Jismoniy tarbiya va sport fanidan jismoniy tarbiya va sport


Download 5.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet114/125
Sana28.10.2023
Hajmi5.17 Kb.
#1731074
TuriУчебное пособие
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport sport oyinlari nomli oquv qollanma

Kombinatsion o’yin yuzasidan umumiy ko’rsatmalar 
1. Trenirovkalar vaqtida kombinatsiya tuzilmasini, uning mazmuni, bajarish
prinsiplarini o’zlashtirib olish kerak. Shundagina kombinatsiyalarni muayyan o’yin 
sharoitiga moslab bajarish mumkin. 
2. Taktik kombinatsiya individual taktik tafakkur bilan guruhda bir-birini 


210 
tushunishning, yahni o’zaro hamkorlikning sintezi hisoblanadi. SHuning uchun 
guruh harakatining u yoki bu tuzilmasini tushunmasdan yodlab olish emas, balki 
o’z bilim va mahoratini match mobaynida ijodiy tatbiq etish kombinatsiyani 
amalga oshirishdagi asosiy vazifa hisoblanadi.
3. Futbol uchrashuvi boshdan-oyoq oddiy, o’ynab tobiga yetkazilgan va 
amalga oshirishda ko’p o’yinchilar ishtirok etadigan, murakkab, ko’p yurishli 
taktik kombinatsiyalardan iborat. Lekin ko’p yurishli kombinatsiyalar ham, aslida, 
ketma-ket bajariladigan bir nechta oddiy kombinatsiyalardan tashkil to’adi. Ko’p 
yurishli kombinatsiyalarni mashq qilish anchagina qiyin bo’lib, ular uchrashuv 
davomida yuzaga kelib, ko’pincha tayyorgarliksiz bajariladigan bo’lsa ham, 
ularning qanday saviyada bajarilishi ko’p jihatdan futbolchining oddiy, yaxshi 
ishlov berilgan kombinatsiyalarni bajara olish mahoratiga bog’liq.
4. Kombinatsiyalarning turli variantlarini o’rgana-yotganda, ilgari o’rganilgan 
biron kombinatsiyaning qanchalik ko’p qismi yangi o’rganiladigan kombinatsiyaga 
qo’shilsa, uni o’zlashtirish shunchalik oson va tez bo’lishini yodda tutish lozim. 
Bir standart holatdan boshlanadigan kombinatsiyalar rivojlanishining xilma-xil 
variantlarini bilishning foydasi ko’p. Kombinatsiyalarning bunday turli-tumanligi 
raqibning mudofaa uyushtirishini juda qiyinlashtirib qo’yadi. 
5. Kombinatsiyalarni amalga oshirishda komandadagi sheriklarning 
chalg’ituvchi harakatlari alohida ahamiyatga ega bo’ladi. O’zlarining 
harakatlanishlari bilan ular raqib darvozasiga ‘otentsial xavf soladilar va 
mudofaadagi-larning ehtiborini chalg’itadilar. 

Download 5.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling