Jiyda foydalari haqida


Download 36 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi36 Kb.
#1756918
Bog'liq
Jiyda foydalari haqida


Jiyda foydalari haqida

JIYDA (Elaeagnus L.) — jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Janubiy Evropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada o‘sadigan 40 ga yaqin turi bor.O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonda jiydaning qarg‘ajiyda. (E. angysti-fola; yovvoyi holda o‘sadi), sharq jiydasi (E. orientalis), tikanakli jiyda (E. pungens), kumushsimon jiyda (E. argentea), non jiyda(E. cdulls) turlari o‘sadi. Sh a r q jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumush-rang. Daraxti 8—10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushbo‘y, efir moyli. Mevasi sarg‘ish, mag‘izsiz danakli, eti 31,2—88,7%, unsimon, xushxo‘r. Tarkibida 46—65% qand, 10% oqsil, 1,3% kislota, 200 mg% S vitamini mavjud. Jiydaning mevasi yangiligida yoki quritib iste’mol etiladi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yog‘ochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfyumeriya sanoatida, gulidan efir moy olinadi.

Jiyda qurg‘oqchilikka chidamli, er osti suvlari yuza va sho‘r tuproqlarda ham o‘saveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan ko‘payadi. Ko‘chati o‘tkazilgach, 3—5- yili hosilga kiradi. May—iyun oyida gullaydi, mevasi sentyabr—oktyabrda pishadi. Bir tupi 50 kg gacha hosil beradi. Jiyda60—80 yil yashaydi. Non jiyda mevali daraxt sifatida ekiladi, o‘rta bo‘yli daraxt. Sernam erlarda yaxshi o‘sadi. Serhosil. Mevasi yirik, mazali, qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli. O‘zbekiston o‘rmonchilik ilmiy-tadqiqot institutida uning 20 ga yaqin navi ta’riflangan (Qizil J., Ra’no, Urganch, Xurmoy, Toshkent deserti, Cho‘li qandak, Kizil qandak va boshqalar). Hozirgi davrga kelib sanoat ahamiyatini yo‘qotdi. O‘zbekiston, Tojikiston va k o‘ p g i n a mamlakatlarda ayrimtomorqa bog‘larida ekiladi. Ko‘proq yo‘l yoqalari, kanal bo‘ylari, dala-ihota o‘rmon mintaqalari, tashlandiq erlarga ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi. Oziqaviy quvvati: 34 kKal ni tashkil etadi.


Jiyda mevasini uzoq muddat saqlash mumkin. Pishib etilganida terib olingach, bir necha oydan so‘ng ham o‘zining foydali xususiyatlarini yo‘qotmaydi.

Foydali xususiyatlari

Jiyda tarkibida juda ko‘p foydali moddalar mavjud. Masalan, uning mevasida kaliy moddasi mavjud, bu inson organizmida yurak-qon tomirlari tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘z navbatida insult, infarkt va boshqa muammoli xastaliklari kelib chiqishining oldini oladi. Xushbo‘y moddalar mavjudligi uning biriktiruvchi ta’sirchanligiga asos bo‘ladi.

Jiyda mevasi insonni tinchlantiruvchi ta’sirga ega va uyqu dorilar bilan qo‘shib iste’mol qilinsa, ularning faolligini oshiradi. Bundan tashqari asab tizimi faoliyatini me’yorga keltiradi, va g‘azablanish, asabiylashuvning oldini oladi. Jiyda tinchlantirish faolligi bilan birgalikda salomatlikni mustahkamlaydi.

Pazandalikda ishlatilishi
Uning yangi uzilgan mevasini turli pishiriq-desertlarga qo‘shish mumkin. Bundan tashqari undan murabbo va jemlar tayyorlash mumkin.

Jiyda mevasining foydalari va u bilan davolash


Jiyda mevasi xalq tabobatida keng ishlatiladi. Darmon dorilar tarkibida uning mevasi bilan bir qatorda guli, barglari va novda po‘stloqlari ham ishlatiladi. Masalan, mevasining damlamasidan ovqat hazm qilish muammolarini hal etishda, shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan forig‘ bo‘lish maqsadida g‘arg‘ara qilib og‘izni chayish yo‘li bilan foydalanish mumkin. Barglari revmatizm, podagra va radikulitni davolash jarayonida yaxshi yordam beradi. Barglarini yana jarohat va yaralarga bog‘lab, shamollashni olish va jarohat bitishini tezlashtirishda foydalaniladi.

Bundan tashqari jiyda mevasidan bavosirni davolashda foydalaniladi. Novdasi po‘stlog‘idan tayyorlangan damlama qon ketishini to‘xtatishda yaxshi shifobaxsh vositadir. Mevasining sharbati bezgak va qon bosimini davolash jarayonida iste’mol qilinadi.

Mevasining qaynatmasi nafas yo‘llari, bezgak va shamollash kasalliklarini davolashdayordam beradi. Bundan tashqari, bu qaynatmadan yo‘g‘on ichak, oshqozon va ichak yo‘llarini davolashda yaxshi yordam beradi, shuningdek u ichketarda ham yordam beradi.

Uning gullari va barglaridan ham shifobaxsh damlama tayyorlash mumkin. Bu damlama qon bosimida va yuqori haroratni tushiruvchi tabiiy vositadir. Shuningdek, u yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, kolitdan forig‘ bo‘lishda ijobiy natija beradi.



Jiydaning zarari va nojo‘ya ta’siri

Homilador va emizikli ayollar uni iste’mol qilishdan o‘zlarini tiyishlari tavsiya etiladi.
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling