Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


To’p bilan aylanib o’tish uchun ustunlar


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

To’p bilan aylanib o’tish uchun ustunlar. To’rtburchak 23 sm asosli 
konus shaklidagi yumshoq plastikdan tayyorlanadi. Ko’k rangli 28 sm, sariq va 
qizil ranglisi 40 sm bo’ladi.
Futbol maydoni 
83-rasm 


144 
 
To’p bilan aylanib o’tish uchun ustunlar 
84-rasm 
Maydon burchak 
bayroqlari

To’plar


145 
Sport kiyimi. Futbolchilar ustilarida futbolka, sportchilar kalta ishtoni 
(trusi), futbolchilar oyoq poyafzali (butsы) va himoya getralaridan iborat. 
Darvozabon ustki kiyimining rangi maydon o’yinchilari kiyimi rangidan farq 
qilishi kerak va bosh hakam hamda hakamlar xay’ati maydonga jamoa 
o’yinchilari sport kiyimidan farqlanadigan kiyimda tushadilar. 
Qoidasi. Futbol bo’yicha musobaqalarni tashkil etishda asosan 17 qismdan 
iborat xalqaro miqyosda qabul qilingan o’yin qoidalaridan foydalaniladi. 
Jamoa. Jamoa tarkibiga 11 kishi kiradi: 1 darvozabon va himoyachi, yarim 
himoyachi va hujumchilarga ajratilgan 10 maydon o’yinchilaridan tashkil topgan. 
O’yinlar ochko va kubok uchun o’tkazilishda, bir o’yinda har ikkala jamoadan 3 
tadan o’yinchi almashtirilishi mumkin. 
O’yin vaqti. Erkak va o’smir jamoalari (16 dan to 18 yoshgacha) uchun bir 
o’yin vaqti 90 daqiqa davom etadi. O’yin 2 bo’limdan, har bir bo’limi 45 
daqiqadan iborat. Bo’lim tugagach jamoalar darvozalari bilan almashishib kamida 
10 daqiqaga tanaffusga chiqadilar. Pley-of musobaqalarida asosiy vaqtda g’olib 
aniqlanmasa qo’shimcha 15 daqiqa, 2 bo’limdan o’ynaladi. Lekin bunda ham 
g’olib aniqlanmasa 5 tadan 11 metrli jarima to’pi belgilanadi va shunda ham 
g’olib aniqlanmasa g’olib aniqlango’nga qadar davom etaveradi (3 tadan va h.k). 
O’smirlar uchun o’yin (14 dan 15 yoshgacha) davomiy vaqti 2x40 daqiqa, 
bolalar uchun o’yin (12 dan 13 yoshgacha) davomiy vaqti 2x35 daqiqa, o’g’il 
bolalar uchun o’yin ( 10 dan 11 yoshgacha)-davomiy vaqti 2x30 daqiqa, yosh 
bolalar uchun o’yin ( 8 dan 10 yoshgacha) davomiy vaqti 2x25 daqiqa, 8 dan 12 
yoshgacha bo’lgan bolalar kichik maydonlarda o’ynaydilar. 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling