Elektroliz qonunlari.
Elektrolizga doir mikdoriy qonunlar ingliz olimi M. Faradey tomonidan kashf etilgan.
Faradeyning birinchi qonuni. Elektroliz protsessida elektrodlarda ajralib chikadigan modda mikdori elektrolitdan utgan elektr mikdoriga tugri proportsionaldir:
bu yerda; m-modda mikdori, k–proportsionallik koeffitsienti (uni moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti ham deyiladi va u elektrolitdan bir sekundda bir amper tok kuchi yoki bir kulon elektr o`tganda ajralib chiqqan modda miqdorini ko`rsatadi). Q-elektrolitdan o`tgan elektr miqdori (kulon hisobida).
Faradeyning ikkinchi qonuni. Turli kimyoviy birikmalardan bir xil mikdorda elektr toki o`tganida elektrodlarda ekvivalent miqdorda modda ajralib chiqadi yoki bir ekvivalent istalgan modda ajralib chiqishi uchun elektrolitdan 96 500 kulon elektr toki o`tkazish kerak:
1-2- qonunlarning matematik ifodasi quyidagicha yoziladi.
bu yerda: m-qaytarilgan yoki oksidlangan modda miqdori, E-moddaning ekvivalenti, Q-elektr miqdori o`rniga J×t qo`yilsa:
kelib chiqadi. Bu yerda: J-tok kuchi, t-tok o`tish vaqti (sekundda).
Faradey qonunlarini bilgan holda quyidagilarni hisoblash mumkin:
a) elektr miqdori ajratib chiqaradigan modda mikdorini;
b) ajralib chiqqan modda miqdoriga va tokni elektrolitdan utish vaqtiga qarab tok kuchini.
Do'stlaringiz bilan baham: |