Jizzax davlat pedagogika instituti
Download 384 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik maktab yoshidagi oquvchilar talimi jarayonida psixologik treninglarning ahamiyati
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI BOSHLANG’ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI FAKULTETI UMUMIY PSIXOLOGIYA KAFEDRASI “Himoya qilishga ruxsat beraman”
_______________dots. M.Rabbimov
“____” __________________ 2013 y. 5141700 – Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
mavzusida bajarilgan B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I Bajaruvchi: Eshonqulov Zokir Yusupovich
katta o’qituvchi, Sh.E.Yuldashev Ishni himoyaga tavsiya etaman katta o’qituvchi, Sh.E.Yuldashev ___________
(ilmiy rahbar ismi va sharifi) (imzo)
BMI “Umumiy psixologiya” kafedrasi ___ sonli yig’ilish qarori bilan ( ____, __________ 2013 y) himoyaga tavsiya etilgan.
___________ (Ismi va sharifi)
(imzo)
JIZZAX 2013
2 MUNDARIJA KIRISH I BOB. PSIXOLOGIK TRENINGLAR VA UNING SHAXS SHAKLLANISHIDAGI ROLI. 1.1. Ta’lim jarayonida trening tushunchasi, rivojlanish tarixi va psixologik trening tamoyillari.
1.2. Ta’lim jarayonida trening
psixogimnastikasi va
qonunlari.
1.3. Kichik maktab o’quvchilarida trening qonunlari bo’yicha guruh ishlari faoliyati.
II BOB. KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA PSIXOLOGIK TRENINGLARDAN FOYDALANISH 2.1. Boshqaruv faoliyati va ta’limda pedagogik-psixologik muomala jarayoni.
2.2. Kichik maktab o’quvchilarida o’yin metodlari va ularning ijtimoiy psixologik xususiyatlari.
2.3. Kichik maktab o’quvchilari bilan o’tkaziladigan trening mashg’ulotlari mazmuni
UMUMIY XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
3 “Ta’lim-tarbiya jarayonining bugungi kundagi asosiy talablaridan biri erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga ega bo’lgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir” I.A.Karimov KIRISH Mustaqil O'zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g'oyasi Respublika Konstitutsiyasida e'tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy, davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek ijtimoiy - iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko'tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o'rin egallashga yo`naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu asosda mamlakat taraqqiyoti taqdirini ma`naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi. Ma'naviyat shaxsda olamni bilish, o`zini o`zi anglash, hayot ma'nosini tushunish va turmushda o`z o`rnini topish tariqasida namoyon bo`ladi. Shaxs hayot muommalari yuzasidan qay yo`sinda mulohaza yuritgan bo`lsa, ularning yechimini topishga uzluksiz ravishda intilsa, xuddi shu myezonlar bilan insonning ma'naviyati o`lchanadi. Umumbashariy manfaatdan nisbiy mustaqillikka ega bo`lgan insonning bilish faoliyati ijtimoiy ma'qullanish, quvvatlash tufayli ma'naviyatning muhim omiliga aylanadi. Hayot kyechirish sharoitining o`zgarishiga binoan ma'naviyatning yangi myezonlari, uni o`zlashtirishning oqilona shakllari insoniyat tomonidan rivojlantiriladi. Ma'naviyatning ma'rifiy jabhalarini shahsiyatparast kishilar ruhiyatidagi illatlarni batamom yo`qotishga yo`naltirish ham jismonan, ham ruhan sog`lom insonlarni tarbiyalashga kyeng shart-sharoitlar yaratadi. Ma'naviyatni jamiyatimizning har bir a'zosi tushunib yetishi uchun turli vositalar yordami bilan uning barcha qirralarini yoritib borish maqsadga muvofiqdir.
4 Muammoning dolzarbligi. Psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro munosabati va yoshlarimizning psixologik xususiyatlarini shakllantirish bevosita ularga ta’sir jarayonlarida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlarning asosiylaridan biri, bu ularning ijtimoiy munosabatlarida va shaxslararo munosabatlarida o’z aksini topadi. Ushbu mavzuning dolzarbligi yosh avlodning tarbiyasi, barkomol avlodni shakllantirish bilan uyg’undir. Bakomol yoshlarni tarbiyalash, ularning mamlakatda ijtimoiy iqtisodiy yo’nalishda o’tkazilayotgan islohatlardagi faol ishtirokiga qaratilgandir. Bu strategik masala maktab yoshidagi bolalarning o’qib o’rganishlarini yanada takomillashtirshni talab qiladi. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilish natijasida ta’lim jarayonida tub o’zgarishlar ro’y berdi. Ta’limning barcha jabhalarida yangi pedagogik texnologiyalar joriy qilindi. Shuningdek ushbu ilmiy muammoning dolzarbligi ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanilayotgan psixologik treninglarni o’quv jarayoniga joriy qilish kabi psixologik muammolarni chuqur ilmiy tahlil qilishni ham talab qiladi. Ta’kidlash lozimki, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning bilish jarayonlarini rivojlantirish va shu asosda shaxs sifatlarini yuksaltirish eng dolzarb muammolardan biridir. Ko’p yillik kuzatishlar va pedagogik tajribalar, ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, maktab o’quvchilari shaxs sifatlari darajasinining pastligi yoki ularda ma’lum o’quv malakalarining rivojlanmaganligi, past o’zlashtirishga, uning kasbga, ilmga qiziqishining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ularning rivojlanish darajasini, ularda mavjud o’quv malakalarini o’rganish, kamchiliklarni tuzatish, maxsus o’quv va mehnat malakalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan ishlar o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi. Hozirgi vaqtda pedagog va psixolog mutaxassislar oldidagi asosiy vazifalardan biri ta’lim jarayonining rivojlanishi barobarida o’quvchi-yoshlarni
5 psixologik treninglar asosida shakllantirib borish va ularning bilimlarini oshirish uchun ulardan samarali foydalanishdir. Treningning asosiy vazifasi shaxs xulqidagi salbiy xislatlarni bartaraf etib, ijobiy xislatlarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari psixologik treninglar o’quvchi bilimini rivojlantirish uchun ham asos bo’lib xizmat qiladi. Shu o’rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning bir gapini eslab o’tish o’rinlidir “....shu nuqtai nazardan qaraganda, jamiyatni modernizasyalash davrida jamiyat a’zolarining o’z salohiyati va iste’dodini ro’yobga chiqarishi uchun ularga birinchi galda teng imkoniyat va erkinlik muhitini, ham qonuniy, ham amaliy shart sharoitlarni yaratib berish zarur” 1 . Prezidentimizning ushbu metodologik ahamiyatga ega bo’lgan tavsiya ham bitiruv malakaviy ish mavzusining
dolzarbligidan dalolat beradi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Ta’lim jarayonida psixologik treninglardan foydalanish qonun-qoidalari haqidagi nazariyalar tahlili va kichik maktab yoshdagi o’quvchilarda trening mashg’ulotlari asosida muomala madaniyatini va bilim darajalarini rivojlantirish usullarini ko’rsatib berish. Tadqiqotning obyekti: Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning trening mashg’ulotlari asosida psixik rivojlanishi va ta’lim jarayonida o’quv faoliyatining psixologik mohiyati va psixologik xususiyatlarini mustaqil tadqiqot sifatida bitiriuv malakaviy ish shaklida o’rganish. Tadqiqotning predmeti: Ta’limning psixologik jarayon ekanligi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar kamolotida treninglardan foydalanish masalalarining mustaqil tahlili.
Ψ psixologik treninglarning nazariy va amaliy ahamiyatini tahlil qilish; Ψ shaxs shakllanishi va rivojlanishida psixologik treninglarning asosiy mezonlarini o’rganish;
1
Каримов И.А. Юксак маънавият -енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, Б.68.
6 Ψ Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarida trening qonunlari bo’yicha guruhiy ishlash faoliyatini tashkillashtirish; Ψ Treningda boshqaruv faoliyati va ta’limda pedagogik-psixologik muomala jarayonini tahlil etish; Ψ Kichik maktab o’quvchilarida o’yin metodlarini qo’llash usullarini tahlil etish va ularning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini ochib berish Ψ Kichik maktab o’quvchilari bilan o’tkaziladigan trening mashg’ulotlarining mazmunini o’rganib chiqish.
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, farmonlari, qarorlari, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar mahkamasining pedagogik ta’limga doir qarorlari, O’zbekiston Respublikasida amal qiladigan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimining nazariy asoslari, qonuniyat va tamoyillari, o’ziga xos yo’nalishlari ta’lim-tarbiya jarayonining shakllanishi, psixologiya fani taraqqiyoti bosqichlarini o’rgatuvchi psixologik fanlar bo’yicha to’plangan materiallar, psixologiya fani xuloslarini mujassamlashtirgan ilmiy manbalar, psixologiya yo’nalishidagi monografik asarlari, zamonaviy ta’lim-tarbiya vositalari va psixologik metodlarini o’z ichiga olgan ilmiy manbalar tashkil qiladi. Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi; mavzuning ilmiy psixologik ilmiy manbalar asosida muallif tomonidan mustaqil o’rganilganligi, mavzu dorasida ushbu dolzarb psixologik muommoning tahlil qilinganligi, bitiruv malakaviy ishning xulosa va tavsiyalaridan, muallifning shaxsiy mulohozalaridan psixologlar, maktab o’qituvchilari tomonidan talabalar, o’quvchilar orasida olib boriladigan psixologik yo’nalishdagi tadbirlarda, foydalanish mumkinligi tashkil qiladi.
Jizzax shahridagi Furqat nomli 14-sonli umumta’lim maktabida olib borildi, bitiruv malakaviy ish muallifi tomonidan amaliyot davomida o’quvchilar orasida olib borilgan suhbatlar, tarbiyaviy yo’nalishdagi tadbirlarda foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishning qisqacha mazmuni.
7 Ishning birinchi bobi “Psixologik treninglar va uning shaxs shakllanishidagi roli” deb nomlangan bo’lib, unda psixologik trening tushunchasi, ta’lim jarayonida treninglarni qo’llash tamoyillari, qonun qoidalari va guruh faoliyatida amalga oshirishning nazariy asoslari ko’rsatib o’tilgan. Ishning “Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda psixologik treninglardan foydalanish deb nomlangan” ikkinchi bobida aynan psixologik treninglarning shaxs muomala jarayonidagi ahamiyati, treninglarni olib borish qonun-qoidalari hamda usullari bayon etilgan. Bundan tashqari ushbu bobda kichik maktab yoshi o’quvchilarida trening asosida o’yin metodlari va treninglarning mazmuni ham ko’rsatib o’tilgan. Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, olti paragraf, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’ yxatidan topgan.
8 I BOB. PSIXOLOGIK TRENINGLAR VA UNING SHAXS SHAKLLANISHIDAGI ROLI. 1.1. Ta’lim jarayonida trening tushunchasi, rivojlanish tarixi va psixologik trening tamoyillari. Davlat va jamiyat tomonidan yoshlarning, ta’lim muassasalari mutaxassislari hamda ota-onalarning oldiga qo’yilayotgan vazifalar bevosita psixologiya sohasida yaratilayotgan turli psixodiagnostik metodlar (trening, diagnostika, psixoterapevtik suhbatlar, intervyu, anketa usuli, test usuli)yordamida amalga oshiriladi. Psixologiya sohasi keyingi 10 yillar mobaynida anchagina rivojlandi. Shuningdek, psixologiya sohasining alohida yo’nalishlari sifatida trening tarmog’i ham rivojlandi. Fan sifatida rivojlanayotgan trening o’tkazish metodikasi mazmun jihatdan aynan treninglarni qanday tartibda tashkil etilishi va o’tkazilishi borasidagi masalalarni yoritishga bag’ishlanadi. Psixolog N.Yu.Xrya щyeva 1982 yil LDU ning ijtimoiy-psixologiya kafedrasida asistent bo’lib ishlash davrida, guruhlarda ijtimoiy-psixologik treninglarni o’tkazish bo’yicha Leypsiklik mutaxassislar professor Manfred Forverga va uning turmush o’rtog’i Traudl Albergga shogird bo’lib o’tgan. Vaqt o’tgach ijtimoiy-psixologik treninglar o’tkazish bo’yicha Bird o’z tajribasini psixologlarga o’rgata boshladi. Bu psixologlar treningni o’z psixologik faoliyatlari davomida muhim deb hisoblashardi. U aytib berayotgan perspektiv-yo’naltiruvchi treninglar, senzitivlik treninglari L.A.Petrovskaya va Yu.N.Yemelyanovlar uchrashuvlaridagi tajribalardan farq qilar edi. Ular o’tkazadigan treninglar eng avvalo ishlab chiqarish, maktab, sog’liqni saqlash, tibbiyot tashkilotlari, davlat boshqaruvidagi rahbarlar, majburiy boshqaruv uyushmalari, korxona tashkilotlari xodimlarining kompetentligini oshirish maqsadida yo’naltirilgan treninglardir. Keyinchalik asta-sekin boshqa ko’plab kasb egalari bilan trening o’tkazish tajribasi yig’ila boshladi. Trening sohasi mutaxassislarining metodik tayyorgarligi borgan sari rivojlanib bordi. Ular ko’plab seminarlarga bora boshlashdi va boshqa
9 trenerlarning yondashuvlarini ham o’rganib chiqib, o’zlarining tizimlashgan trening dasturlarini ishlab chiqishdi. 1990 yilda ular S.I.Makmanov bilan birgalikda kreativlik treninglari dasturini ishlab chiqishni boshladi. Bu vaktda S.I.Makmanov treningning asosi bo’lmish nazariy va metodik ishlanmasi bilan shug’ullanayotgan va bu metodlar barcha soha mutaxassislarida qo’llanilganda muvaffaqiyatga erishishini bilardi (1998 yil jahonga uning “Trening psixologiyasi” monografiyasi chiqdi). Biroz o’tgach ular o’ziga ishonch treningini o’tkazish dasturini ishlab chiqishdi. S.I.Makmanov treningda kam uchraydigan o’zaro ta’sirlar, komanda va boshqalarning shakllanishi muharriri bo’lib qoldi. Ye.Sidorenko juda noyob trening dasturi muharriri bo’lib, bu trening shaxsga ta’sir etish va begona fikrlarga nisbatan, ta’sirlarga nisbatan qarshilik ko’rsatish ta’sirini o’rgatar edi. Bu trening dasturlari yangi trening dasturlarini yaratishdagi bir yo’nalish bo’lib, ular Trening instituti trener va konsultantlari bilan birgalikda o’tkazilar edi. Eng asosiysi esa, Trening instituti 1993 yil mart oyida tashkil topgan bo’lib, uning tashkil etilishi asosidagi fikrlar bu tashkilot bilan birgalikda rivojlanar va asosiylari uning tashkilotchilari tomonidan boshidayoq anglab yetilgan va shakllantirilgan edi. Ular qilib bo’lmaydigan ishni qilishga urinishdan, birovlarga nimanidir o’rgatishdan, eng asosiysi o’zlari bilmaganni o’rgatishdan yiroqdirlar. Trening instituti trening sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash yo’nalishidir. Avvalgidek psixologlar orasida 15 kunlik trening sohasidagi metodik tayyorgarlik taniqli va dolzarbdir. Trening Institutida o’z malakasini oshirish sohasidagi yangi bilimlarni egallash maqsadida 3 bosqichdan iborat bo’lgan metodik mashg’ulotlarni o’qib o’rganishadi. Bolalar o’smirlar bilan ishlovchi psixologlar uchun “Psixodrammaga kirish” kabi mashg’ulotlar mavjud. Trening instituti trening sohasida juda ko’plab izlanishlar olib borish natijasida bu sohaga anchagina yangilik va o’zgarishlar kiritdi. Ularning ishi asosan trening o’tishning nazariy va metodik asosini mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, shuningdek ularni amaliyotga tatbiq qilish uchun zarur vositalarni topishga ham harakat qilishmoqda. Shu bilan birgalikda psixogimnastik mashqlarni qo’llash
10 uchun zarur bo’lgan metodik qo’llanmalarni ham yarata boshlashdi. Ular sirasiga 2001 yil Sankt-Peterburgda chop etilgan, 3 bobdan iborat “Treningda psixogimnastika” deb nomlangan kitob ham kiradi. Bu kitobda institut xodimlari tomonidan, ko’p yillar mobaynida to’plangan trening, psixologik mashqlar, turli xil chet el adabiyotlaridan olingan va o’ylab topilgan trening mashg’ulotlari jamlangan. Ularning deyarli barchasi ijtimoiy psixologiyaga taalluqli bo’lib, 1983 yildan boshlab Leningrad, Moskva, Toshkent, Olma-Ota, Perm, Rostov-Don, Karaganda, Barnaul, Ijevsk, Chelyabinsk, Pskov, Kaliningrad va boshqa ko’plab shaharlarda o’tkazilgan. Barcha mashqlar muharrirlar tomonidan tajribalarda sinalgan bo’lib, ular yaxshi natijalar bergan. Bugungi kunda hamma uchun umumiy qabul qilingan “trening” tushunchasi yo’q, shuning uchun bo’lsa kerak, psixologik amaliyotda uning ma’nosini anglatuvchi ko’plab metod, shakl va uni anglatib beruvchi manba hamda vositalar kabi tushunchalar kelib chiqadi. Trening termini (ingliz tilidan kelib chiqqan bo’lib, train, training) ko’plab ma’nolarga ya’ni: o’qitmok, tarbiyalamok, (trenirovka) mashq qilmoq kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko’p ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos keladi. Trening insonlarda mavjud bo’lgan xulq-atvori va faoliyatini boshqaruv modelini qayta dasturlash vositasidir. Trening shuningdek tashkilotni rejalashtirilgan faolligini oshirish uchun, kasbiy bilimlarini oshiruvchi, ko’nikmalarini yaxshilashga yo’naltirilgan, yoki tashkilotning maqsadli faoliyati talablariga mos keluvchi attityudlar modifikasiyasi va jamoatning ijtimoiy xulq-atvorini tuzatish uchun zarurdir. Psixologiya tarixida trening o’qitishning eng keng tarqalgan shakli faol ijtimoiy-psixologik treninglardir. L.A.Petrovskaya ijtimoiy psixologik treningga ta’rif berar ekan, uni quyidagicha izohlaydi: «Trening - shaxslararo munosabatlardagi bilimlar, ijtimoiy ustanovkalar, ko’nikma va tajribalarni rivojlantirishga qaratilgandir», shuningdek «Muloqotda kompetentlikni rivojlantirish vositasi hamdir».
11 G.A.Kovalev ijtimoiy-psixologik treningni ijtimoiy-didaktik aktiv
yo’nalishdir deb hisoblaydi. B.D.Par ыgin guruhiy maslahatlar metodlari haqida shunday deydi: Ulardan guruhiy konsultasiya metodlarini aktiv o’qitish uchun foydalaniladi. Hayotiy ko’nikmalarni, muloqotchanlik sohasida bilim berishni, kasbiy faoliyat sohasida maslahatlardan tortib to yangi ijtimoiy hayotdagi rollarni, «Men» konsepsiyasini korreksiya qilishni, o’z-o’ziga baho berish tizimini kuchayishini ta’minlaydi. K.Levin shogirdlarining omadli faoliyatlari natijasida AQShda treningning milliy laboratoriyasiga asos soldi. Bu laboratoriyada ko’plab ko’nikmaviy treninglar yaratildi. Ijtimoiy-psixologik treninglar jahon amaliyotida keng tarqaldi. Ilk bu sohada taniqli nazariy, metodologik kitob L.A.Petrovskiy tomonidan 1982 yilda yaratildi. Bu metoddan bolalar, onalar, professional ijtimoiy guruhlar bilan, tashkilot va korxona boshqaruvchilari bilan ishlashda aktiv foydalanib kelinmokda. Treningning asosiy maqsadi: shaxsni psixologik (ruhiy) ozod qilish, bunda tabiiy erkinlikni his etishni, o’z guruhida va undan tashqarida o’zaro munosabat va aloqa o’rnata olishdan iborat. Demak-ki, trening — shaxsda mavjud bo’lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma malakalarni hosil qilish maqsadida bahs-munozara, o’yin va mashqlar orqali o’tkaziladigan mashg’ulotlar yig’indisidir. Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish ham, bu boradagi bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi, shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi. Hozirgi davrda odamlar orasida ruhiy zo’riqish hollari avvalgi paytlardagiga nisbatan ancha ko’p uchrayotganligi va buning natijasida ko’pgina hayotiy muammolar vujudga kelayotganligi ko’pchilikni, ayniqsa keng jamoatchilikni, shuningdek aynan psixolog mutaxassislarni ham tashvishga solayotganligi bejiz
12 emas. Aytish mumkinki bunday holatlar turli darajadagi zo’riqishlar natijasida vujudga kelmoqda. Ayni kunlarda asabiylashish holatlari kuzatilayotgan quyidagi kishilar guruhini alohida ta’kidlab o’tish joiz:
Download 384 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling