Jizzax davlat pedagogika instituti
Elektroliz. Elektroliz qonunlari
Download 1.16 Mb.
|
8629 Elektrokimyo qo`lllanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) eriydigan
Elektroliz. Elektroliz qonunlari.
Elektroliz-bu elektr ta`sirida elektrolit eritmalarda yoki suyuqlanmalarda boradigan oksidlanish-qaytarilish protsessidir. Elektrolizni amalga oshirish uchun o`zgarmas tok manbaidan foydalinadi. Elektrodlar ikki xil bo`ladi :
Eruvchan anod elektroddan foydalanib toza metall olinadi. Bunda elektroliz protsessi tozalanayotgan metall tuzining eritmasida olib borilishi kerak. Sanoatda tuzlarning eritmalarini elektroliz qilib mis, rux, kadmiy, nikel, kobalt, marganets va boshka metallar olinadi. Bu metod yordamida bir metall boshka metall bilan koplanadi. Bu metod galvanostegiya deyiladi. Katod elektrodda elektrolitning musbat zaryadlangan ionlari elektron qabul qilib zaryadsizlanadi. Qaysi ion oldin zaryadsizlanishi metall kuchlanishlar katorida vodorodga nisbatan joylanishiga, uning kontsentratsiyaga va ayrim hollarda elektrod potentsialiga bogliq bo`ladi. Bir xil sharoitda noaktiv metallar ionlari, ya`ni kuchlanishlar qatorida vodoroddan keyin (ungda) joylashgan metall oson zaryadsizlanadi, ba`zan chapdagi metall ionlari oson zaryad-sizlanadi.suvdagi eritmalarda kuchlanishlar qatoridagi alyuminiygacha bo`lgan aktiv metallar ionga kaytarilmaydi. Anodda elektrolit anionlariadn fakat kislorodsiz kislota qoldiqlari : Cl-, Br-, J-, F-, S2-, Cn- va xokazolar zaryadsizlanadi. Kislorodli kislota qoldiqlari (NO-3, SO2-4, PO3-4, CO2-3, CH3COO- va xokazo) urniga suvning OH- ionlari zaryadsizlanadi. Masalan, osh tuzi eritmasi elektroliz kilinganida katodda vodorod, anodda xlor ajralib chiqadi. Kaliy sulfat eritmasi elektroliz qilinganda esa katodda vodorod, anodda kislorod ajralib chikadi. Dissotsilanish sxemasi kuyidagi: K2SO4=2K++SO2-4 H2ON++ON- tartibda yoziladi. Elektroliz sxemasi quyidagicha bo`ladi: Katodda 2N++2e-N2 qaytarilish protsessi muhit ishqoriy Anodda 4ON—-4e-O2+2N2O oksidlanish protsessi muhit kislotali Keltirilgan misollardan kuo`rinib turibdiki, katodda ishqoriy metallar ionlari qaytarilmasdan ularning urniga suvning vodorod ionlari qaytariladi. Agar anodda kislorodli kislota koldigi bo`lsa, anod elektrodda xam suvning o`zi elektron berib oksidlanadi. Agarda tuz kuchlanishlar katorida alyuminiydan keyinda turgan metalldan tarkib topgan bulsa, u holda katodda shu metallning ioni va juda oz miqdorda vodorod ioni qaytariladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling