Jizzax davlat pedagogika universiteti 701-guruh talabasi risqulova dilrabo


Download 1.17 Mb.
bet7/13
Sana16.01.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1096039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Risqulova Dilrabo

So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi. Nutq o‘stirishda izchillik to‘rt shartni, ya’ni izchilligi, istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil turlarini umumiy maqsadga bo‘ysundirish ko‘nikmasini oshirish bilan ta’minlanadi. Nutq turlari. Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifagida foydalanadilar. Ular o‘z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o‘ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, «o‘ylangan» (fikrlangan) nutqdir. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi. Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra nutq og‘zaki va yozma bo‘ladi. Og‘zaki nutq ko‘pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo‘ladi.

O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi.

O‘quvchilar nutqiga qo‘yilgan talablar. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi.

Nutqda mantiqiylik bo‘lsin.

1.O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin.

3. Nutq aniq bo‘lsin.

4. Nutq til vositalariga boy bo‘lsin.

5. Nutq tushunarli bo‘lsin.

6. Nutq ifodali bo‘lsin.

7. Nutq to‘g‘ri bo‘lsin.

Nutq madaniyatli bo‘lsin. Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir

Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi – o‘qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlab oladigan muntazam kitob o‘qiydigan, o‘qilgan kitobni to‘g‘ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalash. Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari o‘qish darslari tashkil etilgan. Sinfdan tashqari o‘qish 1-2 sinfda haftada 1 marta, 3-4 sinfda 2 haftada 1 marta o‘tkaziladi. Savod o‘rgatish jarayonida haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi. Bu darslarning asosiy vazifasi o‘quvchida badiiy kitoblarni o‘qishga havas uyg‘otish, o‘qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o‘rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish. Metodikaning vazifasi sinfdan tashqari o‘qish uchun o‘qiladigan adabiyotlar ro‘yxatini tavsiya qilish, yillik o‘quv rejasi va dars strukturasi namunalarini ishlab chiqishdir. Sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling