Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Sport trenirovkasi usuliyatlari
Download 3.22 Mb.
|
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
Sport trenirovkasi usuliyatlariYuqori sport maxoratiga erishishga qaratilgan barcha vositalar sport mashuloti usuliyatlariga kiradi. Xarakat faoliyatiga o‘rgatish usuliyatlari jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining umumiy asoslaridan sizga maplumdir. Bu yerda ularni sport mashulotlariga nisbatan aniqlashtirishga to‘ri keladi. Usuliyatlarning asosiy maqsadi xarakat malakalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qara-tilgan. Sport mashulotida belgilangan vazifalariga ko‘ra, qatoiy reglamentlashtirilgan mashq usuliyatlarining turli xil variantlardan foydalaniladi. Trenirovka mashulotlaridagi xarakat malakalarini takomillash-tirish jarayonida standart va almashtirib mashq qilish usuliyati keng qo‘llaniladi. Xarakat sifatlarini va organizmning funksiyalarini takomillashtirishda maqsadga muvofiq tanlangan mashqlar kompleksi, interval mashq qilish usuliyatini (navbatdagi nagruzkalar orasida belgilangan vaqtda dam olish), uzluksiz mashq qilish (dam olinmasdan mashqlar kompleksi uzluksiz bajariladi) va yuqorida qayd qilingan turli xil usuliyatlar qo‘llaniladi. Bir usuliyatning o‘zi keng vazifalarni xal qilish va sportchini tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin, masalan, yugurishda o‘zgaruvchan mashq qilish usuliyati yordamida bir vaqtning o‘zida chidamlilikni tarbiyalash, yugurish texnika-sini takomillashtirish, masofa bo‘ylab kuchni taqsimlashning taktik variantlarini mashq qilish mumkin va xokazo, yaoni bir usul orqali sportchining jismoniy, texnik va taktik tayyor-garligini amalga oshirish mumkin. Qatoiy reglamentlashtirilgan usuliyatdan tashqari sport mashulotida musobaqalashish va o‘yin usuliyati, shuningdek, doiraviy mashq qilish metodi keng qo‘llaniladi. Musobaqalashish usuliyatining asosini faqat raqib bilan kuch sinash emas, balki o‘z-o‘zi bilan xam musobaqalashish mashqlari xamtashkil qiladi. Shuning bilan birga mashulotga kiritilgan o‘yin usullari yordamida yuqori ruxiy ko‘tarinki-likka erishiladi, fikrlash qobiliyati, qo‘yilgan maqsadga erishish, irodasi va qatoiyyati rivojlanadi. Download 3.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling