Qatnashdilar
Download 25.52 Kb.
|
bayonnoma diniy aqidaparastlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialda talabalar o‘rtasida diniy aqidaparastlik, missionerlik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik kabi illatlarning oldini olish
- Yig‘ilish raisi: Kotibi: N.Ro’ziyeva
Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialda talabalar o‘rtasida diniy aqidaparastlik, missionerlik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik kabi illatlarning oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish BAYONNOMASI 11.03.2022. Kattaqo‘rg‘on sh. QATNASHDILAR: SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti dekani Anvar Sobirov Quvondiqovich SamDU Kattqo‘rg‘on filiali yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shomurod Mustafayev Kattaqo‘rg‘on shahr ichki ishlar boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Ikromov Bahrom Aktamovich A.Temur mahallasi proflaktika inspektor Avazov Lazizbek Isroilovich Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Kattaqo‘rg‘on shahar bosh mutaxassis Qodirov Bahodir To‘xtamurodovich Kattaqo‘rg‘on shahar xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha targ‘ibot guruh rahbari, shahar kengashi deputati Sharipova umida Tolibjonova Amur Temur mahallasi raisi Qo‘ziyev Narzulla Dilmurodovich Filial ma‘naviyat bo‘lim boshlig‘i Xusanov Elyor Safariddinovich Filial xotin-qizlar kengashi raisi, Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Ruziyeva Nasiba Kenjayevna fakultet yoshlar bilan ishlash va ma‘naviy ma‘rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Jasur Abduraxmonov Yo‘nalish tyutorlari Husniddin Rashidov va Ramiz Axmedov KUN TARTIBI: Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialda talabalar o‘rtasida diniy aqidaparastlik, missionerlik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik kabi illatlarning oldini olish to‘g‘risida.Ma’ruzachi:Kattaqo‘rg‘on shahr ichki ishlar boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Ikromov Bahrom Aktamovich “Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari” Ma’ruzachi: Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Kattaqo‘rg‘on shahar bosh mutaxassis Qodirov Bahodir To‘xtamurodovich “Kiyinish madaniyati haqidagi hadislar” Ma’ruzachi: Kattaqo‘rg‘on shahar xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha targ‘ibot guruh rahbari, shahar kengashi deputati Sharipova umida Tolibjonova ESHITILDI: Kun tartibidagi masala yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Ikromov Bahrom Aktamovich so‘zga chiqib, 2021 yilning 26 mart kuni qabul qilingan “Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni haqida batafsil to‘xtaldi. Unga ko‘ra aholi osoyishtaligini ta'minlash va mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo'yicha “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizim joriy qilinganligini aytib o‘tib har bir mamlakat fuqarosi faol fuqarolik pozitsiyasida turgan holda ogoh bo‘lishi lozimligi haqida batafsil ma‘lumot berdi. II. ESHITILDI: Kun tartibidagi 2- masala yuzasidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Kattaqo‘rg‘on shahar bosh mutaxassis Qodirov Bahodir To‘xtamurodovich so‘zga chiqib, O’zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridanoq missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlarga olib kelishini hisobga olgan holda bu borada tegishli qonuniy asoslar ishlab chiqildi. Qonunlarda missionerlik harakatlari taqiqlandi.Ma’lumki, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun (yangi tahriri) kishilarning vijdon erkinligini huquqiy kafolatlash bilan birga diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladigan hamda davlat va din munosabatlarini tartibga soladigan muhim hujjat hisoblanadi. Qonunga binoan «Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar» (5-modda, 3-band).Mazkur moddadan kelib chiqib, «O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi»ga noqonuniy diniy xatti-harakatlarning oldini olish bilan bog’liq bir qator moddalar kiritilgan. Jumladan: diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish; diniy yig’ilishlar, ko’cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o’tkazish qoidalarini buzish; O’zbekiston Respublikasida g’ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash; nolegal diniy faoliyat bilan shug’ullanish; diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro’yxatdan o’tkazishdan bosh tortishi; dindorlar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va o’smirlarning maxsus yig’ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo’lmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi to’garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o’tkazish; bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati; maxsus diniy ma’lumoti bo’lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish bilan bog’liq harakatlar sodir etilganda belgilangan eng kam ish haqining tegishli miqdoridagi jarima solinishiga yoki belgilangan muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’lishi haqidagi qoidalar mustahkamlab qo’yilgan-deb batafsil ma’lumot berdi III. ESHITILDI: Kun tartibidagi 3- masala yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha targ‘ibot guruh rahbari, shahar kengashi deputati Sharipova umida Tolibjonova so‘zga chiqib, Kiyinish madaniyati haqidagi hadislar haqida to‘xtalib, qadimda o‘zbek xalqining milliy liboslari haqida ma’lumot berib, bugungi kunda “moda” ketidan quvayotgan ba’zi qizlarimiz hijob haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmay hijobga kirayotganligi haqida batafsil to‘xtaldi Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqib yig‘ilish qaror qiladi: IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Ikromov Bahrom Aktamovichning talabalar o‘rtasida diniy aqidaparastlik, missionerlik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik kabi illatlarning oldini olish bo‘yicha ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin. “Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari”to‘g‘risidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Kattaqo‘rg‘on shahar bosh mutaxassis Qodirov Bahodir To‘xtamurodovichning ma’ruzasi ma’ lumot uchun qabul qilinsin “Kiyinish madaniyati haqidagi hadislar” to‘g‘risida Kattaqo‘rg‘on shahar xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha targ‘ibot guruh rahbari, shahar kengashi deputati Sharipova umida Tolibjonovaning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin Fakultet talabalarining bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish bo`yicha ma`naviy -marifiy, targ`ibot tadbirlarini tashkil etish xotin-qizlar, jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklatilsin. Yig‘ilish raisi: Kotibi: N.Ro’ziyeva Download 25.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling