Jizzax davlat pedagogika instituti


Diffuziyon va elektrokimyoviy o’ta kuchlanish


Download 1.16 Mb.
bet39/73
Sana05.01.2022
Hajmi1.16 Mb.
#225623
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
Bog'liq
8629 Elektrokimyo qo`lllanma

Diffuziyon va elektrokimyoviy o’ta kuchlanish. U yoki boshqa bosqichning qiyin borishi bilan bog`liq bo`lgan elektrod qutblanish o`ta kuchlanish deb ataladi. U diffuzion,o`tish va kimyoviy o`ta kuchlanishlarga bo`linadi. Diffuzion va kimyoviy kuchlanishlarni konsentratsion o`ta kuchlanish deb ataladi.

k=g+p

Agar elektrod jarayonning diffuziya va kimyoviy bosqichlari tezliklari potensialga bog`liq bo`lmasa, unda o`tish bosqichi tezligi potensialga bog`liqdir.

Potensialni tok kuchiga funksianal bog’liqligini - polyarizatsiya xarakteristikasi deyiladi. Elektirokimyoviy kinetikaning vazifasi polyarizatsion bog’lanish bo’ysunadigan umumiy qonuniyatlarni belgilash va asosiy elektrod jarayonlarini ongli boshqarishdan iborat. Bu vazifa juda muhim, chunki berilgan tokda qutblanishni pasaytirish, elektirokimyoviy tezliklarni foydali ish koeffisientini keskin oshirishga imkon beradi.



Reaksiyaga kirishuvchi moddalar bo’lgan eritma hajmining barcha nuqtalarida boradigan gomogen kimyoviy reaksiyalardan farqli o’laroq elektrokimyoviy reaksiyalar elektrod va eritmaning sirt chegaralarida boradi, ya’ni geterogen reaksiya hisoblanadi. Bundan ma’lum bo’ladiki, hohlagan elektrod jarayoni bir qator ketma-ket bosqichlardan tashkil topadi. Avval o’zaro ta’sirlashuvchi moddalar elektrod yuzasiga kelishi, so’ng elektronlar yoki ionlarni fazalar sirti chegarasidan olib o’tish bilan bog’liq elektrokimyoviy bosqich yuz berishi (zaryadsizlanish-ionlanish bosqichi) va nihoyat reaksiyada hosil bo’lgan mahsulotlar elektrod yuzasidan ketishi va reaksiyaga kirishuvchi moddalarning yangi bo’laklari uchun joy bo`shatishi kerak. Birinchi va uchinchi bosqichlar bir xil qonuniyatlarga ega bo’lib, massa tashish bosqichlari deb ataladi. Massa tashish bu zaryadsizlanish-ionlanish bosqichlari hamda elektrod jarayonlarida ishtirok etadi. Ko`pincha elektrod jarayonlari eritma hajmida yoki elektrod yuzasida boradigan kimyoviy reaksiyalar bilan qiyinlashadi, bu reaksiyalarda dastlabki olingan moddalar yoki elektrokimyoviy reaksiya mahsulotlari ishtirok etishi mumkin.


A modda O moddaga aylanishi elektrokimyoviy reaksiya boradigan kimyoviy reaksiya, R moddani B moddaga aylanish bosqichi elektrokimyoviy reaksiyadan keyingi kimyoviy reaksiya hisoblanadi. Elektrod jarayonlari ko`pincha yangi fazani hosil bo`lishi bilan qiyinlashadi.

Agar elektrod yuzasi o’zaro ta’sirlashuvchi zarrachalar bilan bir xil zaryadga ega bo’lsa, unda qo’sh elektr qavatning elektr maydoni bu zarrachalarni adsorbsiyalanishiga qarshilik qiladi va reaksiyaga kirishuvchi zarrrachalarni qo’sh elektr qavatiga kirish bosqichini ham albatta hisobga olish kerak bo’ladi.

Bir qator ketma-ket bosqichlardan iborat jarayonning tezligi juda sekin boradigan bosqich tezligi bilan aniqlanadi. Elektrod jarayoninging umumiy tezligi juda sekin boradigan bosqich tezligi bilan belgilanadi, umumiy qutblanish EEsekin bo`ladi.

Juda sekin boradigan bosqichni aniqlash uchun, tekshirilayotgan elektrod jarayonining qonuniyatlarini har xil bosqichlarga xos bo`lgan qonuniyatlar bilan solishtiriladi. Bunda qutblanishni o`lchash uchun uch elektrodli elektrokimyoviy yacheykadan foydalaniladi (solishtirish elektrodi, katod, elektrod anod), bu ayrim gal’vanik potensialni o`lchashga yordam beradi. Elektrod jarayoni tezligini elektr tokini belgilab oluvchiasboslar yordamida o`lchanadi. Sekin boradigan bosqich aniqlangach, elektrod jarayonlarni mutanosib ravishda o`zgartirish yo`li bilan tezligini kerakli yo`nalishda o`zgartirish mumkin bo`ladi.

Shunday qilib, elektrokimyoviy jarayonlar tezligini boshqarish uchun, asosiy hal qiluvchi bosqichni aniqlash va bu bosqich bo’ysunadigan qonuniyatlarni bilish lozim.


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling