Jismoniy tarbiya tahlili uning vazifalari va xususiyatlari
Download 60.17 Kb.
|
MAHLIYO (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. JISMONIY TARBIYA TAHLILI UNING VAZIFALARI VA XUSUSIYATLARI
- XULOSA
JISMONIY TARBIYA TAHLILI UNING VAZIFALARI VA XUSUSIYATLARI MUNDARIJA : KIRISH………………………………………………………………………………3 I BOB. JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISHNING DOLZARB MASALALARI………………………………………………………………………6 1.1 Sport nazariyasi fanining boshqa fanlar tizimi bilan o`zaro aloqadorligi………………………………………………………………..……6 1.2 Sportchilar tayyorlash jarayonini boshqarish tizimi……………………………8 1.3 Sport mashg`ulotining dolzarbligi………………………………………………12 II BOB. JISMONIY TARBIYA TAHLILI UNING VAZIFALARI VA XUSUSIYATLARI……………………………………………………………..........14 2.1. Sport nazariyasining zamonaviy ilmiy muammolari……………………………23 2.2 .Sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini aniqlash……………………26 2.3. Ko`p yillik tayyorgarlik jarayonida sportchilarni tanlash va yo`llanma berish (yosh sportchilarni tanlash tartibi)……………………………………………………..…28 XULOSA……………………………………………………………………………33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………………35 KIRISH O’zbekistonning mustaqilligi va istiqboli yo’lidagi barcha islohotlar negizidagi tashkiliy, madaniy, sog’liqni saqlash, ta’lim- tarbiya, sport va boshqa shu kabi muhim tadbirlar bugungi kunning asosiy vazifalariga aylanmoqda. Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek «Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta e’tibor berib kelinmoqda!» Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisi”da 2017 yil 3-iyundagi, PQ3031-son qarori. Jamiyatimizda sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʼullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʼz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʼlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʼularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʼnaltirilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz vakillarining Olimpiya oʼyinlari, jahon chempionatlari, Osiyo oʼyinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda Oʼzbekistonning obroʼ-eʼtibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, oʼquvchi va talaba yoshlar oʼrtasida uch bosqichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport oʼyinlari ommalashib borayotgani ayniqsa eʼtiborlidir. 4 Oʼzbekiston Respublikasida “Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisi”da 2020 yil 24- yanvardagi PF-5924-son qarori Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sogʼligʼini mustahkamlashga koʼmaklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari boʼyicha yuqori natijalarni taʼminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qoʼshimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.Mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʼlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sogʼlom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yoʼnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selektsiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish maqsadida:Quyidagilar jismoniy tarbiya va sport tizimini isloh qilishning 2025 yilgacha asosiy yoʼnalishlari etib belgilansin:jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shugʼullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish;davlat sport taʼlimi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy maʼlumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazish; joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selektsiya)ning samarali va shaffof toʼrt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish;Zamonaviy maktab bugungi kunda, ayniqsa so'nggi o'n yillikda faol rivojlanayotgan ijtimoiy institut bo'lib, unda o'quv jarayoni shunchalik faollashganki, u maktab o'quvchilaridan katta jismoniy va aqliy kuchlarni talab qiladi. Ilmiy bilish - inson aqlining narsalar mohiyatiga, ularning qonuniy aloqalari va munosabatlari dunyosiga kirib borishining murakkab dialektik jarayonidir. Ilmiy bilishsiz tabiat va ijtimoiy hayotni samarali o`zgartirish mumkin emas. Ma`lumki, dunyoni bilish haqidagi masala falsafaning asosiy masalasi hisoblanadi. Bilish jarayonida inson (bilish sub`ekti) va mavjud borliq (bilish ob`ekti) o`zaro aloqada bo`ladi. Inson olamni o`rganadi, shuning uchun ham u olgan barcha bilimlar ob`ektiv borliqning shunchaki tasviri emas, balki sub`ektiv tasviridir. Buning ma`nosi shuki, bilish jarayonida ob`ektivlik va sub`ektivlik orasida ziddiyat yuzaga keladi. Bunda bilimlar tobora haqqoniy bo`lib boradi, ya`ni bilishning rivojlanishi, ob`ektiv olam to`g`risidagi bilimlarning chuqurlashuvi muqarrar ravishda borliqni yana ham adekvat tarzda aks ettirish jarayoniga aylanadi. Sport fanining boshqa fanlar kabi rivojlanishi bundan mustasno emas. U ilmiy bilish metodologiyasining, jumladan, uning usul va tamoyillarining ishlab chiqilishi bilan chambarchas bog`liq. Ilmiy metodologiya bu ilmiy bilishning eng umumiy, dunyoqarashga oid tamoyillari tizimidir. Metodologiya deganda umuman fanda (fanning umumiy metodologiyasi), jumladan, uning muayyan bir sohasida (bu erda-sport fani metodologiyasida) ilmiy bilishning usullari haqidagi ta`limot tushuniladi. Usul ilmiy tadqiqot ma`lumotlarini to`plash va ularga ishlov berishning aosiy yo`lidir. Ilmiy usul har doim ob`ektning xususiyatlari haqidagi umumiy tamoyillar va tasavvurlardan kelib chiqadi hamda ularning natijasi bo`lmish maqsadga erishishni ta`minlovchi yo`l-yo`riqlar va talablarni qamrab oladi. Usuliyat muayyan usul bilan bog`liq usullar yoki texnik yo`llarning yig`indisini ifodalaydigan tushuncha bo`lib, bu tarkibga xususiy muolajalar, ularning tartibi hamda o`zaro aloqadorligi ham kiradi. Usuliyat deganda quyidagilar tushuniladi: a) usulning xususiy varianti, muayyan muammoni hal etishning maxsus usuli (echimi), masalan: sportchining tezkorlik-kuch xususiyatlarini tadqiq etish usuliyati: b) berilgan vazifani tadqiq etish (hal qilish) usullari to`plami va ularni qo`llash tartibi: masalan: kurashchining musobaqa faoliyatini o`rganish usuliyati. Ilmiy bilish mantiqi uning tuzilishi, bosqichlarini o`rganadi, ilmiy tadqiqot jarayoni va uni tashkil etuvchi unsurlarning yaxlit qiymatini beradi. Har qanday ilmiy tadqiqot ilmiy muammoni o`rtaga tashlashdan boshlanishi kerak. Ilmiy muammo bilimlarning erishilgan darajasi bilan ijtimoiy amaliyotning yangi faktlari yoki ehtiyojlari orasidagi ziddiyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi oqibati sifatida shakllanadi. Download 60.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling