Mashqlar klassiflkatsiyasi Badiiy gimnastikaga xos mashqlar texnikasi


Badiiy gimnastikaga xos muvozanatiar texnikasi


Download 265 Kb.
bet5/7
Sana21.06.2023
Hajmi265 Kb.
#1641970
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TIRMASHIB SHIQISH MUVOZANAT SAQLASH ULOQTIRISH ODDIY SAKRASH ERKIN MASHQLAR AKROBATIK MASHQLARNI O`RGATISH

Badiiy gimnastikaga xos muvozanatiar texnikasi


Oldinga muvozanat - muvozanatnfcg eng oddiy turidir. 21,25,26 rasmlarda faqat ifodali qismlari bilan farq qiladigan bir necha variantlari ko'rsatilgan. Hamma holatlarda gimnastikachi oyoq uchida turibdi, tayanmagan oyoq gorizontal joylashgan, tananing barcha mushaklari taranglashib yuqoriga intilgan. Bunday holatlarda eng ko'p yuklama tayanch oyoqning kafti va sonning bukuvchi mushaklariga hamda tayanmagan oyoq soni va orqaning bo'shashtiruvchi mushaklariga tushadi.
\




Muvozanatni saqlab turishda mushak guruhlarining tarang-lashish strukturasi assimmetrikdir (bu barcha muvozanatlarga tegishli). 27-rasmda olingan (a) va orqaga (b) muvozanatni bajarayotgan gimnastikachi mushaklarining elektr faolligi harakteri ko'rsatilgan.
Muvozanatni bajarish texnikasi va ifodali harakterini taxlil qila turib, muvozanat holatni ma'lum darajada o'zgarishi texnik talabga bog'liqligini nazarda tutish kerak. 26-rasmda ko'rsatilgan ko'p holatni 25-rasmdagi ko'p holatlarga o'tkazish uchun holatni bir oz o'zgartirish talab qilinadi.
Mazkur vaziyatda qo'llar bilan yuqoriga harakatlanish tayanch maydoniga nisbatan tana og'irligi joyini o'zgartirib yuboradi va muvozanatni buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatni vujudga kelmasligi uchun gimnastikachi tayanchdan boshqa tomonda joylashgan tana a'zolari bilan buni oldini oluvchi harakatni bajarishi kerak.
Muhokama qilinayotgan holatda bu odatda belning ortiqcha egjlishi va tayanmagan oyoqning ko'proq ko'tarilishi. Oxirgi hara-kat miqdori ozgina, lekin, tayanmagan oyoqning og'irligi teskari yo'nalishda harakatlanayotgan ikkala qo'l og'irligidan ko'proq.
Ko'rib chiqilgan oldinga muvozanat gavdani turli darajada egish bilan bajariladi. 26-rasmdagi va attitiyuda (21-rasmga qarang) 25-rasmdagi holat gorizontaldir. Gavdani oldinga, oxirgi nuqtagacha egib, tayanchsiz vertikal muvozanat o'ziga xosdir. Bunday elementlar yaxshi egiluvchanlikni va bo'g'imlar harakatchangligini, shu bilan birga tana turg'unligini saqlashda ishonchli harakatni talab qiladi. 28-rasmda vertikal muvozanatga tegishli bo'lgan mashq - halqa muvozanat aks ettirilgan.
Gimnastikachi o'ng oyoqda turgan holatdan (1-kadr) orqa mushaklarini qattiq taranglashtira turib bel qismini orqaga oxirgi nuqtagacha bukadi va chap oyoqni ko'tarib to'piq qismidan ushlaydi (2-3-kadr) va uni tortib shpagatdagi oldinga vertikal muvozanat holatiga o'tadi (3-6 - kadrlar). Gimnastikachining boshi holatini o'zgarishi o'ziga hosdir: oyoqni ushlash vaqtida harakatni aniq nazorat qilish uchun bosh to'g'ri ushlanadi, keyin esa orqaga egiladi (5-8-kadrlar). Oxirida, mashqlarning final qismida gimnastikachi oyoqlarini qo'yib yuboradi, lekin uni kuch bilan yuqoridan ushlab turishga harakat qiladi (7-kadr). Bu fazada boslini orqaga egish bo'yin reflekslari ishini, asosiy ishni bajaruvchi orqa yozuvchi mushaklar faoliyatini faollashtiradi.
Holami o'zgartirish va tana a'zolarini tayanchga nisbatan harakatlanagandagi joylashishi ham namunalidir. Tayanmagan oyoq qanchalik yuqoriga ko'tarilsa, gimnastikachining ko'krak qismi kerishish hisobiga shuncha oldinga chiqadi (2-4-kadrlar). Bunday bo'Iishi turgan gap, negaki tana doimo tayanchga nisbatan bir xil og'irlikda qolishi kerak.

Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling