Jismoniy tarbiyaning metodik printsiplarini mashg’ulot jarayonida tutgan o’rni mundarija: I. Bob. Jismoniy tarbiya metodlari
Sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi
Download 95.6 Kb.
|
JISMONIY TARBIYANING METODIK PRINTSIPLARINI MASHG’ULOT JARAYONIDA TUTGAN O’RNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus tayyorgarlik
2.3. Sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi
Sport mashguloti ikki yo’nalishni; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonini tarkiban birlashtiradi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayonida organlar, sistemalar va funktsiyalarni umumiy rivojlantirish asosida sport ixtisosligiga mavjud shart-sharoitlarni yaratadi, kengaytiradi, shuningdek, uning turli xil harakat, ko’nikma va malakalarining munosabatlarini boyitadi. Maxsus tayyorgarlik esa, muayyan sport turi uchun – xos bo’lgan sifat va qobiliyatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi, shuningdek, unga xos texnik va taktik bilim va malakalar bilan qurollantiradi. Umumiy tayyorgarlikni ham, maxsus tayyorgarlikni ham, mashgulot jarayonidan olib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunki umumiy va maxsus tayyor-garlikning orasida o’zaro uzviy bogliqlik mavjud. Ularning o’rtasidan chegara o’tkazish mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport trenirovkasining bu jihatlarini ajrat-maslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa umumiy va maxsus tayyorgarlik o’zining xususiy funktsiyalari, vosita-lari, usullari va shuningdek, mashgulot jarayonlari bilan birmuncha farq qiladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport ixtisosining muhim omilidir, umumiy jismoniy tayyorgarlik esa sportchi rivojlanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil aloqalar orqali ixtisoslashish jarayoniga bilvosita ta’sir qiluvchi omildir. Sportchining umumiy tayyorgarligi ixtisosligi xususiyatlarini ham aks ettirishi lozim. Chunki, alohida jismoniy mashqlar davomida ijobiy va shuningdek, salbiy ta’sirlar uchrab, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida bir xil bo’lishini cheklab turadi. Ko’rganimizdek, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida turlicha bo’ladi, ammo uni maxsus tayyorgarlik bilan aralashtirib bo’lmaydi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik sport trenirovkasida har doim, ko’p yillar davomida amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon: qator mualliflar sportchining mahorati ortib borishi bilan umumiy jismoniy tayyorgarlik mashgullarining soni va unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish kerak deb ishontirishga urinadilar. UJTning hajmi unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish hisobiga emas, balki maxsus jismoniy tayyorgarlik ustida ko’proq ishlash hisobiga qisqartilishi kerak. Mashgulot turkumlarida UJT va MJTning o’zaro munosabatiga kelsak, u quyidagicha ifodalanadi: tayyorgarlik davrining I bosqichida ayniqsa poydevor mezotsiklida UJT ustunlik qiladi, keyin-chalik asta-sekin u kamaytiriladi, tayyorgarlikning II bosqi-chida va musobaqalashish davrida MJT ortadi, bu davrda UJT faol dam olish shaklida markaziy o’rin egallaydi. Harakatlarga o`rgatishning asosiy yo’nalishi va xususiyatlari.O`quvchiga bilim berishda jismoniy tarbiya ta’limi muhim o`rinni egallaydi. Bu jarayonda harakat faoliyatini yoki uning ma’lum bo`lagini bajarishga o`rgatiladi, jarayon mashq qilish-takrorlash orqali amalga oshiriladi va shug`ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish-tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni o`zlashtirish va uni o`quvchiga, shug`ullanuvchiga uzatishning uyushtirilishini yo`lga qo`yishdan iboratdir. O`qitish amaliyotida “harakat faoliyati ta’limi”, “harakatga o`rgatish”, “harakat malakasi”, “harakat ko`nikmasi”, “nazariy bilim” kabi atamalardan foydalaniladi hamda yuqorida qayd qilinganidek jismoniy ma’lumot berish maqsadi amalga oshiriladi. Harakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o`rgatish nisbatan qisqa pedagogik vazifadir. Harakat faoliyatini o`rgatish atamasi harakat faoliyati aniq bo`lib, uning nazariy bilimi ham berilganda qo`llaniladi. Harakat faoliyatini o`qitishda harakat malakasi shakllanadi, ko`nikma vujudga keladi, bir vaqtning o`zida muvofiq jismoniy harakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, mushaklar egiluvchanligi va bo`g`imlar harakatchanligi rivojlanadi. SHu sababli pedagogik jarayonda e’tibor bir narsaga – ta’limga, ya’ni malakani shakllantirishga yoki harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim. Harakat faoliyatini o`qitish jarayonida faqatgina bilim berish va tarbiyalash vazifalari birgalikda hal qilinmay, sog`lomlashtirish xususiyatiga ega bo`lgan vazifalar ham amalga oshiriladi. Hech qaysi umumta’lim predmetida bunchalar yaqqol namoyon bo`lmaydigan sog`lomlashtirish vazifasi harakat faoliyatini o`qitishda yorqin namoyon bo`ladi. Harakat faoliyatini o`qitishda bilim berish vazifalari ham o`zining xususiyatlariga ega. O`quv materiallarini egallash jarayonining yetakchi tarkibiy qismi o`quvchilarning faol harakat faoliyatidir. Ularning o`quv-mehnat faoliyati hammadan avval jismoniy kuch sarflashni talab qiladi. O`quvchining o`quv faoliyatiga oid ayrim qonuniyatlarni bilish insonning ish qobiliyati umumiy qonuniyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Individning ish qobiliyati bir necha omillarga bog`liq: ajdodlaridan meros qobiliyatlar, hayotiy jarayonda to`plangan tajribalar va ma’lum belgilangan sharoitda aniq faoliyatni boshqara olish. Bu omillar qanchalar yaxshi rivojlangan bo`lsa, inson shunchalar katta ishchanlik qobiliyatini namoyon qila oladi. Odatdagi sharoitda inson o`z ish qobiliyatlarining bir qismidangina foydalana oladi, xolos. Zahirada deb hisoblangan boshqa qismi faqat oshirib qo`yilgan maksimal talablarga javob berishda namoyon bo`lishi mumkin. Noodatiy tashqi sharoit zahiradagi ish qobiliyatining namoyon bo`lishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, inson qobiliyatlarining maksimal darajada rivojlanishini tarbiyalaydi. Harakat faoliyatini o`qitishning ikkinchi xususiyati harakat malakalari tizimini shakllantirish hisoblanadi. Faqat harakat faoliyati tizimigina o`quvchi jismoniy tayyorgarligining xususiyatini belgilaydi. Masalan, 30 metrga yugurish 60 metrga yugurish bilan taqqoslanganda, uning boshqa harakat faoliyatlari bilan ko`p marotaba bog`lanishlarga ega ekanligi ma’lum bo`ladi. Tirmashib chiqish va muvozanat saqlash mashqlari esa boshqa harakat faoliyatlari tizimiga nisbatan qaram emas. Bu faoliyatlarning ta’siri natijasi boshqa faoliyatlarnikidan yuqori yoki past bo`lishi mumkin. Uchinchi xususiyati – ta’limni ikki yo`nalishda amalga oshirishda harakat sifatlarini kompleks rivojlantirish bilan aloqadorligi: a) harakat malakasi harakat sifatlarining rivojlanishi bilan bog`liqdir. eng avvalo, aynan o`sha harakat malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi; b) harakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo`lgan harakat sifatini rivojlantirish bir vaqtning o`zida boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi. Masalan, qisqa masofaga yugurishda tezlik rivojlanadi, lekin tezlik kuch, chidamlilik va boshqa sifatlarni optimal rivojlantirganidagina natijaliroq rivojlanadi. XULOSA. Jismoniy madaniyat va metodika aniq bir tizimga tayansagina, oldindan ko’zlangan natijaga erishiladi. Jismoniy madaniyat tizimi deganda, jismoniy madaniyatning prinsiplari, vositalari, metodlari va uni tashkillash shakllarining shunday umumiyligi tushuniladiki, u jamiyat a’zosini har tomonlama garmonik rivojlantirishning maqsad va vazifalariga mos bulsin (A.D. Novikov 1967). Vatanimiz mudofaasi masalasi xam jamiyatimizda yulga kuyilgan jismoniy madaniyat jarayoniga qator talablar kuyadiki, 6u talablarni amalga oshirish natijasida jismoniy madaniyat tizimiiing ob’ektiv xususiyatlari namoyon bo’ladi. Mamlakatimiz xalklarining har tomnlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganigi Vatan mudofaasiga tayyorligining kursatkichi bo’lib xizmat qilish lozim. SHunday qilib, O’zbekistonda jismoniy madaniyatning maqsadi. O’zbekiston xalkini jismoniy kamolotga erishgan, xukukiy davlat ning aktiv kuruvchilari, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyor qilib madaniyatlashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy madaniyatni amalga oshirayetgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir. Maqsadning umumiyligi jismoniy madaniyat tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir. Kursatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shug’ullanuvchilarning yoshi, sogligi, jismoniy tayyorgarligi, shug’ullaniladigan kasbi xisobiga olinadi va jismoniy madaniyatda konkret vazifalar xal kilinadi. Jismoniy madaniyat tizimiga umumiy vazifalar kuyilgan bo’lib, ular kuydagilardan iborat: a) odam organizmi forma funksiyasi garmonik rivojlantirish. jismoniy kobiliyatni har tomonlama kamolga yetkazish, soglikni mustaxkamlash va xalkning uzoq umr kurinishini ta’minlashga yunalish berish; b) hayotiy zaruriy harakat malakalarini va kunikmalarini, kundalik turmushda kerak bo’ladigan jismoniy madaniyatga molik maxsus bilimlarni shakllantirish; v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismoniy sifatlarni madaniyatlash; Inson jismoniy madaniyatsi maqsad va vazifasi uning boshqa madaniyat jarayonlari bilan bog’liqligi shundagina muvofiq deb tushuniladiki, bu muvofiqlik ob’ektiv xarakterda bo’ladi va jismoniy madaniyat jarayoniga qonuniy yunalish beradi. Jismoniy madaniyat jarayonida madaniyatning boshqa soxalaridagidek maqsadga yunaltirilgan faoliyat rejalashtirilgan natijaga har doim xam to’g’ri kela olmasligi amaliyotda isbotlangan. Jismoniy madaniyatda madaniyat natijasini yosh sportchi yoki jismoniy madaniyatchi trenirov kasidagi rejalashtirilgan jismoniy mashqlar uning organizmiga kanday ta’sir kilayetganligini xisobga olishni taqazo qiladi: Download 95.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling