Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari. Reja: Bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari
Download 1.28 Mb.
|
Saodatjon
Tarbiyaviy vazifalar jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug’ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya muassasalarida va oilada mustaqil shug’ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o’z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o’tkazish. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalgaoshirishning katta imkoniyatlari mavjud. Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko’ngilchanlik) va axloqiy fazilat (halollik, o’rtoqlik hissi, o’zaro yordam, topshiriqni ma’suliyat bilan bajarish) larni tarbiyalash, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, chidamlilik) ni namoyon qilish uchun sharoit yaratadi. Jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o’sishiga yordam beradi, chunki nerv tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira,
xayol) shuningdek tafakkur operatsiyalari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish) rivojlanadi. Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlarini ishiga yaxshi ta’sir qiladi. Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni xis qilish va idrok etish, go’zallikni,haraklarning ifodaliligini, qaddiqomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport jihozlari, tevarak-atrofning go’zalligini tushunish va to’g’ri baholay olish qobiliyatini rivojlantirish; estetik jihatdan ma’qul xulqqa intilishni, faoliyat, so’z va xatti-xarakatda qo’pollikka murosasiz bo’lishni tarbiyalash lozim. Jismoniy tarbiya jarayonida mehnat tarbiyasi ham amalga oshiriladi. Bolalar sog’ligi mustahkamlanadi, harakat ko’nikma-lari shakllanadi, mehnat qilish uchun zarur bo’lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, uchastkani jihozlash (sakrash uchun qum to’ldirilgan o’ralar, qor uyumlari, sirg’anish uchun muz yo’lkalar tarbiya jihozlarini yasash va ularni tuzatish (uloqtirish uchun qopchalar yasash, nishonlarni bo’yash),sport kiyimlari, poyabzalni saqlash, ularga qarash, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida jismoniy jihozlarni, atributlarni, o’yinchoqlarni joy-joyiga qo’yish va yig’ib olish bilan bog’liq mehnat ko’nikmalarini egallaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayoni sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalardan birgalikda, mujassam holda foydalanishni talab etadi Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling