Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati
Takroriylik va variatsiyalash (shaklini o‘zgartirib qo‘llash prinsipi)
Download 3.22 Mb.
|
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA USULIYATI Болтабоев Х
Takroriylik va variatsiyalash (shaklini o‘zgartirib qo‘llash prinsipi)Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan takroriylik – qayta bajarish muxim axamiyatga ega. I.P. Pavlov va A.N. Krestovnikov ko‘rsatganidek, xarakat mala-kasining fiziologik asosi xisoblangan dinamik steriotipni ko‘p marotabalab takrorlashsiz shakllantirish va tartibga solish mumkin emas. Takrorlash, eng avvalo organizmdagi morfofunksional o‘zgarishni tartibga solish va qayta moslanishi uzoq muddat davomida taominlanishi uchun zarur bo‘lib, uning bazasida jismoniy sifatlarning rivojlanishi ro‘y beradi, erishilgan-lari mustaxkamlanadi, keyingi progress uchun sharoit yarati-ladi. Takrorlashlarsiz jismoniy tarbiyani amalga oshirib bo‘lmaydi. Faqatgina xar bir mashulot takrorlanmay, mashulot-lardagi ketma-ketlilik xam, qaysidir xollarda aynan shu mashulotlarni o‘zini xaftada, oy, davomida va mashulotlar vaqtining maolum davrlari ichida (xaftalik, oylik va x.k. sikllar) takrorlanadi. Takroriylikning darajasi qo‘llanilayo-tgan mashqlarning qanday maqsadga qaratilganiga, jismoniy tarbiyaning u yoki bu etapidagi umumiy yo‘nalishiga, shuulla-nuvchilar kontingenti va xususyatlariga jismoniy yukning xarakteriga taosir qiluvchi boshqa faktorlariga boliq. Shuning uchun takroriylik daqiqasi ayrim xolda ko‘proq va ayrim xollarda oz bo‘lib uning aniq natijasi jismoniy mashqlar bilan shuullanish mashulotlarning muntazamli-ligida ifodalanadi. Jismoniy tarbiya jarayoni uchun takroriylik qatorida variativlik xam o‘z axamiyatiga ko‘ra maolum o‘ringa ega. Mashqlarni bajarish sharoiti uning ko‘rinishini, nagruzka dinamikasini o‘zgartirib, usuliyatlarni turlichasini qo‘llash bilan mashulotlarning shakli va mazmunini bir xil mashu-lotni yoki uning mashqlarini shaklini birvarakayiga o‘zgar- tirish variatsiyalash deb qabul qilingan. Bu o‘rinda quyidagi oboektiv qarama-qarshiliklarga diqqat eotiborini qaratish lozim. Ko‘p marotabalab qaytarish jarayonida xarakatlarning dinamik steriotipi va organizmni unga qo‘llanilayotgan nagruzkaga javob reaksiyasi yanada stabil-lashuvi va standartlashuvi sodir bo‘ladi. Shuning uchun mashqni xarakat xolatining shakli va mazmunini aytarli o‘zgartirmay takrorlash va uni davomiyligi chegaralanmasa, ertami-kechmi, baribir, xarakat malakasining yo‘nalishidan chetlanishi sodir bo‘lishi va jismoniy sifatlarning rivojlanishining to‘xtashi ro‘y berishi mumkin. Bu qarama-qarshilik takroriylik va variativlikni qo‘shib qo‘llash orqaligina xal etiladi. Standart mashqlarni bilan shuullanishda variativlik nagruzkalarni takrorlash fonida uning xajmi va inttensiv- ligini mashulotlarning tuzilishi va mazmunini saqlagan xolda o‘zgartirib qo‘llash bilan yangilash orqali tarbiya jarayonini yuqori poonaga ko‘tarishga erishamiz. Download 3.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling