Jizzali non


Download 32.98 Kb.
bet9/20
Sana24.12.2022
Hajmi32.98 Kb.
#1060126
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
O`zbek milliy taomlari

Bedanali palov

Bedanalarni so'yib, qaynoq suvga botirib olinsa, pati oson yulinadi. Ichini ochib, chavag'ini olib tashlab, issiq suvda yaxshilab yuvib, suvini sirshitgach, tuz, murch va zira bir-biriga qo'shib tuyilgan kombiziravor sepib qo'yasiz. Yog'li qo'y go'shtidan tayyorlangan qiymaga mayin to'g'ralgan bosh piyoz, qirqilgan kashnich, tuz, murch va xom tuxumdan qo'shib mijiysiz. Har bir bedana ichiga ana shu qiymadan to'ldirasiz. Qozonda o'simlik moyini dog'lab, piyozni jazlaysiz va suyakli go'shtni solib qizartirib qovurganingizdan so'ng, sabzini solasiz va 2 3 marta kavlab aralashtirib, ustiga ichi qiyma bilan to'ldirilgan bedanalarni terasiz va masalliqni ko'mib turarli darajada suv quyib, sust olov berib 1 soatcha mildiratib qaynatasiz. Agar suv to'g'rab, hali bedanalar pishmagan bo'lsa qaynok, suvdan qo'shasiz. So'ngra tuzini rostlab, yuvilgan guruchni qatlam qilib solib, keragicha suv quyib, pishirishni oxiriga yetkazasiz. Damlash muddati 20 minut. Dasturxonga tortishda bedanalarni asta ajratib olasiz, palovni yaxshi aralashtirib, laganga suzgach, yuziga har bir xo'randa uchun bir dona bedana hisobida suzib keltirasiz. Masalliq: 1 kg guruch, 200 gr lahim go'sht, 250 gr zig'ir yog'i, 4 5 bosh piyoz, 500 gr sabzi, 6 dona bedana, 12 dona tuxum, tuz va ziravorlar ta`bga ko'ra olinadi.
Ilvasinli (kaklik) palov

Kaklikni so'yib, qaynoq suvga pishib olgach, patlarini yulasiz, ichini ochib, chavag'idan tozalaysiz-da, issiq suvda yuvib, 4 yoki 6 bo'lakka bo'lib, tuz sepib qo'yasiz. Qozonda yog'ni dog'lab, kaklik go'shtini solib qizarguncha qovurasiz va piyoz solasiz, piyoz qizargach, sabzini solib ikki-uch aralashtirganingizdan keyin suv quyib, sust olovda bir soatcha mildiratib qaynatasiz. So'ng ziravorlar sepib, tuzini rostlaysiz-da, yuvib tayyorlangan guruchni solib, odatdagidek damlaysiz. Damlash muddati 25 30 minut. Dasturxonga tortishda kaklik go'shtini ajratib olib, palovni yaxshilab aralashtirasiz, keyin laganga suzib, har bir xo'randaga bir bo'lak kaklik go'shti hisobida palov yuziga terib chiqasiz. Masalliq: 1 kg guruch, 1 dona semiz kaklik, 500 gr sabzi, 250 gr o'simlik yog'i, 3 4 bosh piyoz, tuz va ziravorlar ta`bga ko'ra olinadi.

Download 32.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling