31
hujum qiladi. Biroq straxovka uchun tomonga boshqa himoyachi burilib, otishning
asosiy davrini boshlang’ich paytida to’pni orqasidan to’sadi. To’pni
ushlab olish
paytida butun qo’l bilan (qo’llar bilan) yuqoridan pastga harakat qilishdan qochish
kerak, ayniqsa, ikki yoki bir qo’l bilan pastdan tashlashga harakat paytida.
Sakrab savatga otish paytida to’pni qaytarish. Sakrab savatga to’p otishga
samarali qarshi harakat eng qiyin vazifa hisoblanib,
himoyachidan butun kuchni
safarbar qilishini, mahoratini va e’tiborini talab qiladi. To’p
barmoq uchlaridan
chiqqanda va hujumchi tomonidan nazorat qilinmayotgan payt, to’pni halqa tomon
uchish yo’nalishidan qaytarish uchun eng yaxshi payt hisoblanadi.
O’zining shchiti oldida (yoki ostida) sapchigan to’p uchun kurashda
to’pni egallash. Hujumchi savatga to’p otganidan keyin himoyachi shchit tomonga
raqib o’tishi mumkin bo’lgan yo’lni to’sishi,
mustahkam holatni egallashi, so’ng
esa sapchigan to’pni tez va o’z vaqtida egallash uchun sakrab, kurashish kerak.
Sakrash ozgina yugurishdan
keyin yoki joyida turib, ikki oyoq bilan bo’lganidek,
bir oyoq bilan depsinib bajariladi. Baland sakrab va to’pni egallab, o’yinchi yerga
tushayotganda, to’p yoki shchitga taalluqli bo’lgan qulay holatni raqibning
egallashiga halaqit berish uchun kuchli kurashda oyoqlarni keng qo’yadi va
gavdasini bukadi.
Do'stlaringiz bilan baham: