Jismoniy tarbiya va sport marketing korxonalarida tovar bozorini tadqiq qilish


Download 41.76 Kb.
bet3/9
Sana23.03.2023
Hajmi41.76 Kb.
#1289257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MARKETING KORXONALARIDA TOVAR BOZORINI

Markali mahsulot. Ular mahsulotning qimmatini kuchaytiradi, uni oxshash tovarlar ichidan ajratadi, iste'molchilar uchun foydaliligini korsatadi, muvaffaqiyatli sotilishini ta'minlaydi va hokazo. Tovarga marka nomini berish real ustunliklarga ega bolish imkoniyatlari va ularga erishish xarajatlarini baholash bilan bogliq. Bu shartlarning bajarilishini ta'minlovchi asosiy komponentlar quyidagilar:
1. Tovarning doimiy sifati. Uning eng yuqori bolishi shart emas, lekin u etarli darajada yaxshi va asosiysi - ishlab chiqarilish va sotish joyi vaqtidan qatьi nazar barqaror bolishi kerak.
2. Transportirovka, sotish va servis shartlari ozgarmaganda tovarning doimiy narxi saqlab qolinishi.
3. Tovarni hamma joyda (bozorning belgilangan segmentlari chegarasida) osongina va qoshimcha talablarsiz sotib olish imkoniyati.
4. Reklama yoki boshqa axborot asosida sotib olishga oldindan kelishish imkoniyati (pochta, telefon buyurtmasi va hokazo orqali xarid qilish).
Markali tovar tovarlarning umumiy massasi orasida yaqqol korinadi, iste'molchilar ongida u ijobiy tasavvurga ega. Uning belgisi - firma tovar belgisi. Marka siyosatini amalga oshirish marka nomini tanlash, markaning bozor kuchini aniqlash, va nihoyat, marka strategiyasini ishlab chiqish bilan bogliq. Markaning nomi, dastavval, tovarning xususiyati, asosiy sifatini aks ettirishi va boshqacha belgilanishga togri kelmasligi kerak. Shu bilan birga quyidagi talablarga javob berishi kerak: qisqa, aytilishi oson va esda qoladigan bolishi kerak. Marketing vazifasi korxonaning tovar markasiga nisbatan iste'molchilarning xolisligini shakllantirishdan iborat. Bu jarayon jahon amaliyotida "brending" degan nomni oldi. Bozorda nomi va surati paydo bolsa - bu marka, iste'molchilarda mahsulot, nom, suratga nisbatan munosabat shakllansa - bu brend deyiladi.
Tovarni yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi xizmat korsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish, shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy orinni egallaydi. Mana shu kompleks tadbirlar tovar siyosati deb ataladi.



Download 41.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling