Jismoniy tarbiya ning nazariy asoslarini vujudga kelishi


Download 54.36 Kb.
bet1/9
Sana24.12.2022
Hajmi54.36 Kb.
#1059309
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xorijiy mamalakatlarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarishning o`ziga xos xususiyatlari


Mavzu: XORIJIY MAMALAKATLARDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT ISHLARINI BOSHQARISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Reja:
KIRISH……………………………………………………………………….…..3


I-BOB. XORIJIY MAMLAKATLARDA JISMONIY TARBIYANING NAZARIY ASOSLARINI VUJUDGA KELISHI

    1. Taraqqiy etgan mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish……………………………………………………………………...…5

    2. Horijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish tizimlari…...9

II-BOB. XORIJIY MAMALAKATLARDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT ISHLARINI BOSHQARISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
2.1. Xorijiy davlatlarda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari…………………….15
2.2. Horijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishdagi amaliy tajribalarni o`rganish………………………………………………………………20
XULOSA………………………………………………………………………....28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI……………………….…30

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Xorijiy tajribani umumlashtirish va tizimlashtirish shuni ko‘rsatmoqdaki, barcha mamlakatlarda jismoniy madaniyat o‘rta umumta’lim maktablari ta’limi dasturiga kirgan. Bundan tashqari darsdan tashqari vaqtda qo‘shimcha tarzda turli xil sport ishlari o‘tkazilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning roli va jismoniy madaniyatning yo‘naltirilgan turli shakllarining qo‘llanilishi ko‘p qirralidir. Texnik taraqqiyot, fanning tobora rivojlanishi va zamonaviy mutaxassisga zarur bo‘lgan yangi axborot hajmining tobora oshib borishi, talabalarning o‘quv faoliyatini yanada shiddatli va keskin holatga keltirmoqda. Shunga muvofiq jismoniy madaniyatning talabalar hayot tarzini optimallashtirish, faol dam olish, OTM o‘qishning barcha davrlarida ishchanlik qobiliyatini saqlash va oshirish vositasi sifatidagi ahamiyati oshib boradi. Shu bilan birgalikda jismoniy madaniyat vositalari orqali bo‘lajak kasb sharoitlariga oid umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik ta’minlanadi.
Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va jamoat muassasalarida olib boriladi. Davlat muassasalari yaslilar, bolalar bog’chalari; jamoat muassasalari mahkamalar, korxonalar, xususiy bog’chalar. Jismoniy tarbiya, asosan, davlat muassasalarida amalga oshiriladi.
Talabalar jismoniy tarbiyasi maxsus vazifalarni hal qilishi bilan birgalikda keng qamrovli bilimlarga va har tomonlama rivojlangan mutaxassislarni tayyorlashda, ularning ma’naviy, ruhiy-irodaviy va estetik rivojlanishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday sharoitda bajariladigan jismoniy mashqlar – gipodinamiyaning salbiy ta’sirlariga, hamda aqliy va asab-hissiy zo‘riqishlarni oldini oluvchi va qarshilik qiluvchi asosiy omil hisoblanadi.

Download 54.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling