Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


Sheriklar faoliyatini boshqarish


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet110/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

Sheriklar faoliyatini boshqarish. 
Hozirgi vaqtda butun komandaning hujumi va, ayniqsa, mudofaasini 


196 
uyushtirishni boshqarmaydigan darvozabonni tasavvur ham qilib bo’lmaydi. 
Darvozabon o’yin vaziyatini tezgina baholab, hujumning yo’nalishi, straxovka 
uchun to’g’ri joylashib olish to’g’risida sheriklariga qisqa va lo’nda ko’rsatmalar 
berishi shart. Bu ishni u to’pni ehtibordan chetda qoldirmay, hatto o’zi kurash olib 
borayotgan paytlarda ham qilishi kerak. Mudofaada ishonch bilan harakat qilish
mudofaaning barqaror va mustahkam bo’lishi ko’p jihatdan darvozabon bilan 
himoyachilarning (birinchi galda markaziy himoyachilarning) bir-birlarini 
nihoyatda yaxshi tushunish-lariga bog’liq. Bevosita darvoza yaqinida jarima to’pi 
yoki erkin to’p tepilayotganda, «devor» yasashga, shuningdek, burchakdan tepish 
paytlarida darvozabonning bir o’zi boshchilik qiladi.
Darvozabonning taktik tayyorgarligini takomillash-tirishda quyidagilar 
ko’zda tutiladi: 
a) tanlanadigan harakatlarni aniq, vaqtida va tez belgilab olish; 
b) darvozada, jarima maydonida mo’ljal ola bilish; 
v) yuksak mahorat bilan «o’yinni o’qiy olish», yahni mudofaa va hujumda 
o’yin sharoitini ahlo darajada tushunish asosida sheriklar bilan hamkorlik qilish. 
4.7. Hujum taktikasi 
Hujum taktikasi deganda to’p ixtiyorida bo’lgan komandaning raqib 
darvozasini zabt etish uchun qiladigan harakatlarini uyushtirish tushuniladi. Hujum 
harakatlari tuzilishining xilma-xilligi, hujum rivoji surhatining, asosiy yorib o’tish 
yo’nalishining o’zgartirilishi, nihoyat, yakkama-yakka kurash, texnik usullarning 
xilma-xil bo’li-shi – bularning hammasi hujumni barbod etishga intila-yotgan 
himoyachilarni nihoyatda qiyin ahvolda koldiradi. 
Hujumdagi harakatlar individual harakatlarga, guruh harakatlari va komanda 
harakatlariga bo’linadi. 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling