29
To’pni urib chiqarish. Hozirgi vaqtda to’pni
urib chiqarish himoya
usullarining maqsadga muvofiqligi va samaradorligi, shu usullarni bajarish paytida
bir vaqtning o’zida himoyachi qo’lining to’p bilan – hujumchining qo’li
bilan
to’qnashish (tegishi)ga yo’l qo’yadigan o’yin qoidalarining
ayrim punktlarining
yangi izohlanishi sababli ancha o’sdi.
To’pni raqib qo’llaridan urib chiqarish. Himoyachi hujumchining to’p
bilan harakatlariga faol to’sqinlik qilib, unga yaqinlashadi. Buning uchun u to’p
tomonga chiqarilgan qo’l bilan chuqur bo’lmagan
qarshi harakat bajaradi, so’ng
dastlabki holatga qaytadi. Qulay paytda urib chiqarish qattiq kesilgan barmoqlar va
panjaning keskin qisqa harakati bilan (yuqoridan yoki pastdan) amalga oshiriladi.
To’pni ilib olish paytida va ko’pincha pastdan urib chiqarishga tavsiya qilinadi.
Ayniqsa, to’pni yuqori balandlikda (sakrashda) tutib
olgan va kerakli ehtiyot
choralarini ko’rmagan yerga tushayotgan raqibning qo’llaridan
pastdan urib
chiqarish samaraliroqdir. Agar himoyachi raqibning chalg’ituvchi harakatiga javob
qaytarishga majbur bo’lgan bo’lsa va yuqoriga sakragan bo’lsa, unda yerga tushish
paytida u to’pni urib chiqarish va shu bilan savatga otishga yoki o’tishga yo’l
qo’ymasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: