Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport
Download 5.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma
I bob. BASKETBOL
1.1. Basketbolning paydo bo`lishi va rivojlanishi Basketbol 1891-yilda AQSHning Massachusets shtatidagi Springfild kollejining jismoniy tarbiya o`qituvchisi Jeyms Neysmit tomonidan “kashf” etilgan. Bu o`yinni yaratishda Neysmit uzoq vaqtlardan beri keng tarqalgan to`p bilan o`tkaziladigan oddiy o`yinlar haqidagi tarixiy ma’lumotlardan foydalangan deb taxmin qilish mumkin. Kollejda o`tkaziladigan gimnastika darslarini jonlantirish haqida topshiriq olgan Jeyms Neysmit yopiq xonalar uchun yangi o`yin o`ylab chiqadi. U balkon panjaralariga shaftoli solinadigan savatlardan ikkitasini osib qo`yadi. O`yinga erkaklar bilan ayollar birgalikda qatnashardilar. Neysmit taklif qilgan o`yin birinchi kundanoq talabalar orasida katta qiziqish uyg`otdi. Gimnastika guruhida 18 kishi bo`lgani uchun, ular ikki jamoaga bo`linib o`ynay boshladilar. Keyinchalik har bir jamoadagi o`yinchilarning soni 7 va 5 nafargacha kamaytiriladi. To`p savatga tashlanganligi uchun bu o`yin (basketbol) (basket- savat, bol-to`p) deb atala boshladi. Keyingi yillarda basketbol o`yini asta-sekin o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan sport turiga aylandi. 1892- yilda Neysmit o`yin qoidalarining 13-moddasini tuzib chiqdi. 1892-yilda Jeyms Neysmit o`zining “Qoidalar kitobi”ni birinchi marta chop etdi. Bu kitobda to`pni yerga urib yurish mumkinligi haqida birinchi marta yozilgan edi. Shundan so`ng maxsus musobaqalar o’tkazish boshlandi va bu qoidalar yildan – yilga mukammallasha bordi. Masalan, 1893 – yilda birinchi bo’lib temir halqali turli savatlar paydo bo’ldi. Yana bir yildan so’ng to’pning aylana uzunligi 30-32 dyuym (76,2-81,3 sm) gacha ko’paytirildi. 1895-yilda 15 fut (5m. 25sm) masofada bajariladigan jarima to’plari kiritildi. Birinchi rasmiy musobaqa qoidalari 1894-yilda AQSH da e’lon qilingan edi. 1895-yilda boshlab AQSH da basketbol bo’yicha rasmiy musobaqalar o’tkazila boshlandi. O’yin yildan – yilga rivojlana borib, uning texnikasi va taktikasi vujudga keldi. 1896-yildan boshlab to’pni yerga urib yurishga ruxsat berildi. Basketbol avvaliga Amerikadan Sharq mamlakatlari –Yaponiya, Xitoy, Filippinga, undan so’ng Yevropa mamlakatlari-Chexoslovakiya, Litva, Estoniya, Latviya, Italiya, Fransiyaga va nihoyat Janubiy Amerikaning ayrim mamlakatlariga tarqaldi. Dunyodagi ko’pgina mamlakatlarda basketbolning keng tarqalishi natijasida 7 1919-31 yillarga kelib milliy basketbol federatsiyalari tashkil qilina boshlandi. 1932-yilning 18-iyunida Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA)ning tashkil qilinishi esa bu o’yinning yanada rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Argentina, Gretsiya, Italiya, Latviya, Portugaliya, Ruminiya, Shvetsariya va Chexoslovakiya mamlakatlari Xalqaro basketbol federatsiyasiga birinchilar qatorida a’zo bo’lib kirdilar. O’yin butun dunyoga tezlik bilan keng tarqala boshladi. 1930-yillarda AQSHning Stenford universiteti jamoasining “yulduzi” Xenk Luizetti basketbol tarixida birinchi bo’lib to’pni savatga sakrab otish usulini qo’lladi. Hozir esa bu usul ommaviy tus olgan. 1935-yilda Jenevada erkaklar jamoalari o’rtasida birinchi Yevropa chempionati bo’lib o’tdi. Bunda Boltiqbo’yi mamlakatlarining jamoalari ustun keladilar. Yevropa chempioni unvoniga Latviya terma jamoasi birinchi bo’lib sazovor bo’ldi. 1936-yilgacha to’p savatga tushgandan so’ng o’yin maydon o’rtasida baxs to’pini tashlash bilan davom ettirilgan bo’lsa, undan keyin to’p savatga tushgandan so’ng o’yin shit ortidagi yuz chizig’ini tashqarisidan o’yinga kiritiladigan bo’ldi. Bu o’yin intensivligini ancha oshiradi. 1936-yilda basketbol birinchi martda olimpiada o’yinlari dasturiga kiritildi. Berlinda bo’lib o’tgan XI olimpiada o’yinlarining basketbol turnirida 21 mamlakatning erkaklar jamoalari qatnashdi. Ayollar o’rtasida birinchi Yevropa chempionati 1938 yilda Rimda bo’lib o’tdi. Bunda Italiya milliy jamoasi g’alaba qozondi. 1948-1956 yillarga kelib Xalqaro basketbol federatsiyasi boshqa xalqaro sport birlashmalari ichida yuqori o’rinlardan birini egalladi. Dunyo va Yevropa chempionatlari kabi katta musobaqalar FIBA rahbarligi ostida o’ta boshladi. Xalqaro musobaqalarning barchasiga sotsialistik mamlakatlar faol qatnasha boshladilar. 1948-yilga kelib 50 mamlakat Xalqaro basketbol federatsiyasiga a’zo bo’lib kirdi. Basketbol texnikasi va taktikasi rivojlana bordi. To’pni uzatish, uni yerga urib yurish va chalg’itishlarning yangi usullari vujudga keldi. Masalan, to’pni savatga bir qo’llab otish, so’ngra esa sakraganda bir qo’llab otish kabi usullarning paydo bo’lishi basketbol texnikasi va taktikasiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Agarda ilgari musobaqa hisobi 20-30 ochkodan oshmasdan tugaydigan bo’lsa endi uchrashuv hisobi 90-100 ochkoga yeta boshladi. Taktikada markaziy o’yinchi orqali hujum uyushtirish sistemasi erkaklar jamoalari o’rtasida vujudga keladi. 1950-yilda Argentinada birinchi dunyo chempionati bo’lib o’tdi. Ayollar jamoalari uchun birinchi dunyo chempionati 1953-yilda o’tkazildi va AQSH ayollar terma jamoasi jahon chempioni unvoniga sazovor bo’ldi. Hozirda jahon chempionati ayollar va erkaklar jamoalari uchun har to’rt 8 yilda bir marta o’tkazilib kelinmoqda. 1950- yillarning boshida basketbol o’yinining musobaqa qoidalariga quyidagi o’zgartirishlar kiritildi: 30 soniya qoidasi (bunda, asosan to’pni egallab turgan jamoa 30 soniya vaqt ichida uni raqib savatiga otishi lozim); 30 soniya qoidasi va jarima maydonchasining kengaytirilishi (bunda, asosan hujumchining raqib jarima maydonchasi ichida 3 soniyaan ortiq turishi ta’qiqlandi); bugunda bu qoida 24 soniyaga o’zgartirilgan to`pni yerga urib yurishni boshlashda to`p basketbolchining qo`lidan chiqqandan so`nggina tayanch oyoqni yerdan uzishga ruxsat berildi va hokazo. Bu yillarda basketbol o`yinining bir qo`llab to`p uzatish, faqat panja harakati bilan to`p uzatish, chalg`itib uzatish hamda to`pga qaramasdan uni yerga urib yurish, sakraganda bir va ikki qo`llab savatga to`p otish kabi texnik usullari takomillashdi va keng tarqaldi. 1957-yildan so`ng basketbol juda katta rivojlanish davrini boshidan kechirdi. O`yinining rivojlanishiga sotsialistik mamlakatlar katta hissa qo`shdilar. Sotsialistik mamlakatlarning vakillari FIBA o`tkazayotgan kongress va konferensiyalarga borib, o`yin jarayoniga ta’sir ko`rsatadigan hamma masalalarni hal qilishda faol qatnashmoqdalar. Yevropa mamlakatlarining juda ko`pchiligi FIBA rahbarligi ostida har yili muntazam o`tkazilayotgan Yevropa chempionati Kubogi va Kubok egalari Kubogi musobaqalarida qatnashib kelmoqdalar. Hozirgi kunda basketbol bilan boshqa sport turlariga nisbatan ko`p kishi shug`ullanmoqda. XXI Olimpiada o`yinlari dasturiga (1976, Monreal) basketbol bo`yicha ayollar bellashuvining kiritilishi esa o`yinning bundan keyingi rivojlanishiga yanada katta ta’sir ko`rsatdi. Download 5.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling