Jizzax davlat pedagogika instituti
Download 384 Kb. Pdf ko'rish
|
kichik maktab yoshidagi oquvchilar talimi jarayonida psixologik treninglarning ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Video(audio)tasma usuli
- 3. Kartochkalar usuli
- II BOB. KICHIK MAKTAB YOShIDAGI O’QUVCHILARGA TA’LIM- TARBIYA BERISHDA PSIXOLOGIK TRENINGLARDAN FOYDALANISH
- 2.2. Kichik maktab o’quvchilarida o’yin metodlari va ularning ijtimoiy psixologik xususiyatlari.
- Rolli o’yinlar jarayoni va uning shakllari.
1. Intervyu usuli. Bunda ishtirokchilar trener tomonidan juftliklarga bo’lib chiqiladi. Buning uchun ishtirokchilar mevalar, gullar, daraxtlar, hayvonlar, qushlar va h.k.larning qaysi birini yoqtirishiga qarab ajratiladi. Guruhga bo’linayotganda 1,2,3 deb raqamlar asosida guruhlarga bo’lish tavsiya etilmaydi. Juftliklarga bo’linganlaridan so’ng ular bir-birlaridan intervyu oladilar. Buning uchun savol javoblar uchun ularga 10-15 min. vaqt beriladi. Shundan keyin har bir ishtirokchi o’zining sherigini guruh a’zolariga qisqa, lo’nda va iloji boricha batafsilroq tarzda tanishtirishi lozim bo’ladi. 2. Video(audio)tasma usuli — bunda trener tomonidan har bir ishtirokchi alohida jihozlangan xonaga chaqiriladi va u guruh a’zolariga o’zi hakda nimalarni aytib berishni istasa, shuni gapiradi. Barcha ishtirokchilar o’zi haqidagi ma’lumotlarni videotasmaga tushirib bo’lganlaridan so’ng, ularning hammasi xonaga taklif etiladi va tasma yozuvi qo’yib beriladi.
maxsus kartochkaga o’zi to’g’risida nimani tanishtirishni istasa, o’shani yozadi. Kartochkalarni tablichkaga o’xshatib hamma o’z oldiga qo’yib qo’yishi, oldiga yoki orqasiga ilib olishi ham mumkin. Hamma bir-birining kartochkasini o’qib o’zaro tanishadi. Ko’pincha treninglarda tanishuv jarayonida ishtirokchilardan ismini aytish bilan birga muloqotga kirishish jarayoniga salbiy va ijobiy ta’sir etuvchi jihatlarini ham aytib o’tish so’raladi.
25 Treningning kutishlar bosqichida guruh a’zolarining har biridan treningdan nimalar kutayotganligini so’raladi. Trener ularning kutishlarini bilib shunga qarab o’z ishini rejalashtiradi. Bunda guruh a’zolari aylana bo’ylab o’zlarining treningdan kutishlarini, xavotirlari va e’tirozlarini aytib chiqishlari so’raladi. Trener barcha ishtirokchilarning fikrlarini ularga baho bermasdan, muhokama qilmasdan, hayron bo’lmasdan, hayrixohlik bilan eshitishi lozim. Shundan so’nggina guruh, ishlash uchun tayyor hisoblanadi va mashg’ulotlarni boshlash mumkin bo’ladi.
26 II BOB. KICHIK MAKTAB YOShIDAGI O’QUVCHILARGA TA’LIM- TARBIYA BERISHDA PSIXOLOGIK TRENINGLARDAN FOYDALANISH
Muomala psixologiyasi umumiy psixologiya fanining katyegoriyalaridan biri hisoblanib, u o`z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim myexanizmlarini qamrab oladi. Psixologiya fanida muomala katyegoriyasi kyeng ma'noda tushunilganda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o`zaro ta'sir va o`zaro munosabtni aks ettirib, ijtimoiy protsyessual jabhasini ifodalaydi. Muomalaning eng muhim tarkibi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o`ynaydi. Muomala-hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kyelib chiquvchi, shaxslararo muloqot rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muomala ushbu tarkiblaridan tashkil topgan bo`ladi: 1. Kommunikativ (bir tomonlama axborot uzatish). 2. Intyeraktiv (ikki tomonlama o`zaro ta'sir). 3. Pyertsyeptiv (o`zaro bir-birini idrok qilish). 1.Muomala o`z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o`zaro axborot almashinuvi qamrab olgan bo`lib, kommunikativ jabha sifatida tavsiflanishi mumkin. Odamlar bir-birlari bilan muloqotga kirishish jarayonida muomalaning muhim vositalaridan biri hisoblanishi tilga va nutq faoliyatiga byevosita murojaat qiladi. 2. Muomalaning ikkinchi tomoni-muloqot kirishuvchilarning o`zaro ta'siri, ularning nutq faoliyatida nafaqat so`z orqali fikr almashinuvi, balki hatti-harakati va xulq atvori bilan o`zaro ta'sir o`tkazish, ta'sirlanishidir (masalan, o`qituvchi va o`quvchi). 3. Muomalaning uchinchi tomoni shundan iboratki, bunda muloqatga kirishuvchilar (muloqatdoshlar) o`zaro bir-birlarini idrok qilish jarayoni namoyon bo`ladi. Masalan, bu jarayonning eng zarur tomoni shuki, muloqotga kirishuvchi,
27 ya'ni muloqatdosh (shyerik)larning bittasi ikkinchisi ishonchiga loyiq, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega inson sifatida idrok qilish juda muhim ekanligini anglash yoki bir-birlarini oldindan hyech narsani tushunmaydi, uzatilgan axborotni fahmlay olmaydi dyeb taxmin qilishdir. Muomalaning har uchala tomonini (jabxasini) birlikda, yaxlit olib qarash natijasida u hamkorlik faoliyatini tashkil qilish usulining va unda ishtirok etuvchilarining, ya'ni muloqotdoshlarning munosabatlari tariqasida namoyon bo`ladi. O`qituvchi faoliyati uchun eng muhim narsa- muomalaning qonuniyatlari, uning rivojlanishi to`g`risidagi psixologik bilimlar, ko`nikmalar, qobiliyatlar egallashdir. Kasbiy muammoni muvaffaqiyatli shu taqdirda yechish mumkinmi, qachonki o`qituvchi o`quvchilar |talabalar| bilan hamkorlik faoliyatiga samarali kirisha olsa, shaxsni shakllantirishning maqsadi va vazifalariga javob byeruvchi o`zaro ta'sir, o`zaro tushunuvni yo`lga qo`ya bilsa, faqat shundagina pedagogik muomala amalga oshadi xolos. Pedagogik muomala-bu o`qituvchining o`quvchilarga ta'sir o`tkazish usullarining muayyan tizimidir: -hamkorlik ishtirokchilarining o`zaro axborot almashuvi: -turlicha kommunikativ vositalar yordamida o`qituvchi tomonidan o`quvchi lar bilan o`zaro ta'sir va o`zaro munosabatni tashkil qilish: -muayyan maqsadni dasturiy tarzda amalga oshirishni ryejalashtirish va o`tkazish funktsiyasini bajaradi. Pedagogik faoliyatda muomala birinchidan, o`quv faoliyatini yakkahol bajarishning vositasi:, ikkinchidan, tarbiya jarayonini ta'minlashning ijtimoiy- psixologik tizimi:, uchinchidan, ta'lim va tarbiyaning muvaffaqiyatini ta'minlovchi o`qituvchi bilan o`quvchilarning o`zaro munosabatining muayyan tizimini tashkil qilishning usuli:, to`rtinchidan, o`qituvchi individualligini takomillashtirish, istye'dodini qaror toptirish imkonini byeruvchi jarayon ekanligi:, byeshinchidan, yaqqol faoliyatni sub'yekt-sub'yekt sifatida ro`yobga chiqarish asosdir.
28 Pedagogik muomala dyeganda o`quvchilar va o`qituvchi jamoasining o`zaro ta'sir malakasi, usuli va tizimi anglashinib uning mohiyati o`zaro axborot almashish, ta'limiy, tarbiyaviy ta'sir o`tkazish, o`zaro tushunuvga erishish. Muomala jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshishini ta'minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonun-qoidalar muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy nazoratning psixologik myexanizmi sifatida uch muhim vositasi ishtirok etadi: ma'qullamaslik, qoralash va jazolash. O`quvchining motivatsion, emotsional, irodaviy, kognitiv va ryegulyativ hatti-harakati muomala ishtirokchisi tomonidan ma'qullansa o`zaro aloqa o`z- o`zidan barbod bo`ladi, chunki, mazkur jarayon ijtimoiy xukm surib to’rgan qonun va qoidalarga tubdan ziddir, Xuddi shu boisdan ijtimoiy ta'sir o`tkazishning bir vositasi sifatida bunday xulq-odob ma'qullanmaydi, muomala ishtirokchi fikr almashish imkonidan maxrum qilinadi. Muomala jarayonida o`quvchi yoki talaba xulqi ijtimoiy qonun-qoidalar maromiga zid kyelsa, u xolda uning ishtirokchilari ijtimoiy nazoratchi vazifasini bajarib, muloqotdosh hatti-harakati qoralanadi, e'tiroz, tanbyeh, eslatish kabi vositalar bilan ta'sir o`tkazish bilan chyeklanadi. Suhbatdoshning fikrlashi, fahm-farosati, odobi va ahloqi ijtimoiy, etnopsixologik, milliy qadriyatlar, umumbashariy myezonlarga favqulotdagi xolat, vaziyat, kontrast, ya'ni mutlaqo qarama-qarshi bo`lsa, u taqdirda ijtimoiy nazorat vazifasini bajaruvchi muomala qatnashchilari muayyan ta'sirchan vosita qo`llab, uni jazolaydilar. Jazolangan muomala qatnashchisiga shaxsiy hatti-harakati, muloqot maromi, uslubi ijtimoiy qabul qilingan myezonlarga zid ekanligi, milliy qadriyat, ma'naviyat va ruhiyat mye'yoriga mos emasligi qattiq ogohlantiriladi, muayyan odatlarga rioya qilish zarurati qat'iy ravishda uqtiriladi. Muomala kyezida odob, odoblilik muhim ahamiyatga ega bo`lib uning muvaffaqiyatli kyechishini ta'minlaydi, uning asosiy vazifalari | axborot almashuv, o`zaro ta'sir, o`zaro idrok qilish | to`g`ri amalga oshishni idora qilib turadi. Har qaysi fikr bildirganda muloqotdoshga muloqotdosh qanday qabul qilayotganligi fahmlab turish, tashqi ko`rinishlari o`zgarishiga e'tibor byerish, uzr so`rash,
29 tavozye bilan murojaat qilish evaziga muomala odobi ushlab turiladi. Muomala jarayonida ba'zi bir hatti-harakat o`ylanmay bildirilgan fikr, ortiqcha imo-ishora odobsizlikni kyeltirib chiqaradi. Odobsizlik esa nizoli vaziyat qarama-qarshilik, ziddiyatli holatni kyeltirib chiqaradi. Buning natijasida muomala fikr almashuv o`zining vazifasini nizoli, xatto affyektiv vaziyatga bo`shatib byeradi. Pedagogik muomalada psixologik aloqa o`rnatish alohida ahamiyatga ega, chunki, o`quvchi bilan shaxslararo munosabat ikkita muhim omil, ya'ni o`zaro ishonch nyegiziga ko`riladi. Bunda o`qituvchi o`quvchi ning xuquqi, majburiyati | statusi | , uning maktabda, jamoat joylarda, oilada bajaradigan roli nimadan iborat ekanligini diqqat markazidan chyetga chiqarmasligi lozim. O`qituvchi o`quvchi larga ta'sir o`tkazish samarasi uning printsipialligi va talabchanligida o`z aksini topadi. Bundan tashqari u o`ziga ham o`ta talabchan bo`lmog`i, shaxsiy namunasi bilan tabiiy ravishda nufuz, obro`, e'tibor qozonmog`i joiz. Muomala jarayonida va hamkorlik faoliyatida o`qituvchining o`quvchi larga ta'sir o`tkazishi natijasida ular : -o`z-o`zini va o`zgalarni hurmat qilish, -o`z-o`zini va boshqalar faoliyati, xulqini baxolash, -o`z-o`zini va o`zgalarni nazorat qilish, -o`z-o`zini anglash va boshqalarni tushunish, -o`z-o`zini boshqarish | ham bilish va faoliyatida, ham xulq-atvorida | . -o`z-o`zini takomillashtirish va yangi fazilatlarni egallash, -voqyelik mahsulini oldindan bashorat qilish shakllanadi. Do`stona muomala o`quvchi bilan o`qituvchi o`rtasida bilimlarini puxta o`zlashtirishni ta'minlaydi va mukammal shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Muomala jarayonida motivatsiyaga, his-tuyg`uga, shaxsga oid,, bilimga taaluqli, boshqaruv xususiyatli nizolar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatli xolatlar, vaziyatlar vujudga kyelishi mumkin. Ularning aksariyati yengil yechimga ega bo`lishi bilan birga oldini olish imkoniyati ham mavjuddir. Shunga qaramasdan,
30 muomala va shaxslararo munosabatda o`quvchi bilan o`qituvchi o`rtasidagi turli darajadagi ayrim nizoli holatlar uchrab turadi: -o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida fikriy yaqdillikning yo`qligi, -foyda, naf to`g`risidagi muammoda shaxsiy fikriy qarama-qarshilik mavjudligi, -ayrim ma'naviy to`siqqa ega ekanligi, -narsa va xodisalarning shaxsiy kasb etishi, -extiyojlarning nufuzligi, -faoliyat, muomala, xulq uyg`unligining buzilishi kabilar. Psixologiya fanidan muomala insonlarning o`zaro tushunishi sifatida talqin qilinadi. Bu muammo ta'lim va tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi va shaxslararo idrok qilinishining myexanizmi sifatida quyidagilar namoyon bo`ladi: -styeryeotipizatsiya | ajdodlar tomonidan qo`llanilgan ma'lumotlar, odatlar, aqidalar hyech o`zgarishsiz hozirgi zamon odamlarining foydalanishi |. -idyentifikatsiya | katta yoshdagi odamlar, o`qituvchi maxorati, xulq-atvori andoza sifatida yoshlar tomonidan qabul qilinib, unga o`xshashlikka intilish, taqlid qilish holatlarini shakllantirish |. -ryeflyeksiya | o`z imkoniyati va xulq-atvorini bilish, muloqotdoshning odobi, fahm-farosatini anglash| kabilar. Shaxs to`g`risidagi dastlabki axborotlar, ma'lumotlar uning tashqi ko`rinishini baholashga aloqador jarayon sub'yektiv baholashni kyeltirib chiqaradi. Lyekin o`zaro fikr almashish, muloqotga kirishish davomida omillar tobora yetakchilashib, ob'yektivlashib boradi. Muoamala madaniyati, muloqot maromi, pedagogik odobga o`rganish tryeningi mavjud bo`lib, ularga hamkorlik faoliyati qatnashchilarini o`rgatish mumkin. Tryeninglar o`z ichiga odatda quyidagilarni qamrab oladi: 1. yurish-turish, javob byerish, o`zgalarga e'tibor qilish mashqlari. 2. muomala qilish usuli, ko`nikmasi, malakasi va odati yuzasidan mashqlar. 3. muomalaning umumiy qonuniyatlarini o`rganish, ya'ni pedagogik muomala tizimini o`rganish mashqlari.
31 4. pedagogik kommunikatsiya tyexnologiyasi va instruktsiyasiga oid tryeninglar. Muomalaviy boshqaruv- kishilar ustidan rahbarlik qilish maqsadida amalga oshiriladigan muomala jarayonidir. Muomalaviy boshqaruvning maqsadi: - buyruq va ko`rsatmalar, tavsiyanomalar, maslahatlar byerish: - topshiriq bajarilganligi to`g`risidagi axborotni olish: - bajarilgan topshiriqqa baho byerish. Muomalaviy boshqaruvning bosqichlari: 1- ko`rsatmalar byeruvchi ma'lumotni uzatish: 2- qayta ma'lumot olish: 3- ma'lumotga baho byerish. Ko`rsatmalar byeruvchi ma'lumotni uzatish shakllari. Diryektiva- buyruq, diryektiva, ko`rsatma, talabnoma shaklida: Dyemokratik- tavsiya, maslahat, iltimos. Pedagogik muomala- shaxsga ta'lim va tarbiya byerish maqsadida amalga oshiriladigan muomala jarayoni va o`zaro ta'sir o`tkazish usullari tizimidan iboratdir. O`zaro shaxsiy munosabatda hissiy holatning namoyon bo`lish darajasiga qarab, insonlarda: empatiya, simpatiya, do`stlik yoqtirib qolish, ya'ni ijobiy hissiy holatlarda: byefarqlik, nafrat, yoqtirmaslik, ya'ni salbiy hissiy holatlarda: ko`rish mumkin. Shuning uchun ham muamolaviy boshqaruv jarayonidagi eng muhim qoida: har qanday yo`l va usul bilan ham suhbat jarayonida ijobiy hissiy holatni vujudga kyeltirishdir. Bu hol qanchalik kuchli namoyon bo`lsa, dyemak muomalaviy boshqaruv shunchalik oson kyechadi. Muomalaviy boshqaruv va pedagogik muomala jarayonlariga byeriladigan tavsiyanomalar. O`zaro shaxsiy munosabatlarda vujudga kyeladigan ijobiy xissiy holatlar natijasida namoyon bo`ladigan bir-biriga intilish, bir-birini yoqtirib qolish attraktsiya dyeb ataladi. Insonlardagi attraktsiyani shakllantirishning psixologik usullari.
32 - “Munosabatlar oynasi”; - “Ismi bilan atash”: - “Oltinga tyeng so`zlar”: (komplimyent) xushomad. - “Sabr-toqatli tinglovchi”: - “Savollar byering”: Ushbu usullar ko`p hollarda suxbatdoshda uning o`zi ham anglamagan holda attraktsiyani vujudga kyeltiradi. “Munosabatlar oynasi” usulining ta'sir ko`rsatish myexanizmi: Shirin jilmayish, yuzning yoqimli ko`rinishi, istarasi issiqlik. Signal: “Myen - sizning do`stingizman! “Do`st esa insonni kyerakli paytda himoya qiladi. Himoyalanishga bo`lgan extiyojning qondirilishi. Ijobiy xissiy holat vujudga kyeladi. Ijobiy xissiy holatni vujudga kyeltirgan insonga moyillik- attraktsiyaning shakllanishiga ta'sir ko`rsatadi. “O`z nomi bilan atash” usulining ta'sir ko`rsatish myexanizmi: Suxbatdoshiga ismi va sharifi bilan murojaat qilish, uning shaxsiga nisbatan e'tiborni bildiradi. Inson o`z ismi orqali o`z shaxsini namoyon qiladi. O`z shaxsini namoyon qila olish extiyojining qondirilishi insonda ijobiy xissiy kyechinmani vujudga kyeltiradi. Ijobiy xissiy holatni vujudga kyeltirgan insonga moyillik-attraktsiyaning shakllanishiga ta'sir ko`rsatadi. “Oltinga tyeng so`zlar” usulining ta'sir ko`rsatish myexanizmi: Komplimyent (xushomad)- insondagi ijobiy sifatlarni bir oz bo`rttirib aytilgan so`zlarning majmuasidir. “Oltinga tyeng so`zlar “ (komplimyent) samarali ruxiy ta'sir etish va o`zligining o`zgalar tomonidan tan olinishiga nisbatan extiyojning qondirilishidir. Ya'ni, ijobiy xissiy holatni vujudga kyelishidir. Ijobiy xissiy holatni vujudga kyeltirgan insonga moyillik-attraktsiyani barpo qiladi. Komplimyent vazifalari:
33 -suxbatdoshda moyillikni vujudga kyeltirish va o`z navbatida unda komplimyent xosil qilishga extiyojni vujudga kyeltirish: -attraktsiyani mustahkamlash: -byerilgan ko`rsatmani bajarishga undash: -muvaffaqiyatga undovchi turtki byerish: -muvaffaqiyatsizlikdan saqlovchi faol motivlar xosil qilish: -suxbatdoshning moslashishiga yordam byerish. O`z mohiyatiga ko`ra komplimyent quyidagi holatlarga qaratilgan bo`lishi mumkin:
-tashqi ko`rinishining o`ziga xos tomonlariga (yurishiga, kiyimiga, sochining xolatlariga, qomatiga): -bilish doirasiga ( intyellyekti, nutqi, xotirasi, diqqati): -emotsional holatiga: -irodaviy tomonlariga ( qat'iyligi, maqsadga intiluvchanligi): -kasbiy sifatlariga ( tajribasi, malakasi): -insonning g`ururi va muhabbatini byelgilovchi narsalar, bolalar, o`zi tayyorlagan buyumlar va hokazolar: -shaxsning umumiy tomonlarini byelgilaydigan so`zlar (xaqiqiy erkak, zo`r oshpaz): Komplimyent quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: -to`g`ridan-to`g`ri suhbatdoshga murojaat qilib, undagi ijobiy sifatlarni aytish: - “antityez “-to`g`ridan-to`g`ri suhbatdoshga murojaat qilib, o`zidagi sifatlarga tanqidiy yondoshgan holda suhbatdoshning ijobiy sifatlarini aytish: - “solishtirish”-adabiyotlardagi ijobiy qahramonlar bilan solishtirish: - “ikki tomonlama komplimyent “ -suxbatdoshning o`g`li va qizi to`g`risida iliq fikrlar: -suhbatdoshning qo`shnisiga murojaat qilib, suhbatdosh haqida iliq fikrlar bildirish: - “Sabr-toqatli tinglovchi “ usulining ta'sir ko`rsatish myexanizmi:
34 Suxbatdoshni sabr-toqat va e'tibor bilan tinglash. Shaxsdagi o`z fikrini to`liq ayta olish extiyojining qondirilishi va shu bilan bog`liq ravishda ijobiy xissiy holatning vujudga kyelishi.
Ilmiy va ommabop adabiyotda "o’yin" tushunchasi keng ma'noda ishlatiladi. Masalan, "aktyorlar o’yini", "bolalar o’yini", "boshqaruv o’yinlari", "shaxmat o’yini", "strategik o’yinlar", "xayol yoki fantaziya o’yinlari" va xokazo. Ko'pgina psixologik tadqiqotlar aynan bolalar o’yinlariga bag’ishlangan. Rus psixologi D.B.Elkonin "Nima uchun bolalar o’ynaydilar?" degan savolga to’la qonli javob topish maqsadida o’zining ko’p yillik ilmiy izlanishlarini 1960 yili chop etilgan "O’yin psixologiyasi" ("Psixologiya igre") nomli kitobida umumlashtirgan. Unda muallif o’yinlar genezisi - kelib chiqishi, uning moxiyati, bola tarakkiyoti va shaxs shaqllanishidagi o’rni va ahamiyatini yoritishga harakat qilgan. "Bolalar, - deb yozilgan kitobda, o’yinda kattalarning ijtimoiy xulq- atvoriga taqlid qilish usuli bilan ular faoliyatini qaytaradilar" ("Psixologiya igre.", 1978). Yo’qorida ta'kidlanganidek o’yinlar kategoriyasi nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatiga ham xos. Bolalar va kattalar o’yinlarida qator umumiyliklar mavjud: ya'ni, a) ikkalasida ham rollar improvizatsiya qilinadi, boshqacha qilib aytganda, xayotda bor bo’lgan u yoki bu harakatlar, xulq-atvor shakllari qaytariladi; b) o’yin faoliyatidagi vaziyatlar ikkala xolda ham shartlidir; v) o’yinda mexnat yoki boshqa turdagi ijtimoiy faoliyatning eng muhim tomonlari qayta tiklanadi; g) tabiiylik xissiylik - emotsional jixatlarining borligi kattalar va bolalar o’yinlariga xos bo’lgan jixatlaridir. O’yinning eng muhim axamiyati shundaki, unda tabiiylik sifati bo’lib, bu narsa, ayniqsa, bolalar o’yinida yaqqol seziladi, zero, ular unda o’zidagi ko’plab tabiiy extiyojlarni qondirishga harakat qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak ma'lum taraqqiyot bosqichida bolalar tinimsiz o’ynaydilar, undan charchamaydilar va
35 bunda xech qachon ular o’z sherigiga ma'naviy ziyon etkazmaydi. Bu narsalar o’yinning shunday qirrasi bilan bog’liqki, unda xayol, xissiyot jarayonlari yaqqol tafakkurdan ustun keladi. Ijtimoiy psixologik ahamiyatga ega bo’lgan kattalar o’yini esa asosan ikkita vazifani bajaradi: - ma'lum ijtimoiy bilimlarni egallash; - zarur ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirish. Lekin bunday o’yinlarning tabiiy bolalar o’yinidan farqli jixatlari ham bor: a) bolalar o’yinlarida ijtimoiy rol o’zlashtirilsa, kattalarnikida bu rol yanada mustaxkamlanadi, takomillashadi; masalan, bolalarning "mexmon-mexmon" o’yinlarida mexmon va mezbon harakatlariga xos bo’lgan asosiy qirralar o’zlashtirilib, taqlid asosida ko’nikmalar xosil qilinsa, kattalar shunga o’xshash "o’yinlarda" muomalaning eng mukammal va chiroyli jixatlarini mustaxkamlab, davr madaniyatiga xos xulq-atvor shakllariga o’rganadilar; b) bolalar o’yinlaridagi rollar xayotiy vaziyatlarni umumlashtirgan xolda, umumiy tasavvurlar vositasida qaytarilsa, kattalarda bu narsa aniq vaziyatlar va yaqqol rollar vositasida amalga oshiriladi; v) bolalar o’yinlari ma'lum ma'noda stixiyali jarayon bo’lsa, kattalar o’yinida xayotiy qoidalar, normalar, me'yorlar ataylab tashkil qilinadi va unga maxsus nazoratchilar - murabbiylar rahbarlik qiladilar; g) bolalar tabiiy ravishda o’zlari kirayotgan rolni xissiy boshdan kechirib, o’yinga kirishsalar, kattalar ko’prok u yoki bu rolga o’zini identifikatsiya qilib, sun'iy ravishda kiradi; Bu -operatsional o’yinlar va roll i o’yinlardan tashkil topgandir. Operatsional o’yinlar o’z moxiyati jixatidan, ya'ni ushbu faoliyat motivi, unda aqliy operatsiyalarning ishtiroki va missiy ko’rinishi jixatdan muammoli vaziyatlarni taxlil qilishga o’xshaydi. Lekin ayni tizimga tushirilmagan, spontan munozaradan farqli, unda o’yinning umumiy stenariysi bo’lib, oqibatda kabul qilinadigan qarorlar ijtimoiy normalarga mone kelishi, "to’g’ri" yoki "noto’g’ri"ligi algoritmik belgilab qo’yiladi. Shuning uchun ham bunday o’yinlarda xayot sinovlaridan o’tkazilgan, ijtimoiy tajribaga asoslangan vaziyatlar ishlatiladi.
36 Masalan, xozirda keng tarqalgan ishbilarmonlik o’yinlar yoki boshqaruv o’yinlari shular jumlasiga kiradi. Agarda, boshliqning xodimni qabul qilishi vaziyati o’ynalayotgan bo’lsa, unda boshqaruv tajribasida ilgari yuz bergan bir nechta alternativ xulq shakllari oldindan kelishilgan xolda o’ynaladi va shular asosida o’yinga baxo beriladi. Chunki amaliy o’yinlarda shaxslararo bevosita munosabatlar nisbatan cheklangan bo’lib, ularda rasmiyatchilik elementlari ko’p bo’ladi. Demak amaliy o’yinlar quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: 1. Qaror qabul qilish bilan bogliq bo’lgan tipik xayotiy vaziyatlarni modellashtiradi. 2. Professional faoliyatda uchraydigan xulq-atvor shakllari va muloqotning turli qirralarini ochib beradi. 3. Ijtimoiy xulqda mavjud bo’lgan yangi qirralar buyicha bashorat qiladi va professional faoliyatning yangi xususiyatlarini ochadi. Ko’pchilik o’yin metodlarini uylab topganlarning vatani Amerika deb uylaydi. Lekin aslida uni birinchi marta amaliy faoliyatda ruslar - Rossiyada qo’llashgan. 1936 yilda xozirgi Sankt-Peterburg shaxridagi ishlab chiqarish Akademiyasi talabalari "Ishlab chiqarish dasturining keskin o’zgarishi munosabati bilan sanoatni qayta qurish" mavzusidagi o’yinni "Krasnoy tkach" nomli fabrikada dam olish kunlari o’tkazgan edilar. Uning natijalari keyinchalik ommaviy axborot vositalarida muhokama qilingan, lekin o’sha paytda fan mutassaddilari bu usulning moxiyatini to’la tushunib, uni qo’llab-quvvatlamagan edilar. Shuning uchun ham ilmiy adabiyotlarda Amerikada tashkil etilgan "T-guruxlar" tajribasi ko’proq yoritilgan. Yo’qorida qayd etilgan tamoyillarga buyso’ngan xolda o’yinni tashkil etish mutaxassislarni o’qitish va ular professional sifatlarining takomillashuviga xizmat qiladi. Har bir ijtimoiy psixologik vaziyat bir necha marta qaytarib o’ynalgani uchun ham ishtirokchilarda bir vaqtning o’zida ham o’yinchi, ham ko’zatuvchi bo’lish imkoniyatlari mavjud.
37 Rolli o’yinlar keng tarqalgan o’yin metodlaridan bo’lib, ular moxiyat jixatdan ma'lum obrazlarga kirish, o’sha obrazga xos bo’lgan xissiyotlarni o’z boshidan kechirishni taqozo etadi. Shuning uchun ham nemis olimi va mutaxassisi Margaret Forverg ulardagi dramatizatsiya elementining borligini, bu - "shaxsga o’zida mavjud bo’lgan va o’zgalardagi begona obrazlarni tuzatish - korrektsiya qilish samarasidir", deb yozgan edi. Muallif rolli o’yinlarni uch asosiy jixatlarga ajratgan: - o’yinning emotsional jixatdan mukammalligi;- unda identifikatsiya va empatiya xodisalarining rivojlanganligi; - boshlovchining aloxida, o’ziga xos mavqega ega ekanligi.Rolli o’yinlarning korrektsion va amaliy ahamiyati shundaki, ularda har bir shaxs o’z real faoliyatiga yaqin bo’lgan vaziyatlarga tushiriladi va shu orkali uning ustanovkalari o’zgartiriladi. Bunda o’yin ishtirokchisining o'sha vaziyatni xissiy o’z boshidan kechira olishi katta ahamiyatga ega. Rolga kirishning esa quyidagi talablari mavjud: a) kitob tilida gapirmaslik; b) muloqotning barcha kodlari va sirlaridan foydalanish; v) ovoz xususiyatlariga muntazam e'tibor berish, ya'ni intonatsiyalar, tovushlarning past-balandligi, ovozning emotsionalligi bu o'rinda rolni aniqrok idrok qilishga imkon beradi; g) mimika va pantomimika elementlarini keng qo'llash; d) har bir xislat va turishni jonlantira olish; e) vaqt va fazoni doimo tushunib, xis qilib turish; j) boshlovchining rolga kirganlar xolatlarini aniq tushunishi va ularga mos baxo berib turishi. Rolli o’yinlarda eng avvalo ishtirokchi shaxs sifatida o’zligini namoyon qila boshlaydi. Rolli o’yinlarning o’z-o’zini namoyon qilish va shu orqali o’z xulqini tuzatishga imkon berishi xususiyatiga o’z vaqtida amerikalik olim Jon Moreno ham e'tibor bergan va o’zining psixodramatik texnikasida unga katta ahamiyat bergan edi. Texnikaning moxiyati shundan iborat ediki, ishtirokchi ichki
38 ziddiyatlarga boy vaziyatni o’ziga o'xshash shaxslar bilan birgalikda xis qilish va o’ynash orqali to'laroq hamda aniqroq anglaydi. Rolli o’yinlarning ijtimoiy psixologik ahamiyati ham aynan shu narsaga bog’liq Shuning uchun ham san'atkorlar, dramatik aktyorlar o’z maxoratlarini takomillashtirishda shunday psixotaxlil usulidan keng foydalanadilar, zero, o’zini anglamaguncha, o’zgani bilolmaydi, va aksincha "o’zga bo’lish san'ati" -o’zlikni anglamoqdir. Ushbu tamoyillarni xisobga olgan xolda Moreno keyinchalik "guruxiy psixoterapiya"ni ham rivojlantirdi, unda ham individning gurux xayotiga kirib borishi, gurux ta'siriga beriluvchanlik o’z ichki holatlarini va o’zga par ruxiy kechinmalarini bevosita xis qilish orqali ro'y berilishiga aloxida e'tibor qaratgan.Har bir o’yin bir necha daqiqadan tortib, to 1-2 soat-gacha davom etishi mumkin va unda 2 kishidan tortib, to 10 kishigacha ishtirok etadi. O’yin jarayoni quyidagicha kechadi - avval tipik ijtimoiy psixologik vaziyat modellashtiriladi: masalan, agar bu maktab xayoti bo’lsa, o’qituvchilar, o’quv ishlarini boshqaruvchi va xokazolar personaj sifatida har birining mavqei aniqlanadi va ishtirokchilarga muammo moxiyati tushuntiriladi. Barcha trening a'zolari vaziyat bilan tanishib chiqadilar va muammoli vaziyatdan chiqishning mos, maqsadga muvofik yo'llarini kidiradilar. Bunda e'tibor berilishi lozim bo’lgan asosiy narsa - ishtirokchilarni sog’lom shaxslararo munosabatlarga o'rgatish. O’yin boshida boshlovchi har bir ishtirokchiga uning shaxsiy istagi va xususiyatini xisobga olgan xolda aniq personajlarni bo’lib beradi. Keyinchalik rollar almashinishi mumkin, ya'ni har bir rolni navbat bilan bir necha kishi o’ynab chiqishi mumkin. Masalan, stipendiyani odilona taqsimlash muammosini xal qilayotgan dekan roli yoki qarzdor, lekin moddiy yordamga muxtoj talaba rollari bir necha marta o’ynalishi mumkin va oxirida hamma bir bo’lib, o'tgan xodisalarni taxlil qiladilar. Bunda ko’prok u yoki bu shaxsning rolni qanchalik aktyorona o’ynaganligi emas, balki rolga munosabat, vaziyatdan chikishda emotsiyaning ishtiroki va rolni xis qila olganlik san'ati taxlil qilinadi.Rolli o’yinlar orkali katta auditoriyalarda tinglovchilar oldida nutq so’zlash, turli ishlab chiqarish vaziyatlari yoki yigilishlarda nizoli vaziyatning
39 oldini olish malakalarini ham shayqallantirish mumkin. Ma'lum ijtimoiy malakani hosil qilish uchun trening qatnashchisi bir necha o'yinlarda ishtirok etishi zarur. Modellashtirilayotgan vaziyat maksimal tarzda real xayotga yakinlashtirilishi, qatnashchilarning yoshi, professional ko'nikmalari bunda xisobga olinishi kerak O’yinlarni tashkil etishda boshlovchining roli katta bo’lib, u xar bir ishtirokchining muammo "tashqarisida" yoki muammoga chetdan turib baxo berishga emas, balki vaziyatga "ichkaridan" baxo berish, unga xissiy kirishishga yordam berishi lozim. Buning uchun uning o’zi ushbu vaziyatni to'la bilishi, guruxda yaxshi ma'naviy muxitning bo’lishi, ishonch, samimiylikka erihishi, o’zidagi barcha qobiliyatlarni ishga solgan xolda, ishtirokchilarga xissiy yordam berib turishi shart. Uning asosiy vazifasi -har bir ishtirokchini bolalarga xos xissiyotlar bilan o’yinga berilib ketishiga imkoniyat yaratishdir. Bu o'rinda ijtimoiy psixologiyada farq qilinadigan uch asosiy rolning o'rni haqida to'xtab o'tishimiz kerak Ijtimoiy xayotdagi ijtimoiy psixologik rollar asosan quyidagilardir: "Katta" roli - u doimo yo'l ko'rsatuvchi, aql soxibi, u adashmaydi, chunki uning xayotdagi maqsadlari aniq va ravshan, uning taklif va fikrlari odatda boshqalar tomonidan e'tirozsiz qabul qilinadi. Bu rol xususida shuni yana aytish mumkinki, xayotdagi "katta" yoshga emas, ko’prok shaxsiy tajribaga, xayotga individual munosabatga bog’liq. Shuning uchun ba'zan kichik yoshli bola ham o’zini "katta"day xis qilishi mumkin, bundaylarni xayotdagi laqabi - "yosh qari" yoki "keksa qari" bo’lib, ularda o’z-o’ziga baxo hamisha yuqori va turmush ikir-chikirlariga befarq bo’lmaydi. "Ota-ona" roli - ham mavqe va ijtimoiy moxiyat nuqtai nazaridan kattaga o'xshaydi, lekin unda ko’prok nasixatgo'ylik sifatlari mexribonlik doimiy g’amxo'rlik qilish fazilatlari bilan uyg’unlashadi. Bu rolni ijro etish uchun nikohga kirish yoki nikoh yoshida bo’lish shart emas, u odamning dunyoqarashi, shaxs sifati va fazilatlariga ko’prok bog’liq. Uchinchisi - "kichik" roli. Bu rol xayotda ko’prok uchraydi va uning moxiyati shundaki, odam doimo o’zgalar pand-nasixati va ko'rsatmalariga muxtoj bo’ladi, uni doimo boshqarish va etaklash kerak. Bilim saviyasi yoki yoshidan qat'iy nazar, "kichik" - doimo o’zgalar harakatlariga taqlid qilish, tez, asossiz xulosalar chiqarish, mantiqsizlikka ham yo'l qo'yish illatlariga ega. Ko’pchilikka
40 kichik rolda bo’lish qulay, chunki u o’z harakatlari va gapirgan gapi uchun mas'uliyat xis qilmaydi, boshqalardan andoza olishga o’rgangan. Yuqoridagi rollar moxiyatini nazariy jixatdan bir-biridan farq qilib, anglab olgan trening qatnashchilari ularni turli variantlarda qo'llashlari mumkin. Masalan, shunday o’yin vaziyatini olaylik: er va xotin biroz ishlab topgan jamg’armalarini qay yo'sinda oqilona sarflash ustida bosh qotirmoqda. Yuqoridagi uch rol nuqtai nazaridan kelib chiqadigan bo’lsak bu rollarning oltita va undan ortiq variantlarini trening qilish mumkin. Masalan, er navbat bilan yo "katta", yo "ota-ona" yoki "kichik" bo’lib, pulni ishlatish xususida turlicha fikr-muloxaza yuritadi, xotin ham turli ijtimoiy roldan kelib chikib, munosabat bildirishi mumkin. Bir vaziyat: xotin oila lideri, uning roli "katta" : "Aslida, adasi, Sizning aytganingiz ma'qulku, lekin men bir narsa aytay. Shu pullarning oilaga umuman naf keltiradigan, yaxshi narsaga sarflasakda, bizdan keyin bolalarga ham qolsa. Men yaxshilab o'yladim - bu pullarga olgan ma'qul...". Ikkinchi vaziyat: xotin "kichik" rolida - "voy, men qaerdan bilay, bu pullarni nimaga sarflashni, o’zingiz nima qilsangiz, qilavering, doim o’zingiz bilib ish qilardingiz-ku..!?". Uchinchi vaziyat: xotin "ota-ona" rolida - "Men sizga ishonamanki, to'plangan pullarni o’zingiz, farzandlar uchun ishlatarsiz, faqat bexuda sarf-harajat bo’lmasa bo’lgani. Menga qolsa, albatta, uy- ro’zgordagi kamchiliklarga ishlatgan bo’lar edim, sizga ham shuni maslaxat beraman...". Shunga o'xshash erkak kishining mavqei ham yuqoridagi rollar nuqtai nazaridan har xil bo’lishi mumkin. Boshlovchi har bir ishtirokchining rolni xis qilishiga qarab, uni ana shunday toifalarga bo’lishi va chiqmagan rolni yaxshiroq o’ynashga chorlashi ham extimol. Ilovada ana shunday rollardan namunalar keltirilgan.Rolli o’yinlarni tashkil etishda bir qator qiyinchiliklar mavjud bo’lib, ulardan eng muhimi o’yin vaziyatining kattalar tomonidan noto’g’ri idrok qilinishi, unga rasmiy tus berilishi va kattalarning "bolalar" obraz- lariga kira olmasliklaridir. Ushbu barerni (To’siqlarni) olib tashlashda etakchining o'rni muhim bo’lib, bir tomondan, rolli o’yinning predmeti bo’lmish ijtimoiy psixologik vaziyatni tanlay olgani, ikkinchi tomondan, ishtirokchilar oldiga muammoning qo’yilishi va har birining uni xis qilishga ko'mak berishi katta
41 ahamiyatga'ega. ijtimoiy psixologik vaziyat o’z ichiga quyidagilarni oladi: o’yinning syujeti, qo’yilgan ijtimoiy psixologik muammo, berilgan shaxslararo munosabatlarning harakteri. Demak tanlangan vaziyat ikki asosiy talabga javob berishi kerak: a) uning mazmuni va muammoning harakteri real borlikka, xayotdagi vaziyatlarga to’g’ri kelishi; b) uning ishtirokchilar uchun ahamiyatli bo’lishi. Agar shu jixatlarga boshidan e'tibor berilmasa, ishtirokchilar-da trening haqida noto’g’ri tasavvur shaqllanadi, uning maqsadi teskari talkin etiladi va samara kutilganday bo’lmaydi. Shuning uchun ishtirokchilarni o’yin vaziyatiga to’g’ri yunaltirish, ularning har birida to’g’ri motivatsiya va qiziqishni xosil qilish boshlovchidan ham tajriba, Ham psixologik malaka talab qiladi. Ana shu jixatlar, o’yin mazmunining qatnashuvchilarning xotirasida o’zok muddatda saqlanishiga va faol ustanovkalarga aylani-shiga sabab bo’ladi.
Rolli o’yinlar jarayoni. Bu jarayon ba'zan psixologik amaliyotda psixodramatik seans deb ham atalib, uning asoschilaridan biri yuqorida ta'kidlanganidek J. Morenodir. o’yin jarayonidagi asosiy shaxslardan biri - boshlovchidan keyin ijtimoiy psixologik vaziyat-ning markazida to’rgan shaxsdir, uni ilmiy adabiyotlarda protagonist deb atashadi. Uning ijtimoiy psixologik vaziyatdagi muammo hamda ziddiyatlarni xal qilishdagi roli kattadir, chunki u aynan voqealarning markazida turadi. Unga o’z rolining barcha jixatlarini har tomon-yaama namoyon qilish xuquqi beriladi, boshqa rollar esa uning tabiatidan va xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ya'ni protogonist asosiy muammoni eltuvchi va boshqalarni o’ziga ergashtiruvchidir. Rollar o’ynab bo’linganidan so’ng uning muxokamasi boshlanadi, unda barcha guru* a'zolari ishtirok etadilar va ularning har biri o’zini protogo-nistning urniga kuyib kurishga harakat qilishi kerak Psixodramada odam o’zini turli rollarga kira olishini sinab ko’radi, ya'ni bunda interpersonal tajribaning ohishiga hamda har bir shaxsning o’zidagi va boshqalar- dagi ustanovka va munosabatlarning xis qilinishiga im-koniyat tugiladi, masalan, erkak kishi ayolni identifikatsiya qilishi, yosh odam karini, bola - kattani, va aksincha, rollar egiluvchanligi xis etiladi. Klassik psixodramada, ayniqsa,
42 "rejissyor" rolidagi boshqaruvchi shaxsining roli katta. U ham o’yinni "sax;naga kuyuvchi", ham terapevt, ham psixoanalitik rolini o’ynay-di. Butun o’yin davomida u o’yinning katalizatori, har bir harakatning muvofiklashtiruvchisi, rollarni aniq personallar shaqlida ishtirokchilarga bo’lib beruvchidir. U o’zining boshqaruvchilik rolini ado eta borib, odamlarni ijtimoiy vaziyatni xis qilish va undan chiqish choralari yo’zasidan terapevtik ko’rsatmalar berib boradi. Har bir seansda rollarni almashtiruvchi va protogonistni tayinlovchi ham u xisoblanadi. Amerikalik olim E. Bernning transakt taxlillar metodi ham shunga yaqin, faqat unda odamlarni har bir ijtimoiy vaziyatlardagi samarasiz (nojuya, bexuda) harakatlari taxlil qilinadi va o’yin vositasida ishtirokchilar to’g’ri harakatlarga urgatiladi.Shunday qilib, o’yin metodlarini qo’llash soxalari nixoyatda ko’p, ular doimo insonni xayotida to’g’ri mavqega ega bo’lishga, o’zi istagan, orzu qilgan xayotiy vaziyatlarni o’zi yaratishga urgatadi va undaydi. O’yinning har qanday shaqlini tashkil qilishda va uni samarali o’tkazishda, tabiiyki, trenerga ijtimoiy psixologik bilimdonlik Xayotiy tajriba, muloqot san'ati va sabr-tokat kerak Shuning -uchun ham o’yinni o’rganish va o’zi bilgan narsalarni birovlarga urgatish malakasiga ega bo’lgan shaxsgina uni to’g’ri tashkil qilishi va psixokorrektsion maqsadlarga erihishi mumkin.
Download 384 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling