Jizzax davlat pedagogika instituti "pedagogika va psixologiya" yo’nalishi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy psixologiya (mustaqil ish)
Ijtimoiy psixologiya
- kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shaxsning ruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy o'rnatilishini kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Avvallari ijtimoiy psixologiyada voqeiylik falsafiy nuqtai nazardan oʻrganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga umumiy psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, etiologiya, kriminologiya, falsafa kabi fanlar aso s boʻlib xizmat qilgan. 19-asrning 2-yarmida ijtimoiy psixologiyani fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boshlangan. Jahon jamoatchiligi tomonidan ijtimoiy psixologiya 1908-yildan fan sifatida tan olingan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda AQSH va boshqa Mustaqil ish Murodova Nodira 15 mamlakatlarda psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazila boshlandi. Ayniqsa, AQShda Kotorning oʻtkazgan tajribasi, E.Meyoning izlanishlari ijtimoiy psixologiya tarixida muhim rol oʻynadi. Bu tadqiqotlarga kichik guruhlar asosiy o bʼyekt qilib olingan tajribalar oʻtkazilgan. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va guruhiy oʻzaro taʼsir, guruhlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy holatlar v a harakatlar, ijtimoiy va milliy ong, mentalitet, milliy qiyofa, harakter, taʼb, anʼana, odat, marosim va boshqalarni tekshiradi. Ijtimoiy psixologiya bir necha sohalarni oʻz ichiga qamrab oladi: etnopsixologiya, din psixologiyasi, oila psixologiyasi, boshqaruv (menejment) va marketing psixologiyasi, kichik va katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, reklama psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok kilish psixologiyasi, amaliy ijtimoiy psixologiya kabilar. Oʻzbekistonda ijtimoiy psixologiya yoʻnalishidagi tadqiqotlar asosan mustaqillik davrida yoʻlga qoʻyila boshlandi. Bu ishlar zaminida ijtimoiy psixologiya sohalaridan biri — "Oila psixologiyasi" ilmiy maktabi vujudga keldi. Oʻzbek oilasining ijtimoiy, psixologik, etnopsixologik xususiyatlari haqidagi maʼlumotlarni oʻzida mujassamlashtirgan "Oila psixologiyasi" darsligi yaratildi. Mamlakatda Respublika "Oila psixologiyasi" ilmiy-amaliy markazi faoliyat ko'rsata boshladi. TEST 1. Ta’lim jarayoni nimalar bilan izohlanadi? ta’lim jarayoni o`rganish xususiyati - o`rgatish, o`rganib olish - uni hayotga tadbiq etish - barcha javoblar to`g`ri 2.Guruhlar va ularning psixologik xususiyatlari, shuningdek, guruhlardagi shaxslarning xulqi va faoliyati qonuniyatlarini……. - Differensial psixologiya o`rganadi - Umumiy psixologiya o`rganadi Mustaqil ish Murodova Nodira 16 - Maxsus psixologiya va psixofiziologiya fanlari o`rganadi Ijtimoiy psixologiya o`rganadi 3. Yosh davrlar va pedagogik psixologiyaning asosiy muammosi – bu ... Bolaning psixik rivojlanishidir - Xulqning buzilishidir - Perversiyalardir - Bola shaxsining shakllanishidir 4. Psixologiyaning asosiy kategoriyalari to`g`ri berilgan qatorni ko`rsating Ong, shaxs, muomala, faoliyat, motivatsiya - Xotira, tafakkur, tasavvur, nutq, hayol, idrok, ong - Temperament, xarakter, qobiliyat, nutq, ish uslubi, hayol - Xarakter, qobiliyat, nutq, ish uslubi, hayol 5. Kichik maktab yoshi to`g`ri berilgan qatorni ko`rsating - 5-8 yoshdan 11-14 yoshgacha - 6-7 yoshdan 12-14 yoshgacha - 5-8 yoshdan 11-13 yoshgacha 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha 6.O`smirlik davri jinsga ko`ra qaysi yoshlarni qamrab oladi? Erkaklarda: 13-16 – ayollarda: 12-15 - Erkaklarda: 18-20 – ayollarda: 13-17 - Erkaklarda: 13-15 – ayollarda: 14-15 - Erkaklarda: 13-18 – ayollarda: 12-17 7. Qobiliyat – bu ... Odamlarning faoliyati orqali orttirilgan individual psixologik xusuiyati - O`yin faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishdir va shakllantirishdir - Ijtimoiy faollik manbaidir Mustaqil ish Murodova Nodira 17 - Ehtiyojlarni qondirib borish jarayonidir 8. O`quvchi intellekti – bu ... - O`quvchining sezgirligidir - O`quvchining ta`limdagi muvaffaqiyatidir O`quvchining aqliy salohiyatidir - O`quvchining xulqidir 9. Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat yo`nalishlari to`g`ri berilgan qatorni ko`rsating - Psixodiagnostika, profilaktika, korreksiya, konsultatsiya, interpretatsiya - Psixodiagnostika, profilaktika, korreksiya, konsultatsiya, xayol Psixodiagnostika, profilaktika, korreksiya, konsultatsiya, maorif va tashviqot - Kuzatish, suhbat, test, eksperiment, anketa, interpretatsiya; 10. Shaxslararo munosabatlar bu - Odamlar o’rtasida faoliyat va guruhlardagi muloqot jarayonida kelib chiqadigan munosabatlardir; - Rahbar va unga bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatdir; - Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosabatdir; - Faoliyat jarayonida shaxslar o’rta sidagi dialog jarayonidir; Mustaqil ish Murodova Nodira Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling