Mashqlar klassiflkatsiyasi Badiiy gimnastikaga xos mashqlar texnikasi


Download 265 Kb.
bet4/7
Sana21.06.2023
Hajmi265 Kb.
#1641970
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TIRMASHIB SHIQISH MUVOZANAT SAQLASH ULOQTIRISH ODDIY SAKRASH ERKIN MASHQLAR AKROBATIK MASHQLARNI O`RGATISH

Texnika tuzilishi va asoslari

Jismoniy nuqtai nazardan 21, 25-rasmda ko'rsatilgan holat-dagiga o'xshash muvozanatlar cheklangan turg'un muvozanatga kiradi. Mazkur holatda gimnastikachining muvozanati qachonki sportchi tanasining og'irlik markazi (T.O.M.) chizig'i tayanish maydonidan o'tsagina saqlanish mumkin. 22-rasmda ikkala holat sxema shaklida ko'rsatilgan.


Birinchi holatda (a) gimnastikachi t.o.m. tayanch ustida joylashgan va tana turg'unlikni saqlamoqda. Ikkinchi holatda (b) gimnastikachi oldinga ortiqcha egilgan, t.o.m chizig'i tayanish maydoni chegarasidan chiqib ketgan va muvozanat buzilib gimnas-tikachi oldinga yiqilyapti. Yiqilish og'irlik kuchi orqali keladi, ya'ni t.o.m. chizig'i tayanish maydoni chegarasidan chiqib ketganidan so'ng tashqi yiqituvchi kuch sifatida ish boshlaydi.
Muvozanat holatlarida gimnastikachi tanasining turg'unlik darajasi jismoniy nuqtai nazardan ikki asosiy omilga bog'liqdir. Ulardan biri - tayanish maydonining o'lchami.

а б
22-rasm
23-rasmda tananing maydoni solishtirib ko'rsatilgan, ya'ni gimnastikachi oyoqlariii kerib turib chapfoyoq oldinda (a), III pozitsiya holatida (b), oyoqlarni kerib oyoq uchida turibdi (v), bir oyoqda to'liq oyoq kaftida (g) va yuqorigi oyoq uchida (d), bir oyoq uchida muvozanat saqlab (e). Rasmlarni taxlil qila turib oyoq bilan tayanish xarakteriga qarab tayanishning chiziqli maydonida katta o'zgarishini ko'rish mumkin. Shunga muvofiq uni turli o'qlarda tebranishda tananing turg'unligi ham turlichadir. Frontal o'qda oddiy turishda tananing turg'unligi sagital o'qqa nisbatan ancha yuqori bo'ladi. Bir oyoqda tik turganda u oldin-orqa yo'nalishda ko'proq bo'ladi (23,g)

23-rasm




To'liq oyoq kaftida va oyoq uchida turishda tayanish maydoni juda na'munali solishtirilgan (23-rasm, g, e). Ikkinchi holatda maydon kam va bu oyoq uchida tik turishda turg'unlikni saqlash katta qiyinchilik talab qilishini bildiradi. Cheklangan turg'un muvozanat holatida boshqa turg'unlik omillaridan biri gimnasti­kachi t.o.m ni tayanch darajasi ustidan joylashgan balandligi hisoblanadi. T.o.m. boshqa sharoitlarda qancha yuqori joylashsa, tana turg'unligi shuncha past, muvozanat saqlash shuncha qiyin bo'ladi. Shuning uchun tana a'zolari yuqorida joylashadigan muvozanat turlarini bajarish qiyindir. Muvozanat holatida gimnastikachi tanasi tur g'unligi darajasini baholay oladigan umumiy tavsifnoma turg'unlik burchagi hisoblanadi. Qandaydir bir ma'lum o'qda tanani ebranishini tananing turg'unlik burchagi orqali 24-rasmda ko'rsatilganidek aniqlanadi. Shuning uchun mazkur tavsif ikkala ko'rsatkichni o'z ichiga oladi - T.O.Mning joylashgan balandligi va tanlangan o'qda tayanish maydonining o'lchami.
Muvozanat holatida turg'unlikni saqlash - harakat tuzilishi bo'yicha boshqarish murakkab bo'lgan jarayondir. Skelet muskulaturasi, nafas harakati, mushak to'qimalarining fib-rillyatsiyasining uzluksiz va tamomila tartibga solingan o'zaro harakati so'zsiz tananing mikrotebranishiga olib keladi. Bu muvozanatni ushlab turish jarayonini murakkab dinamik jarayonga aylantiradi. Ya'ni gimnastikachi t.o.m. chizig'i muvo-zanatning optimal holati atrofida uzluksiz va so'zsiz tebranishga olib keladi. Bunday tebranish tasodifiy xarakterga ega, lekin muvozanat saqlash jarayonining o'zi boshqariladigan bo'lishi kerak.

24-rasm
Tananing optimal holatdan chetga chiqishga gimnasti-kachining tiklanuvchi kuchi javob berishi kerak.
Oldiga muvozanat holatidan Oldinga harakat muvozanatni yo'qotish havfi gimnastikachi oyoq kafti bukuvchi mushaklari zo'riqishni kuchaytirishga majbur qiladi (25-rasm).
Bunda oldinga egilishni to'xtatadigan tayanish reaksiyasining yordamchi kuchi rivojlanadi, keyin esa t.o.m. chizig'i tayanchga nisbatan optimal holatga qaytadi. Ish noaniq bo'lganda, ya'ni
t.o.m. chizig'i inertsiya bo'yicha optimal holatdan chetga chiqib ketsa, giperkompensatsiya vujudga kelishi mumkin. Bunday hollarda muvozanat holati atrofida qayta tebranish harakati, ya'ni balanslashtirish vujudga kelishi mumkin.
Gimnastikachining mahorati oshishi bilan balanslashtirishdagi tananing tebranish amplitudasi kamayadi va buning aksi, kam shug'ullanganlarda esa balanslashtirish qo'pol shaklda ko'rinadi va bu ijro etishdagi aniq xato deb qabul qilinadi.
Tizimlar muvozanatini saqlashni boshqarish imkoniyati bir qancha omillarga bog'liqdir. Ulardan bin tayanch bilan bog'liqdir. Tayanch maydonining kichikligi nafaqat muvozanat saqlashga ishonchni kamaytiradi, balki balanslashtirishda tayanch bilan o'zaro samarali bog'lanishga to'sqinlik qiladi.

25-rasm
68


Bunday sharoitda holatni o'zgartirish hisobiga muvozanat holatini boshqara olish imkoni bilan bog'Iiq bo'lgan boshqa omil muhim rol o'ynaydi.

Oldinga muvozanat holatidan oldinga yiqilishda tanani tez oldinga qo'shimcha egish tiklovchi harakat hisoblanadi. Bunda oyoq bilan oldinga tayanchga kuchli bosim bilan tushadi.


Oxirida tanani hatarli harakatdan saqlovchi impuls qabul qilinadi. Shunga o'xshash harakatlar (ifodali plastika bilan ma'lum darajada niqoblangan, yashirilgan) boshqa muvozanat turlarida ham qo'llaniladi.
Muvozanatni bajarish gimnastikachi mushak apparatining koordinatsiya faoliyati, shu bilan birga balanslashtirishni malakasiga bog'Iiq.


26-rasm
Badiiy gimnastikada ko'pgina muvozanatlar uchun xarakterli bo'lgan oyoq uchida turish bir nechta bo'g'imlarni bir paytda harakatlanishi hisobiga sodir bo'ladi.
Oyoq uchida turishni ushlab turishda oyoq kaftini mustah-kamlab uning ortiqcha harakatlanishini oldini oladigan yon mushaklar katta rol o'ynaydi. Gimnastikachi oyoq kafti retseptorlari orqali keladigan sezgi juda muhimdir.



Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling