Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati
Download 2.72 Mb.
|
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi davr
To‘rtinchi davr – 19 asrning oxiridan ilmiy va o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabha-lariga ham ta’sir ko‘rsata boshladi. Jismoniy tarbiya sohasi nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) o‘zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi.
Beshinchi davr – rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho‘rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo‘lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda o‘sha davrda progressiv hisoblangan usuliyat-larga tayanib amalga oshirildi. 3.Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiya. Jisman yetarli darajadagi rivojlanganlik normal aqliy rivojlanishga sharoit yaratadi. “Har qanday mehnat – bu aqliy, jismoniydir. Agar aqliy va jismoniy mehnat orasidagi farqni ajratsak, bittasida asosiy rolni miya, ikkinchisida muskullar o‘ynaydi. Miyaning faoliyati muskullarning o‘zaro faoliyatiga, muskullar faoliyati esa miyaning boshqarishi orqali amalga oshiriladi”, - degan edi CHernishevskiy. Jismoniy bilimlar asoschisi P.F. Lesgaft ko‘rsatgani-dek, aqliy va jismoniy rivojlanish bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Aqlning o‘sishi va rivojlanishi o‘z navbatida jismoniy rivojlanishni taqazo qiladi. Jismoniy tarbiyaning vazifasi shunda muvaffaqiyatli hal qilinadiki, shug‘ullanuvchilar jismoniy mashqlarni ongli ravishda tushunib bajarsalar yoki ular sport mashg‘ulotlariga qiziqib, tashabbus ko‘rsatib ijodiy yondashsalar, organizmda harakat malakalarini to‘g‘ri shakllanishi, funksional qobiliyatlarini rivojlanishi uchun umumiy maxsus bilimlarga tayanishlari lozim bo‘ladi. Jismoniy tarbiyada yoki sportda talantni ochish shug‘ul-lanuvchida umumiy jismoniy rivojlanganlik va tayyorlangan-lik hamda soha bo‘yicha chuqur malakaviy bilimlarga ega bo‘lish, bosh miya, muskullar faoliyatidan foydalanish ko‘r-ko‘ronalikka yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. Mashg‘ulotga ongli munosabatda bo‘lmaslik talantni so‘nishiga sabab bo‘ladi. Eng havflisi shug‘ullanuvchida bir tomonlamalilik, faqat sport bilan shug‘ullanishgagina odat shakllanadi – jamiyat uchun esa boqi-mandalar ko‘payadi. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling