Jizzax davlat pedagogika universiteti bolalarga tennisni o’rgatish metodikasi Bajardi: Merajov Sirojiddin Tekshirdi: Shomirzayeva Nasiba


Download 14.1 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi14.1 Kb.
#1725400
Bog'liq
Sport sog\'lomlashtirish turizmi referat


JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Bolalarga tennisni o’rgatish metodikasi




Bajardi: Merajov Sirojiddin
Tekshirdi: Shomirzayeva Nasiba

О‘YIN TAKTIKASI


Taktika haqida tushuncha
“Taktika” atamasi aslida yunoncha so‘zdan kelib chiqqan
bo‘lib, o‘zbek tilida “tartib”, “tartiblashtirish” degan ma’noni
anglatadi. Ushbu atama qadimda ham va ayni vaqtda ham
ko‘proq harbiy sohada qo‘llanilib kelinadi. “Taktika” harbiy san’atning tarkibiy qismi sifatida harbiy qism va qo‘shinlami samarali jang olib borish uslublariga o‘rgatish,jang qilish nazariyasi va amaliyoti hamda jangda g‘alabaga erishish yo‘llarini o‘zlashtirish kabi masalalami o‘z ichiga oladi.Taktika harbiy mudofaa va janglarda tezkorlik bilan eng to‘g‘ri chora-tadbirlar ko‘rish, muayyan strategik maqsadlami hal etishga qaratiladi.
Taktika strategiya atamasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, qurolli kuchlami yoki alohida harbiy bo‘linmani muayyan taktik usul qo‘llash asosida pirovard strategik rejani amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
“Taktika” va “strategiya” atamalari harbiy sohada qaysi
ma’noda yoki qanday maqsadda qo‘llanalayotgan bo‘lsa, sport amaliyotida, jumladan tennisda ham aynan shu ma’no va maqsadda foydalaniladi.


O‘yin taktikasining mazmuni va vazifalari

Tennis musobaqalarida kechadigan har bir о‘yin jarayoni o‘zining pirovard maqsadiga ega bo‘lishi shart.


Ushbu maqsad o‘z navbatida avaldan belgilab olingan muayyan taktik va strategik vazifalar asosida amalga oshiriladi. Albatta, bunday maqsad va vazifalami qo‘yish hamda ulami amalda samarali hal
qilish sportchidan shakllangan texnik va taktik mahorat,jismoniy,funksional va psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Mazkur sifatlar esa ko‘p yillik trenirovka jarayonida sayqal topadi.
Ammo, ta’kidlash joizki, musobaqalarda qo‘yiladigan yuksak taktik va strategik vazifalami muvaffaqiyatli hal qilish faqat to‘g‘ri tashkil qilingan mashg‘ulotlar evaziga va, albatta, о‘yin
tajribasi hisobiga amalga oshirilishi mumkin.


Jismoniy tayyorgarlikning umumiy asoslari

Zamonaviy tennis amaliyotida qayd etilayotgan ustuvor xususiyatlardan biri yuklamalar hajmi va shiddatining borgan sari о‘sib borayotganligi, uzoq muddat davom etadigan (aksariyat 3-5 soat) musobaqa uchrashuvlarida raqobatning kuchayishi bilan ifodalanadi. Yuksak jismoniy va ruhiy faollik bilan kechadigan bunday jarayonlarda tennischining organizmi ko‘pincha funksional imkoniyatlar chegarasida faoliyat ko‘rsatadi. Tezkorlik-kuch, aerob va anaerob chidamkorlik sifatlarini talab qiluvchi va texnik-taktik harakatlar keskin o‘zgaruvchan vaziyatlarda ijro etiladigan bunday musobaqalarda qaysi sportchi o‘z qobiliyatini sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki uni oshira olish “kuchi”ga ega bo‘Isa, unga muvaffaqiyat shunchalik “kulib” boqishi muqarrar. Boshqacha qilib aytganda, ish qobiliyatining sifat va samaradorlik darajasini ko‘p yoki kam vaqt davomida saqlanishi umumiy va maxsus chidamkorlik sifatlarining turlari (tezkorlik, kuch, tezkor-kuchga bo‘lgan chidamkorlik, sakrashga bo‘lgan chidamkorlik, texniktaktik chidamkorlik va hokazo) qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.




Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni


Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Sog‘liqni mustahkamlash. 2. Hayotiy zarur harakat malakalarini takomillashtirish (yurish, chopish, sakrash va h.k.). 3. Harakat sifatlarini rivojlantirish. 4. Harakat malakalari hajmini oshirish va ulaming ijroiy chegarasini kengaytirish. 5. Organizmning о‘yin davomida ishtirok etuvchi organ, bo‘lim va mushak guruhlarining funksiyalarini shakllantirish. 141 6. 0 ‘yin malakalarini samarali o‘zlashtirishni ta’minlovchmaxsus sifatlami rivojlantirish. Jismoniy tayyorgarlik umumiy (UJT) va maxsus (MJT) jismoniy tayyorgarlikka bo‘linadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik sport trenirovkasini muhim vazifalaridan biri sifatida shug‘ullanuvchilaming to'laqonli jismoniy taraqqiyotini va har tomonlama jismoniy tayyorgarligini ta’minlashga qaratiladi. UJT hayotiy zarur harakat malakalarini takomillashtirishga va asosiy jismoniy sifatlami rivojlantirishga yo‘naltirilgan jarayondir. Maqsadi MJTning poydevori bo‘lgan UJT bazasini yaratishdir
Download 14.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling