O’quvchilar o’rtasida jinoyatchilik va turli salbiy illatlarning oldini olish
Maktabda jinoyatchilikka qarshi profilaktik tadbirlar o’tkaziladi.
Tuman ichki ishlar bo’limi bilan odam savdosiga qarshi kurash va dars jarayonida bemaqsad
yurishning salbiy oqibatlariga bag’ishlangan muloqotlar uyushtiriladi.
“Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusida tanlov o’tkaziladi.
. “Ma’naviy tarbiya – barkamol avlodni shakllantirish omili” mavzuida tadbirlar tashkil etiladi.
. Mahalla profilaktika inspektori bilan hamkorlikda maktabda odam savdosiga qarshi davra suhbati o’tkaziladi.
Maktabda erta turmush qurishning salbiy oqibatlariga bag’ishlangan suhbat o’tkaziladi.
Sababsiz darsga
qatnashmaslikning huquqiy oqibatlari bo’yicha suhbat tashkil etiladi.
Maktabda erta tug’ruqning salbiy oqibatlari to’g’risida targ’ibot tadbirlari o’tkaziladi.
Alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molining ayanchli oqibatlari mavzusida trening o’tkaziladi
Mutaxassislar ishtirokida o’quvchi qizlar o’rtasida salomatlikni mustahkamlash asoslari targ’ib etiladi.
Qiz va o’g’il bolalar uchun reproduktiv salomatlik, sog’lom turmush tarzi, shaxsiy rivojlanish ko’nikmalari bo’yicha trening o’tkaziladi.
O’quvchilar o’rtasida psixologik so’rovnomalar olish asosida “xavf guruhi”ga kirgan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlar tashkil etiladi.
Xulqida og’ish bo’lgan o’quvchilar soni kamaytiriladi.
O’quvchilar davomatining ko’rsatgichi 99% ga yetadi.
408 nafar o’quvchilarning sog’lom turmush tarzi ko’nikmalari mustahkamlanadi.
O’quvchilar o’rtasidagi jinoyatchilikka yo’l qo’yilmaydi.