va ko‘nikmalari zaxirasini boyitadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uning amaliyoti xamisha rivojlanishda va takomillashib boradi. Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot maolumotlari jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyatini yangicha tamoillar va qonunlar bilan boyita boradi. Shuning uchun xam jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati predmeti qotib qolgan, o‘zgarmas maolumotlardan iborat bo‘lishi mumkin emas. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati ijtimoiy, tabiiy, pedagogika fanlari erishgan yutuqlarga tayanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati xar qanday xolatda ilmiy pedagogikaning negizi tashkil etuvchi eng umumiy qonunlardan, tamoillardan usuliyatlardan foydalanadi, shu jumladan, barcha sport fanlari uchun xam bu qonunlar, qoidalar mos keladi va o‘ziga xos maono kasb etadi. O‘quv fani sifatida shakllanishi va uning rivojla-nishiga jamiyat aozolarining jismoniy tayyorgarligini oshi-rish mumkinligi xaqidagi nazariy fikrning vujudga kelishi va unga intilish sabab bo‘ldi. Bu bilan insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish mumkinligi xaqidagi qoida va qonunlar ijtimoiy mexnat va xarbiy amaliyotda yuqori samara berishligi isbotlanadi Jismoniy tarbiya nazariyasinining manbalariJismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining rivojlanishi va takomillashi uchun quydagilar asosiy manba xisoblanadi: mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yuksal tirishning yo‘llari va xozirgi payitdagi axvoli xaqidagi xukumat qarorlari, qonunlari; jamiyatning rivojlanishi davomida insonni xar tomonlama kamol toptirish xaqidagi progressiv taolimotlar. Bu taolimotlar insonning xar tomonlama rivojlanishi xuquqinigina ovoza qilish bilan kifoyalanmay, uning mazmu-nini ochishga urinish xamda shu oyalarni amalga oshirish yo‘llarini nazariy, amaliy jixatdan asoslashdan iboratdir; jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati soxasi bo‘yicha olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va boshqa aralash fanlarning jismoniy tarbiyaga oid to‘plagan nazariy, amaliy bilimlari tizimi; ijtimoiy turmush tarzi uning xayotiy amaliyoti tajri-basi, jamiyatning yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilarga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha to‘plangan amaliy tajribalar; -jamiyat aozolarini jismoniy tarbiya qonuniyatlarini bilishi va shu asosda inson jismoniy kamoloti tizimini tuzish va uni boshqarishga oid bilimlar; -mavjud jamiyat maonaviyatining bir bo‘lagi xisoblangan jismoniy tarbiya tizimiga jismoniy madaniyat konsepsiya-lari; jismoniy tarbiya praktikasi – manba sifatida nazariy qoidalarning xayotiyligini tekshiradi, amaliyotdagi tuilgan original oyalardan foydalanadi va ular esa tarbiya nazariyasi va usuliyatini boyitadi; arxiv materiallari, shaxsiy kuzatish natijalari (kundaliklar, sportchilar va ularning murabbiylarining reja-lari, musobaqa bayonnomalari, konspektlar, maoruza matnlari va x.k.lar) jismoniy tarbiya nazariyasini boyitadi va unga manba bo‘lib xizmat qiladi; solom turmush tarzi nazariyasi va amaliyoti tajriba-larining nazariy bilimlari, odam ekologiyasi. Download 3.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling