Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 300.05 Kb.
bet18/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

Birinchidan, milliy an‘analar milliy xalq pedagogikasining manbalaridan bo‘lib, yoshlarning ma‘naviyatini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi, chunki, ular xalq donishmadligini o‘zida ifodalagan bo‘lib, qadriyat sifatida avloddan-avlodga o‘tib boradi.
Ikkinchidan, an‘analar tarixiy hodisadir. Shunga ko‘ra ular ko‘p qirrali va murakkab jarayondir. Ular tarixiy zaruriyat sifatida namoyon bo‘ladi, ammo ular yangi avlod tomonidan ko‘r-ko‘rona qabul qilinmaydi, balki vorislik tamoyiliga ko‘ra tarixiy tanlanadi. Shu boisdan, an‘analar zamon talabi asosida o‘zgarib boradi. Buni talabaning ma‘naviyatini shakllantirishda hisobga olish katta samara beradi. Uchinchidan, barcha xalqlarda bo‘lganidek, o‘zbek xalqi an‘analari zamirida mazkur millatga hos bo‘lgan jihatlar, ifodalanadi va ular milliy qadriyat sifatida namoyon bo‘ladi. Ana shu narsa, o‘quvchilarda milliy, estetik ong, milliy madaniyat, ma‘naviyatni shakllantirishga yordam beradi.
To‟rtinchidan, o‘zbek xalq an‘anasi o‘z shakliga va mazmuniga, xarakteri va amal qilish doirasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi, ammo mohiyat e‘tibori bilan bir nuqtada birlashadi. Ularda xalqning orzu-umidi ifodalanadi, uning oliyjanob sifatlari namoyon bo‘ladi. An‘analar zamirida doimo insonparvarlik g‘oyalari mavjud bo‘ladi va ular shaxsning ma‘naviy barkamolligida yetakchi o‘rin egallaydi.
Talabaning ma‘naviyatini shakllantirishda umuminsoniy an‘analar, kundalik hayot bilan bog‘liq an‘analar va mehnat an‘analarining tutgan o‘rni kattadir. Umuminsoniy an‘analar barcha millatlar manfaatlariga mos keladigan hazinadir. Milliy xalq an‘analari yagona tarbiyaviy asosga egadir. O‘zbek xalq an‘analari tarkibiga kundalik hayot bilan bog‘liq an‘analar o‘ziga hos mazmun kasb etadi. Bu an‘analar yoshlarni turli hatti-harakat, odob-axloqqa o‘rgatishda muhim manba bo‘lib, yoshlarda ma‘naviy madaniyatning shakllanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Milliy an‘analarni yoshlar ongiga singdirish orqali ularda ma‘naviy- axloqiy sifatlarni shakllantirish yo‘li bilan bir qatorda milliy an‘analarimizga, qadriyatlarimizga hurmat va shu qadriyatlardan o‘zlarining kundalik hayot va faoliyatlarida qo‘llay olish malakalari bilan mustahkamlanib boriladi. Ayniqsa, yoshlarda ma‘naviy, axloqiy, estetik madaniyatning kurtaklari shakllanadi.
Zero, ta‘lim-tarbiya jarayonida xalq milliy qadriyatlarida foydalanish biz tadqiq etayotgan muammo nuqtai- nazari bilan birinchidan, talabalarda ma‘naviy madaniyat sifatlarining shakllanishida, ikkinchidan, talaba yoshlarda milliy madaniy merosimizga nisbatan ijobiy yondashuvning qaror topishida, uchinchidan, esa tadqiqot maqsadi sanalgan talabalar ma‘naviyatini rivojlanishida zaruriy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Xalq pedagogikasida o‘zbek xalqining ibratomuz, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama tarbiyalashda katta ta‘sir eta oladigan urf-odatlari, an‘analari, marosim va rasm-rusmlari borki, bularni bugungi kunda talabalarning ongiga, hayot tarziga singdirish milliy qadriyatlarimizni yana qayta tiklash demakdir. Zero, yetmish yillik sobiq ittifoq tuzumi davrida milliy an‘analarimiz o‘rniga g‘arb, ovro‘pa va rus madaniyatiga hos an‘analarni xalq ongiga sun‘iy ravishda singdirib keldilar. Bu esa, o‘z-o‘zidan inson kamolotiga ta‘sir o‘tkazadi. Natijada, ko‘pgina milliy udumlarimiz, an‘analarimiz unitila boshlandi. Milliylik va o‘zbek xalq pedagogikasida tavsiya etilgan tarbiyaviy vositalar qadriyatlarni ―eskilikka intilish‖, ‖eskilik sarqiti‖, ―diniy xurofot‖, ―hayotdan orqada qolish‖ kabi tushunchalar bilan kamsitilib kelingan. O‘z turmush tarzlariga, tarbiya jaryoniga, sharq tarbiyasiga zid bo‘lgan vosita va uslublarni kirita boshladilar. Milliy qadriyatlarni qadrlamaslik oqibatida insonlar o‘rtasida mehr-muhabbat ko‘tarila boshladi. Biz mana shu qilgan xatolarni bugungi va ertangi kunda takrorlamaslik uchun o‘zbek xalqining o‘zbekona milliy qadriyatlarni yanada kengroq va chuqurroq o‘rganmog‘imiz lozim.
Umuman, yoshlarda ma‘naviy madaniyatni shakllantirishda qaysi an‘analar qanday maqsad uchun xizmat qilishini anglab yetishimiz zarur. Xullas, o‘zbek xalqi an‘analarga boy, turmush tarzi, milliy hususiyati, ijtimoiy psixologiyasi, tafakkurlash usulidan kelib chiqqan bo‘lib mazkur xalqning ma‘naviyatidan kelib chiqadi. Mustaqil O‘zbekistonda ta‘lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi ma‘naviy qadriyatlardan, umuminsoniy qadriyatlarning barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanishni taqozo etadi. Asrlar davomida kishilar qalbida yashab kelib, bebaho ma‘naviy, milliy qadriyatlarimiz turmush tarzimizga chuqur singib ketgan. Ma‘naviy qadriyatlarimiz rang-barang va beqiyosdir, lekin, ular orasida shunday asosiy qadriyat ham mavjudki, bu hamisha ota-bobolarimiz orzu-niyatida, dilida turgan farzand tarbiyasidir. Aslida ta‘lim-tarbiya jarayonining o‘zi ham ma‘naviy qadriyat bo‘lib, inson shaxsining ma‘naviy kamolotida hizmat qiladigan ijtimoiy, tarixiy hodisani ifodalaydi.
O‘zbekona ma‘naviy qadriyatlar tizimiga do‘stlik, mehmondo‘stlik, odamgarchilik, insonparvarlik, axloqiy teranlik va chaqqonlik, uquvlilik, sahiylik, hushmuomalalik, ko‘pchilik bilan muloqotga intilishi, ozodalik, hushfe‘llik, mardlik, nazokatlilik, samimiylik, ziyraklik, tashabbuskorlik, ona yurt va xalqiga muhabbatlilik, insoflilik, diyonatlilik, rostgo‘ylik, halollik, sabr-andishalilik, vazminlik, ota-ona va kattalarni hurmat qilish, o‘tmishga hurmat, mehhnatsevarlik, milliy g‘urur, mustaqillikni qadrlash, vatanparvarlik, millatparvarlik singari fazilatlar kiradi. Bu mezonlarni yoshlarning ongi va qalbiga chuqur singdirishi ularning ilmiy, amaliy kamolotiga asos bo‘ladi.
O‘zbek xalqining ma‘naviy-milliy qadriyatlaridan ta‘lim-tarbiyada foydalanish muhim pedagogik muammolardan biridir. Uni nazariy va ilmiy jihatdan ishlab chiqish va amaliy ahamiyatini ko‘rsatish hozirgi zamon tarbiya tizimining mohiyati, maqsad va vazifalarini ochib berish imkonini berdi. Ta‘lim-tarbiya jarayonida o‘zbek xalqining ma‘naviy qadriyatlaridan foydalanish komil inson tarbiyasini tashkil etishda muvoffaqiyatga eltadi.

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling