Jismoniy tarbiya ning nazariy asoslarini vujudga kelishi
Download 57.16 Kb.
|
Jismoniy tarbiya ning nazariy asoslarini vujudga kelishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifasi
- Kurs ishining predmeti.
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
Kurs ishining maqsadi. Nima uchun xorij davlatlartida sport rivojiga bunchalik e’tibor berilishini mana hunday nazariy muxokama va ishlab chikarish jismoniy tarbiyasining iktisodiy samaradorligi bilan tushuntirish lozim buladi. Sportning uziga xos yana bir ajoyib tomoni shuki, sport u yoki bu ijtimoiy tuzumning afzalligini deyarli xar kuni yuz millionlab odamlarda juda kurgazmali tarzda, ya’ni, mexnatkashning salomatligida, umrbokiyligida, tula-tukis xayotida namoyon qiladi.
Kurs ishining vazifasi. Jismoniy mashg‘ulotlarga sarflangan vaqt, talabalarning umumiy ishchanlik qobiliyati va aqliy faoliyatining oshishi orqali kompensatsiyalanadi. Talabalarni jismoniy tarbiyalashdan maqsad – shaxslarning jismoniy madaniyatini shakllantirishdir. Kurs ishining obekti. Amerika maktablarida, yil davomida, har bir sport turi uchun qat’iy chegaralangan muddat ajratilgan. Maktablarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar) ta’lim televideniesi, qo’lda ko’tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat. Kurs ishining predmeti. AQShning o‘rta maktablari hayotida maktablararo sport musobaqalari tizimi vujudga kelib, ushbu musobaqalar OTM mutaxassislari va professional sportchilarning doimiy nazorati ostida o‘tkaziladi.Oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan bo‘lajak mutaxassislarning o‘qish davrida jismoniy madaniyat vositalaridan yo‘naltirilgan tarzda foydalanilishi, xususan, talabalarning ish rejimi 10-12 soat bir tarzdagi tana holati va kam harakatlilik bilan xarakterlanadi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, asosiy qism, 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat. I-BOB. XORIJIY MAMLAKATLARDA JISMONIY TARBIYANING NAZARIY ASOSLARINI VUJUDGA KELISHI Taraqqiy etgan mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish Jismoniy madaniyat va sport amerika xalqi madaniyati va hayotining ajralmas qismidir. AQShda sport dam olish va o‘yin-kulguning eng ommaviy turidir. Sport millionlab amerikaliklarni yo ishtirokchi, yoki tomoshabin sifatida o‘ziga jalb etadi. Havaskorlik sporti ikki turga – sog‘lomlashtiruvchi va bellashuvlar sportiga bo‘linadi. 1987 yilning dekabr oyida AQShning Senati jismoniy madaniyat masalalari bo‘yicha Rezolyusiya qabul qildi. Ushbu Rezolyusiyada AQSh Senati mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga boshlang‘ich maktablari o‘quv rejalariga har kungi jismoniy madaniyat bo‘yicha mashg‘ulotlar kiritishni tavsiya etgan. Mutaxassislar fikricha o‘rta va yuqori sinflarda 1 soatdan jismoniy madaniyat o‘tkazilishi lozim. Biroq hozirda 40% amerika maktablarida mashg‘ulotlar har kuni o‘tkazilmayapti.1 Rezolyusiyaga muvofiq bolalar bog‘chasidan maktabning 12 sinfgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun yangi o‘quv dasturi ishlab chiqildi. «Physical Best» («Jismoniy kamolot») nomli yangi dastur 5 asosiy bo‘limlardan iborat: “Aerob chidamlilik”, “Egiluvchanlik”, “Mushak chidamliligi”, “Mushak kuchi” va “Garmonik jismoniy rivojlanish”. Dastur individual yondashuv, o‘quv materialining doimiy yangilanishi va o‘quvchilar faolligini oshirish tamoyillari asosida tuzilgan. AQShda o‘quv reja va dasturlar asosidagi akademik mashg‘ulotlardan tashqari maktab sportiga ham katta e’tibor berilmoqda. Bu ishlarni maktab sport klublari yoki ota-onalar qo‘mitasi boshchiligidagi tashabbuskor guruhlar amalga oshirishadi. “Sports Illustrated” jurnali ma’lumotlariga ko‘ra AQShda ana shunday sport klublari soni 25 mingga yetadi, ya’ni, ushbu klublar deyarli barcha maktablarda tashkil etilgan. Jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan bu ishlar natijasida, AQShning o‘rta maktablari hayotida maktablararo sport musobaqalari tizimi vujudga kelib, ushbu musobaqalar OTM mutaxassislari va professional sportchilarning doimiy nazorati ostida o‘tkaziladi. 1978 yili AQShda “AQShning havaskorlik sporti haqida”gi qonun qabul qilingan edi. Qonunning asosiy maqsadlari quyidagicha ifoda etilgan: “Fuqarolarning havaskorlik sporti bilan yanada kengroq ishtirok etishlarini rag‘batlantirish, AQSh Olimpiya qo‘mitasining mamlakatdagi havaskorlik sporti faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ sifatida vakolatlarini kengaytirish, havaskor-sportchilar huquqini himoya qilish, biron-bir sport turini boshqarish va tashkil etish huquqini eng nufuzli sport tashkilotlari, federatsiyalarga berishni boshqaruvchi mexanizmni tuzish”. Sog‘lomlashtiruvchi faoliyatning eng sevimli turlari – turizm, piyoda yurish, eshkak eshish, ov qilish va baliq tutishdir. Bularning barchasidan o‘yin-kulgu va mashg‘ulot sifatida ommaviy tarzda foydalaniladi. Qo’shma Shtatlarda bundan 40 yil oldin qabul qilingan qonunga binoan qizlar va o’g’il bolalarning sport bilan shug’ullanishi uchun federal byudjetdan alohida mablag’ ajratiladi. Har ikki jins vakillari uchun teng imkoniyatlar va sharoit yaratilgan. Lekin sportchilarning hammasi ham bu qonundan rozi emas. Yaqinda poytaxt Vashingtonda yuqori sinf o’quvchilari orasida o’tgan basketbol musobaqasi faqat o’yin bilan cheklanmadi. Qizlarga 40 yil oldin Kongressda qizg’in munozaralar natijasida ma’qullangan qonun haqida eslatildi. Kaliforniya shtatidan Nira Filds: "Basketbol o’ynab qiziq narsalar haqida o’rganasiz. Jinsiy tenglik quruq gap emas. U sportda ham ta’minlanishi kerak”. 1972-yildan beri maktablar hukumatdan jismoniy tarbiya darslari, musobaqa va qo’shimcha mashg’ulotlar uchun mablag’ oladi. Maktablarning jins ajratishga haqqi yo’q. Har bir o’quvchi sportda teng qaralishi shart. Mahoratli sportchi qizlar juda ko’p. Tina Tompson, Amerika Ayollar Basketbol Uyushmasida birinchi o’rinda turadigan o’yinchi. Davlat yordami juda muhim rol o’ynaydi, deydi u. “Oilada besh farzanddan biriman. Meni universitetda o’qitishga ota-onamning puli yo’q edi. Lekin Janubiy Kaliforniya oliygohidek joyga qabul qilindim. Davlat to’lab berdi. Sportchiligim sabab istagan joyga kirishim mumkin edi”,- deydi chempion. Darhaqiqat, mavjud qonunlarga muvofiq oliy darajadagi sportchilar uchun universitetlar eshigi ochiq. Lekin bilim darajasi ham yuqori bo’lishi shart. Biroq bu qonundan norozilar ham ko’p. Ular nazarida jinsiy tenglik deb erkaklar uchun muhim sanalgan sport turlariga oz mablag’ ajratiladi. Qizlar qiziqmasa ham ular uchun dasturlar serob. Ko’plab universitet va maktablarda kam odam qatnasa ham xilma-xil programmalar mavjud. Pul bekorga ketayapti deb noliydi ayrim talaba va muallimlar. Brayan Xazard - Virjiniya shtatidagi o’rta maktabda kurash o’qituvchisi. Ba’zi universitetlar, deydi u, bu sport turi bilan shug’ullanish uchun sharoit yaratmayapti, chunki pul qizlar uchun mashg’ulotlarga sarflanayapti. 2Jismoniy madaniyat va sport sohasiga jalb qilish bolalik yoshidan boshlanadi. Amerika shaharlarining har bir mikrorayonlarida bevosita uylarga yaqin joylarda shahar kengashlariga va xususiy xo‘jaliklarga tegishli ko‘pgina sport inshootlari mavjud bo‘lib, yoshlarni sportga jalb qilishda ulardan keng foydalaniladi. AQSh maktablarida ta’lim tizimi biznikidan sezilarli darajada farq qiladi. AQSh maktablarida ta’lim tizimi 3 bosqichda amalga oshiriladi: Boshlang‘ich maktab (elementary school) 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar; O‘rta maktab (junior school) 12 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar; Yuqori maktab (high school) 13 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar. Jismoniy madaniyat darslari majburiy dasturga 13 yoshdan, ya’ni yuqori maktabdan boshanadi. Amerika maktablarida o‘rtacha har oltinchi dars jimoniy madaniyat darsidir. Darslar ayni bir sport turidan iborat mashg‘ulotlarni nazarda tutmaydi. Bunday darslarning asosiy maqsadi – o‘z salomatligini mustahkamlash va umumiy jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishdir. Majburiy darslar yuqori maktabning dastlabgi 2 yili davom etadi, undan keyingina o‘quvchilar umumiy jismoniy tayyorgarlik dasturi asosida ta’lim olishni yoki maktab taklif etadigan biron-bir sport turi bilan shug‘ullanishni tanlashlari mumkin. O‘quvchilarga shug‘ullanish uchun taklif etiladigan sport turlarini maktab ma’muriyati belgilaydi. Deyarli har bir maktabda 20 dan ziyod sport bo‘limlari mavjud, masalan: amerika futboli, sokker (evropa futboli), basketbol, voleybol, beysbol, yengil atletika, golf, tennis va h.k. AQSh maktablarida majburiy tarzda, barcha sport turlaridan o‘g‘il va qiz bolalardan iborat jamoalar tuziladi, amerika futboli bundan istisno. Jismoniy tarbiyaning bunday tizimini ta’minlash uchun ko‘p sonli o‘qituvchi va murabbiylar talab etiladi. O‘rta xisobda maktablarda o‘g‘il va qiz bolalar bilan alohida shug‘ullanadigan 10ga yaqin umumiy jismoniy tayyorgarlik o‘qituvchilari va maktabda mavjud barcha sport turlari bo‘yicha murabbiylar faoliyat yuritadilar. Har bir shtatda maktablararo federatsiyalar mavjud bo‘lib, ular musobaqa qoidalari va nizomlarini ishlab chiqishadi, jamoalarni divizionga bo‘lishadi va h.k. Amerika maktablarida, yil davomida, har bir sport turi uchun qat’iy chegaralangan muddat ajratilgan. Masalan, amerika futboli bilan 15 avgustdan 31 oktyabrgacha shug‘ullanishadi. Agar maktab jamoasi pleyoffga chiqsa, ularga yana bir oy shug‘ullanishga ruxsat etiladi. Basketbol bilan noyabrdan martgacha, voleybol bilan martdan maygacha shug‘ullanishadi. Shu tarzda maktab bolalarni ayni bir sport turi bilan shug‘ullanishga majburlamaydi. O‘quvchilarga o‘zlarini turli sport turlarida sinab ko‘rish imkoniyati beriladi. Boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilari ham sport bilan shug‘ullanishadi. Biroq maktabdagi majburiy darslarda emas, ota-onalar tashkil etadigan sport bo‘limlarida shug‘ullanishadi. Shunday qilib, bolalar ko‘ngil ochish uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi va o‘qituvchilar oldida hech qanday majburiyatga ega bo‘lishmaydi, chunki ushbu mashg‘ulotlar uchun baho qo‘yilmaydi. Maktabni tugatgach bitiruvchilar kolledj yoki universitetlarga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Abiturientda sport toifasining mavjudligi, unga kolledj yoki universitetga kirishda va ta’lim grantlarini olishda sport yutuqlariga ega bo‘lmagan abiturientlarga nisbatan shubhasiz ustunlik beradi Download 57.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling