Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari. Reja: Bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari
Download 1.28 Mb.
|
Saodatjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqt tavsifi
- Vaqt xarakteristikasi .
- Ritimik xarakteristika.
Jismoniy mashqlar texnikasi.
Harakat vazifalari maqsadga muvofiq sodda hal etilishiga yordam beradigan harakat faoliyatining usullari jismoniy mashqlar texnikasi deyiladi. Masalan: "oyoqni bukib" sakrash usuli bilan, yugurib kelib uzunlikka sakrash. a) Texnika tushunchasi bu xarakatlarning tashqi shaklidir. Jismoniy mashqlar texnikasi beto’xtov o’zgaradi va takomillashadi. Jismoniy mashqlar texnikasi, texnikaning asosi, aniklovchi zvenosi va detallarini o’z ichiga qamrab oladi. (jadval 5) b) Texnikaning asosi, negizi - bu harakat vazifalarini aniq ratsional yo’l bilan hal qilish uchun kerakli harakatlarning yig’indisidir. Masalan: volleybolda xujumkorurush-tananing ketma-ketlik harakati; yugurib kelib uzunlika sakrash - yugurish; depsinish; uchish va qo’nish fazasi elementlaridan iborat. v) Texnikaning aniqlovchi zvenosi - bu ushbu harakat asosiy mexanizmining eng muhim va hal qiluvchi qismidir. g) Texnik detallari - harakatning asosiy mexanizmiga xalaqit bermaydigan, uning ikkinchi darajali xususiyatidir. Bu sportchining individual xususiyatiga bog’liq.Masalan: uch sakrashda uchish fazalarining o’ziga xos munosabati: Texnikaharakat faoliyatini bajarishning umumliroq usulidir. Ular: Jismoniy mashqlar texnikasi Texnikaning asosiy, negizi Texnikaning shaxsiy (guruhlar) hususiyatlar Texnikani aniqlovchi zvenosi Individual (guruhlar) hususiyatlari Texnikaning detallarini tashkil qiladi Jismoniy mashqlar shakllantirishni takomillashtirish jarayonida harakat faoliyatlarini ijro etishda samarador usullarini izlaydilar. Bunda eng asosi jismoniy mashqlar texnikasiga tegishli va ta’minlaydigan qonuniyatlarni anglash lozim. Jismoniy mashqlar texnikasi va harakatlar tavsifi Vaqt tavsifi Tana qismi yoki buyumni o’tish yo’lini troektoriya G’yo’nalishG’ deb ataladi. Troektoriyada shakl, yo’nalish va amplitudalar mavjud. A) Shakli bo’yicha hamma harakatlar to’g’ri chiziqli va egri chiziqli yo’nalishda bo’ladi. Boksda va qilichvozlikda to’g’ri chiziqli harakatlarni uchratish mumkin. Qolgan hamma mashg’ulotlarda, sport turlarida faqat egri chiziqli harakatlarni ko’rish mumkin. Harakat vazifalari muvaffaqiyatli bajarish uchun, buyum yoki tana harakati. B) yo’nalishi katta ahamiyatga ega, hamda ayrim muskullarning rivojlanishiga jismoniy mashqlarning ta’sirchanligi kattadir. V) harakat amplitudasi, bu tana qismining o’tish yo’lining kattaligi, burchak G’gradusG’, chiziqli G’qadam uzunligiG’, o’lchamlarda har xil bo’g’imlar, tana belgilar bilan belgilanishi mumkin. Fazoviy vaqt xarakteristikaga - tezlik va tezlanishlar kiradi. Harakat tezligi - yo’lning bosib o’tish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi. Agar harakat tezligi yo’lning hamma nuqtalarida bir xil bo’lsa, harakat tekis harakat deyiladi. Vaqt xarakteristikasi. Vaqt xarakteristikasiga mashq va ularning elementlarini bajarish, ayrim statistik holat hamda harakat tezligining uzunligi kiradi. Texnikaning ayrim elementlari turli vaqtda bajariladi. Temp deyilganda harakat davri yoki harakat miqdorining vaqt birligidagi takrorlanish tezligi chastotasi tushuniladi. Ritimik xarakteristika. Ritm - muskul kuchlanishi va bo’shashining navbatma navbat almashuvidir. O’zlashtirilgan harakatlarda ritm turg’un xarakterga ega. Ritmik harakatlar oson bajariladi, shuning uchun ham charchov hosil qilmaydi. Dinamik xarakteristika. Jismoniy mashqlarni bajarishda juda ko’p omillar, jumladan ichki va tashqi kuchlar ta’sir etadi. Ichki kuchlarga tayanch harakat apparatining sust kuchlari, harakat apparatining faol kuchlari, reaktiv kuchlar kiradi. Tashqi kuchlarga inson tanasi tashqaridan ta’sir etuvchi kuchlar: o’z tanasining ogirlik kuchi, tayanchining reaktiv kuchi. tashqi muhit havo, suv, qum, erning va tabiat jismlari buyumlar, juft mashqlardagi raqiblarG’ning qarshilik kuchi, sport anjomlari, inertsiya kuchi kiradi. Ularga harakat davomiyligi, tezligi va uzviyligi mansub. - harakatni davom etish vaqti Mashqni davom etishi umuman uning tanaga ta’siri, yuklamaning kattaligini belgilaydi (yugurish, arqon bilan sakrash va h.k.). Ayrim harakatning davomiyligi barcha mashqlarga ta’sir etishi mumkin. Masalan: harakatning biror bir qismidagi egilish yoki rostlanishning davomiyligini buzilishi butun mashqning bajarilmasligiga sabab bo’ladi. Saltoni bajarishda guruhlashtirilganidan keyin erta yoki kech ochilish erga tushish-da aniq bo’lmasligiga olib keladi.Harakat tezligi vaqt oralig’ida harakat miqdorini bel-gilaydi.Siljish tezligi qarakat tezligiga bog’liq (yugurish, suzish, eshkak eshish va h.k.) harakat tezligiga yuklamani kattaligi ham bog’-liq. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling