Mashqlar klassiflkatsiyasi Badiiy gimnastikaga xos mashqlar texnikasi
Download 265 Kb.
|
TIRMASHIB SHIQISH MUVOZANAT SAQLASH ULOQTIRISH ODDIY SAKRASH ERKIN MASHQLAR AKROBATIK MASHQLARNI O`RGATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oldinga muvozanat
- Yonga muvozanat
Muvozanat tasnifi
Ikki oyoqda muvozanat saqlashni bajarish ancha oddiydir. Qoidaga ko'ra bu oyoq uchida holatni ushlab turib (statik) yoki harakatda (dinamik) bo'lishi mumkin. Badiiy gimnastikada keng foydalaniladigan turli harakatda oyoq uchida turish juda xarak-terlidir. Bir oyoqda muvozanatni bajarish biroz murakkabroq bo'lib, maxsus trenirovkani talab qiladi va badiiy gimnastikada mashq-larning mustaqil turi sifatida eng qizig'idir Oldinga muvozanat - muvozanatning eng odatiy turi bo'lib, vakillaridan biri - «qaldirg'och»dir. Tuzilishi nuqtai nazariga ko'ra, oldinga muvozanat uchun tanani oldlhga egish, bu mashqni turli harakatlarda ifoda etish aniqlovchi hisoblanadi. Orqaga muvozanat - tuzilishi jihatidan yuqoridagi turning teskarisi. Bular uchun tanani orqaga egib, shu vaqtning o'zida tayanchsiz oyoqni yuqoriga gorizontal yoki undan ham yuqoriroq holatga ko'tarish harakterlidir. Orqaga muvozanatning qiyinligi boshqa muvozanat turlariga qaraganda ancha yuqori darajada bo'ladi (pastga qarang). Yonga muvozanat - tuzilishi bo'yicha oldinga va orqaga muvozanat orasidagi holatdir. Ular uchun tana a'zolarini frontal o'q bo'ylab bir xil og'irlikda joylashishini ta'minlaydi. Muvozanatning aytib o'tilgan uchta guruhi mazkur turning mavjud elementlarini o'z ichiga oladi. Lekin oldinga, orqaga qa yonga muvozanatda tana holatining shakli turlicha bo'lishi mumkin {21-rasm). Shu sababdan shartli ravishda gorizontal va vertikal muvozanatlarga ajratilgan (sxemaga qarang). Birinchisida gimnastikachining tanasi va tayanchsiz oyog'i ko'pincha gorizontal joylashadi. Bu muvozanatning ixtisoslash-tirilgan shaklidir. Ikkinchi tur - vertikal muvozanat - turli variantlari bilan harakterlidir. Gimnastikachining tanasi ancha yuqorida joylashgan vertikal muvozanat holati eng oddiydir (masalan, attityude muvozanati, 21-rasm). Oyoqni maksimal darajada ko'tarib vertikal muvozanat saqlash texnik tomondan ancha qiyindir. Bu elementlar tanani turli darajada egilishi bilan bajarilishi mumkin. Muvozanatning barcha sanab o'tilgan strukturali - texnik variantlari statik, holatni tishlab turish yoki harakatda, dinamik bo'-lishi mumkin. Ularni bajarishdagi qiyinchilik muvozanat holatining koordinatsiyasiga, gimnastikachining harakat sifatiga (masalan, egiluvchanlik) qo'yiladigan talab darajasiga, shu bilan birga tayanch usuliga bogiiqdir. Muvozanat tasnifining oxirida turishni to'liq oyoq kaftida yoki oyoq uchida bajarish mumkinligi aks ettirilgan. Download 265 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling