Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat (xronometraj, pulsometriya va pedagogik tahlil) olib borish uslubiyati


Download 2.72 Mb.
bet114/127
Sana18.10.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1708479
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   127
Bog'liq
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat (xronometraj, pulsometriya va pedagogik tahlil) olib borish uslubiyati.
Ma’ruzaning metodi: “Klaster” har bir talaba mustaqil fikrini bildiradi.
Maqsadi: talabalarning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil, ijodiy fikrlash, kasbiy bilimlarini rivojlantirish.
Mashgulot turi: ma’ruza.
Mashgulot jixozi: tarqatma materialar, kompyuter, proektor, prezentatsiya, slaydlar.
Ajratilgan vaqt: 80 minut.
Mashgulotning borishi:

13-Mavzu. Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat (xronometraj, pulsometriya va pedagogik tahlil) olib borish uslubiyati.
Reja:

  1. Jismoniy tarbiya darslarini pedagogik tahlil qilish uslublari;

  2. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi, darsni tashkil etish, o‘rgatish uslublarining qo‘llanilishi

  3. O‘qituvchining tarbiyaviy ishlari, o‘quvchilarning xulqi, darsni umumlashtirish va xulosalar chiqarish.


Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat: pedagogik tahlil, xronometraj, pulsometriya o‘tkazish uslubiyati

Pedagogik tahlil o‘tkazish uslubiyati

Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tahlil qilishda quyidagi talablarga e’tibor berish kerak.


Jismoniy tarbiya darsini tahlil qilishning namunaviy rejasi
Darsni o‘tish vaqti ______________
Sinf ______________________________
Darsning turi ______________________
Darsdagi o‘quvchilar soni _____________
Dars o‘tuvchi ________________________
Tahlil olib boruvchi ________________

Dars vazifalari:

  1. ____________________________

  2. ____________________________

  3. ____________________________


Pedagogning darsga tayyorlanishi

Darsga tayyorgarlik deganda, birinchidan, dars konspektini yuqori saviyada ishlab chiqib, oqqa ko‘chirish va darsning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun bevosita tayyorgarlik ko‘rish (darsning moddiy-texnika tomonidan ta’minlanishi va o‘quvchilar, o‘qituvchi yordamchilari, navbatchilar, guruh boshliqlarini tayyorlash) nazarda tutiladi.


Shuning uchun tahlil qilayotganda quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi.
1. Dars konspektining muhayyoligi, uning har dars ish rejasiga muvofiqligi, aniq ishlab chiqilganligi va tashqi ko‘rinishi:
a) dars vazifalarining dastur talablariga muvofiqligi, aniqligi, to‘g‘ri ifodalanganligi, har tomonlamaligi (shug‘ullanuvchilarning har tomonlama va uyg‘un rivojlanishini ta’minlash);
b) konspekt mazmunida kerakli vositalarning to‘g‘ri tanlanishi (darsning uchala qismida shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga, dars vazifalariga tanlangan vositalarning muvofiqligi, dars qismlaridagi vositalarning o‘zaro va mashg‘ulot o‘tkaziladigan sharoitga muvofiqligi);
v) mashqlarni miqdorlash va ularning ketma-ketligi;
g) konspektning tashkiliy-metodik ko‘rsatmalari bo‘limida: darsni tashkil etish, o‘tkazish metodikasi, sharoitlari bo‘yicha qanday ko‘rsatmalar berilgan, ularning to‘g‘riligi, maqsadga muvofiqligi, ifodalanishi va hokazo misollar bilan tasdiqlanadi.
2. Dars o‘tkazish joyi, o‘quv qurollari va anjomlarining tayyorligi va ularning sanitariya-gigiena holati.
3. O‘qituvchi va o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishi.
4. Navbatchi va guruh boshliqlarining oldindan tayyorgarliklari.
5. Darslardan ozod qilingan yoki yuklama miqdorlab beriladigan (kasalligi bo‘yicha) o‘quvchilarga darsdan oldin beriladigan ko‘rsatmalar.


Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling