Жиззах политехника институти «Менежмент» кафедраси


Download 27.8 Kb.
Sana14.06.2020
Hajmi27.8 Kb.
#118692

Жиззах политехника институти

«Менежмент» кафедраси

«Хорижий инвестициялар, Кичик бизнес ва тадбиркорлик» фанидан ЯБ учун вариантлар

Вариант № 23

1.Кичик бизнес ва тадбиркорлик фаолиятининг турлари ва шакллари.

2.Кичик бизнес ва тадбиркорлик фаолиятини ташкил этиш ва бошқариш.

3.Кичик бизнес ва тадбиркорлик субъектларида маркетинг фаолиятини ташкил этиш.

ЯБ вариантлари кафедранинг 28 « 08 » 2019 йилдаги 1 - сонли

йигилиш карори билан тасдикланган.
Кафедра мудири: доц. С. Абдуназаров
1. Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va
yo’nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat,
moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin. Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkorlik faoliyati turlari
nisbatan mustaqil bo’lib, bir-birini to’ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining
barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining
ustuvorligini tan olish kerak.
Ishlab chiqarish omillari. Ma’lumki, ishlab chiqarish omillari ishlab
chiqarish fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari
o’z navbatida asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo’linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) inshootlar, uzatuvchi
moslamalar, quvvatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va jihozlar, o’lchov
uskunalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asbob-uskunalardan iborat. Asosiy ishlab
chiqarish fondlariga tsex zavod va laboratoriya binolari kiradi.


Tijorat tadbirkorligi. Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan
bog’liq.
Tovar birjasi – tovar namunalari haridor tomonidan oldindan ko’zdan
kechirilmagan va tovarlarni minimal partiyasi belgilangan ulgurji tovar
bozorining turi. Tovar birjasida o’zaro kelishilgan va rioya qilingan qoidalar
asosida savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat vositalari va
ularning xizmatchilari o’z xohishlari bilan birlashadi. Ushbu birjaning
maqsadi erkin raqobatning boshqarish mexanizmini tashkil qilish va shu orqali
talab va taklifni hisobga olgan holda haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birjalari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:


- savdo bitimlarni tuzishga vositachilik xizmati ko’rsatadi;

- tovar savdosini tartibga soladi, savdo jarayonlarini boshqaradi va
savdo mojarolarini hal qiladi;


- narxlar to’g’risida, shuningdek ishlab chiqarish va narxlarga ta’sir qiluvchi turli omillar haqida axborotlar yig’adi va e’lon qiladi.

Moliyaviy tadbirkorlik. Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat
ko’rsatuvchi maqom bo’lib xizmat qiladi.


Tijorat banki – aktsiyador turdagi moliyaviy-kredit muassasasi bo’lib,
asosan pul omonatlarini (depozitlarni) qabul qiluvchi va mijoz ko’rsatmasi bilan
boshqa hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli
xizmat ko’rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai depozit (jalb etilgan)
va ssuda mablag’lari o’rtasidagi farqlardan shakllanadi.


Tijorat banklari operatsiyalari passiv (mablag’larni jalb etish), aktiv
(mablag’larni joylashtirish), komission-vositachi (komission to’lovlari bo’lgan
mijozlarning topshiriqlarini bajarish) kabi uch guruhga bo’linadi.


Fond birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond
birjasidir. Kapitalning ko’payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga
qaratilgan qimmatbaho qog’ozlar bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining
faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor tartiblashtirishdan iboratdir.


Maslahat tadbirkorligi. Maslahat xizmatlarining mohiyati va bosqichlari. Ma’lum bir sohada o’z
mutaxassisligi bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. Chet
ellarda boshqaruv bo’yicha pulli maslahat konsalting deb yuritiladi. Iqtisodiyot va
boshqaruv bo’yicha Evropa Federatsiyasi Maslahatchilar Assotsiatsiyasining ta’rificha menejment-konsalting boshqaruv bo’yicha muammo va imkoniyatlarni aniqlash, ularga baho berish, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda xolisona maslahat berish hamda yordam ko’rsatishdir.
Maslahat uslublari. Maslahat uslublari turli xil bo’lishi mumkin.
Maslahatning uch turi – ekspertli, jarayon va o’rgatuvchi maslahatlar keng
qo’llaniladi.

Ekspertli maslahat – konsaltingning eng passiv shaklidir. Maslahatning
bu turida maslahatchi diagnostika, qaror qabul qilish va ularni joriy etishni
mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mijoz esa bunday hollarda maslahatchiga
kerakli axborot etkazib berishi zarur bo’ladi.

Jarayon maslahatida – loyihani ishlab chiqish bosqichlarida konsalting
firma maslahatchilari mijoz bilan faol ish olib borib, yuzaga kelgan
muammolarni hamkorlikda tahlil qiladi va kerakli takliflar beradi.

O’rgatuvchi maslahatida – mutaxassislarning asosiy maqsadi g’oyalarning
yuzaga kelishi, echimlar qabul qilish uchun asos tayyorlashdir.

Tadbirkorlik faoliyatining shakllari O’zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to’g’risida»gi qonuninng 5- moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:

- yakka tartibdagi tadbirkorlik;

- xususiy tadbirkorlik;

- jamoa tadbirkorligi;

- aralash tadbirkorlik.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning
eng oddiy shakli 

Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o’zlarining
tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda)
olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan
tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir


Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning o’zlariga ma’qul
bo’lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini
tashkil qilishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.


2. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish bir necha bosqichdan
iborat. Yangi korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tarkibi belgilanib, ta’sis hujjatlari, ya’ni korxona Nizomi, korxonani tashkil etish haqidagi ta’sischilar shartnomasi va boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Shu bilan bir qatorda korxona rahbari va taftish komissiyasi raisini tayinlash haqida ishtirokchilar majlisining 1-sonli bayonnomasi rasmiylashtiriladi. So’ngra bankda vaqtinchalik hisob raqami ochiladi.

Birja, auditorlik firmalari va chet el sarmoyasiga ega bo’lgan korxonalar esa


O’zbekistan Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tadi.

Korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun ro’yxatdan o’tkazuvchi vakolatli organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- korxonani ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida ta’sischilarning arizasi;

- notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi ta’sis hujjatlari


(korxona Nizomi, korxonaning ta’sis shartnomasi);

- korxona manzilini tasdiqlovchi hujjat;

- davlat bojini to’laganligi to’g’risida bankdan berilgan hujjat;

- hokimiyatning vakolatli organlari tomonidan korxonaning nomlanishi to’g’risida berilgan guvohnoma;

- muhr va tamg’aning uch nusxadagi namunasi.

Korxona mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga zarur hujjatlarni ilova


qilib, ariza topshirgan paytdan boshlab, uzog’i bilan 7 ish kunidan 30 ish kunigacha bo’lgan muddatda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak. Korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi yagona davlat reestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida Davlat statistika qo’mitasiga xabar qilinadi. Korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.

Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani


davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi qaroridan ko’chirma nusxasi,
hokimiyat ro’yxatidan o’tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda
korxonaning ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi davlat orderi
topshiriladi.

Davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat


etilgandan so’ng korxona rahbariyati:

- dumaloq muhr va tamg’aga buyurtma berishi;

- bankda hisobvarag’i ochishi;

- soliq inspektsiyasidan ro’yxatdan o’tkazishi;

- aholini ijtimoiy himoyalash fondidan ro’yxatdan o’tkazishi;

- bandlik markazidan ro’yxatdan o’tkazishi kerak.

Dumaloq muhr va tamg’ani tayyorlatishga buyurtma berishdan oldin
korxona rahbari korxona joylashgan tumandagi ichki ishlar bo’limiga,
korxonaning ro’yxatdan o’tkazilganligi haqidagi hokimiyat qaroridan ko’chirma,
hokimiyat tasdiqlagan ikki nusxadagi muhr va tamg’a chizmalarini taqdim
etishi kerak.

Ichki ishlar bo’limi ruxsatni alohida xat ko’rinishida beradi. Chizmalar


esa kerakli yozuvlar bilan ma’qullanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.

Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish
tadbirkor hal etishi kerak bo’lgan muhim vazifalardan biridir.  Boshqaruv maqsadlarini amalga
oshiruvchi va funktsiyalirni bajaruvchi, bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv
organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
Boshqaruv bo’g’ini – bu boshqaruvning ayrim yoki qator funktsiyalarini
bajaruvchi mustaqil bo’limlardir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar
gorizontal xarakterga ega bo’ladi.

Boshqaruv bosqichi – bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan
bo’g’indir. Masalan:

Vazirlik → birlashma → korxona → tsex → uchastka

Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi


bo’g’inning yuqori bo’g’iniga izchillik bilan bo’ysuni-shini ko’rsatadi. Bu vertikal
bo’yicha bo’linishdir.

Barcha bo’g’in hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o’zaro bo’ysunish


tartibi, har bir boshqaruv organi va bo’g’inining huquq hamda burchlari, ular
o’rtasidagi munosabatlar boshqaruv tizimini tashkil qiladi.
Download 27.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling