Mashqlar klassiflkatsiyasi Badiiy gimnastikaga xos mashqlar texnikasi


Download 265 Kb.
bet1/7
Sana21.06.2023
Hajmi265 Kb.
#1641970
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TIRMASHIB SHIQISH MUVOZANAT SAQLASH ULOQTIRISH ODDIY SAKRASH ERKIN MASHQLAR AKROBATIK MASHQLARNI O`RGATISH


TIRMASHIB SHIQISH MUVOZANAT SAQLASH ULOQTIRISH ODDIY SAKRASH ERKIN MASHQLAR AKROBATIK MASHQLARNI O`RGATISH

Reja:




  1. Mashqlar klassiflkatsiyasi

  2. Badiiy gimnastikaga xos mashqlar texnikasi

  3. Muvozanat tasnifi

  4. Texnika tuzilishi va asoslari

  5. Badiiy gimnastikaga xos muvozanatiar texnikasi

  6. O'tgan yillarda akrobatika mashqlari barcha darajadagi dasturlarga kiritilgan, shu jumladan sport ustalari uchun ham. Hozirgi vaqtda akrobatika mashqlarini qo'llash musobaqa qoidalari bilan cheklangan, o'quv dasturlarida ham bu harakatlar tayyorlovning o'rta qismida uchraydi.

Asosan akrobatika mashqlari girnnastikachilarning jismoniy va umumiy harakat tayyorgarligi vositalaridan biri hisoblanib qo'llaniladi.
Yuqori darajadagi sportchilarda musobaqa qoidalari bilan chegaralangan yarim akrobatik deb nomlanuvchi mashqlar ishlatiladi. Yarim akrobatik mashqlar kombinatsiyalarning ifodali, go'zalli, nafisligini boyitadi, oyoqlarda tik turishdan parter, g'ujanak bo'lib yotish va h.k. holatiga o'tish hisobiga hosil bo'luvchi zaruriy yorqinlikni kiritadi.
Bundan tashqari, ular predmetli mashqlarda xavfli, qaltis ele-mentlarni oshiradi, badiiy gimnastikaning sport yo'nalishini ta'kidlaydi.


Mashqlar klassiflkatsiyasi


Rasman bu turdagi harakatlarning 2 asosiy guruhini ajratish mumkin: aynan akrobatik va yarim akrobatik. Akrobatik mashqlar akrobatika va sport gimnastikasiga oid ko'plab nashrlarda batafsil tasvirlangan. Ushbu nashrda biz yarim akrobatik mash-qlarnigina tasvirlash bilan cheklanamiz. Bu mashqlarni 3ta asosiy guruhlarga bo'lish mumkin (6-jadval).
6-jadval
Birinchi guruhga dumalashlar va o'mbaloq oshishlar kiradi. Bu harakatlar turi ayni akrobatik mashqlar bo'yicha ma'lum. Dumalashlar va o'mbaloq oshishlar oldinga, orqaga va yonga bajarilishi mumkin. Xuddi shunday shaklda aylanib tushishlar ham klassifikatsiyalanadi (ikkinchi guruh).
Nihoyat, yarim akrobatik mashqlarning uchinchi guruh sifatida akrobatik burilishlami ajratish mumkin.
Ular yetarli darajada turli-tumandir, biroq oyoqlarda turgan holda bajariladigan turli burilishlardan farqli ravishda maxsus holatlarda bajariladi: yelkada, ko'krakda, tizzalarda, kuraklarda turib vah.k.



Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling