Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


III Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg'ulotlari)


Download 2.72 Mb.
bet3/127
Sana18.10.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1708479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

III Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg'ulotlari)
KIRISH
Mazkur fan dasturi bakalavriyat yo’nalishi: 5610535 – Sport faoliyat (Xotin qizlar sporti) yo’nalishi uchun mo’ljallangan bo’lib, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanida O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, metodlari, o’rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va amaliy ta`lim berishni ta`minlovchi soxani o’rganish fani bo’lib xisoblanadi. Jismoniy tarbiya amaliyotida ulardan foydalanish masalalariga muxim o’rin berilgan. Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati o’quv fani sifatida bakalavrlarni jismoniy madaniyat jarayonida ularning kasbiy-amaliy faoliyatiga keng nazariy va amaliy xarakat ko’nikmalarini shakllanishiga hamda harakatlarga o’rgatish metodlari va metodikalarini ochib berishdan iboratdir, shuningdek, pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalarini qamraydi.
Fanning maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyatifanining maqsadi jismoniy tarbiya asoslarining chuqur nazariy anglanishini ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha pedagogning kasbiy faoliyatidagi asosiy nazariy-usuliy qoidalarini amalga oshirish malakasini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari: jismoniy tarbiya va sport faoliyatining nazariy qoidalarini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyatining tushunchalarini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sportning vosita va usullarini o‘zlashtirish; jismoniy tarbiya va sportning tashkiliy shakllarini o‘rganish;
tayyorgarlik fanlari tizimida jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda uslubiyatining integratsiyalovchi roli to‘g‘risida tasavvur hosil qilish;
amalda harakat faoliyatilarini o‘rganish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, bilimlarni shakllantirish nazariyasi va uslubiyatini qo‘llashga o‘rgatish.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling