Mavzu: Absorbsiya jarayonida 1-absorberning ab-1 moddiy balansini tuzish


Download 189.77 Kb.
bet1/3
Sana14.10.2023
Hajmi189.77 Kb.
#1703239
  1   2   3
Bog'liq
amaliy mash otabek


Mavzu: Absorbsiya jarayonida 1-absorberning AB-1 moddiy balansini tuzish

Soda ishlab chikarishida ammiak HCO3- ionlarini NH4HCO3 va xlor ionlarini NH4Cl moddalar shaklida bog‘laydi:


NaCl+NH4HCO3⇄NaHCO3+NH4Cl
Ammiak tayyor mahsulotning tarkibiga kirmaydi va ammoniyxlorid regeneratsiya bo‘lganidan keyin ammoniylash jarayoniga qaytariladi. Ammiakning asosiy qismi (460 kg/t sodaga) distillyasiya bo‘limidan keladi. Ammiakning qolgan qismi (75 kg/t) karbonizatsiya bo‘limi va 4 kg/t barabanli vakkum – filtr havosi bilan keladi. Bu gazlar tarkibida ammiakdan tashqari uglerod dioksid va suv buglari mavjud. Masalan, distillyasiya gazlari bilan 1 t sodaga 260 kg SO2 va 140 g suv bug‘lari kelib tushadi, karbonizatsiya gazlari bilan 70 kg SO2 va 40 kg suv bug‘lari kelib tushadi.
Ammiak suvda issiqlik ajralib chiqishi bilan eriydi:
NH3g+H2Os⇄NH4OHe+35,2 kDj
Gidratlangan va gidratlanmagan ammiaklar orasida muvozanat o‘rnatiladi:
NH3e+H2Os⇄NH4OHe
Ikkinchi tomonidan erigan gidratlanmagan uglerod dioksid gidratlanmagan erigan ammiak bilan reaksiyaga kirishadi va ammoniy karbamat hosil bo‘ladi:
CO2e+2NH3e⇄NH2COONH4e
Bu reaksiya quyidagi pog‘onalar orqali amalga oshadi:
NH3+CO2⇄NH2COO-+H+
NH3+H+⇄NH4+
Hosil bo‘lgan ammoniy karbamat gidrolizga uchraydi:
NH2COONH4e+H2Oc⇄NH4NCO3e+NH3e
Ammoniylash jarayonida gaz fazadagi ammiakning muvozanatli bosimini quyidagi E.YA. Turxanning tenglamasi bo‘yicha aniqlash mumkin:

N-titrlanayotgan ammiakning konsentratsiyasi;
T-temperatura;
K, n va c – eritmadagi CO2 ning miqdoriga bog‘liq koeffitsientlar. Namokob bilan NH3 va CO2 gazlar yutilishi murakkab sorbsion jarayonlar qatorida turadi.
Ammiak yaxshi eriydigan gaz, uning absorbsiya tezligi yuqori bo‘lib, gaz qoplamasini diffuzion qarshiligi bilan aniqlanadi.
Uglerod dioksid yaxshi erimaydigan gaz, uning absorbsiya tezligi kam bo‘lib, suyuq qoplamasi qarshiligi bilan aniqlanadi. Ammiak borligida CO2 gaz yutilishi qaytar kimyoviy reaksiya paydo bo‘lgani uchun murakkablashadi. Bundan tashqari, ammiak borligida CO2 ning muvozanatli bosimi kamayadi.
Ammiak va uglerod dioksididan tashqari absorbsiya jarayoniga suv bug‘lari ham kelib tushadi. Suv bugining muvozanatli bosimini A.G.Belopolskiy tenglamasi bo‘yicha aniqlash mumkin:

R0-toza suv ustidagi suv buglarining bosimi;
[NaCl], [NH3], [CO2]-tegishli komponentlarning konsentratsiyalari.
Ammoniylash natijasida suv buglarining ko‘p qismi kondensatlanadi va buning hisobiga namokobning hajmi 3-4% ga oshadi.
Bu, o‘z navbatida, NaCl konsentratsiyasini kamayishiga olib keladi. NaCl konsentratsiyasini ko‘p kamaytirmaslik va absorberga issiqlik yuklamasini kamaytirish uchun gazlar absorberga berilishdan oldin sovutgichda (XGDS) sovutiladi. Ammo lekin, temperatura 550C dan kam bo‘lgan holda NH3, CO2 va N2O lar reaksiyaga kirishib, qattiq tuzlar hosil qilishlari mumkin. Bu tuzlar devorlarga cho‘kib, quvurlar va sovutgichning tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin.
Ishlab chiqarish sharoitida distillyasiya jarayonini o‘tkazishda sovutgichdan chiqayotgan gazning bosimi 93,1 kPa tashkil qiladi. Demak, gazning sovutish chegaraviy temperaturasi 520C tashkil etadi. Ishlab chiqarish sharoitida texnologik rejim tebranishi mumkin va shuning uchun temperatura 550C dan kam bo‘lmaydi. Odatda 600C temperatura ushlanadi. Karbonizatsiya bo‘limi talablariga ko‘ra ammoniylashgan namokobdagi ammiakning konsentratsiyasi belgilanadi. Bu konsentratsiya quyidagi nisbatga javob berishi kerak.
NH3:NaCl=1,1-1,15
Agarda tozalangan nmokobda NaCl konsentratsiyasi 106 n.d. tashkil etsa, distillyasiya gazlarining suv buglari kondensatsiyalanishi va suyuq faza zichligi kamayishi hisobiga ushbu konsentratsiya ammoniylashgan namokobda 88-90 n.b. ga kamayadi. Demak NH3:NaCl=1,1-1,15 bo‘lgan holda ammoniylashgan namokobda ammiakning konsentratsiyasi 101-104 n.b. bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish sharoitida ushbu konsentratsiya 100-106 n.b. tashkil etadi.

Download 189.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling