Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 300.05 Kb.
bet24/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

6-Maruza. Zamonaviy bayramlar, marosimlar va ommaviy tadbirlarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini milliy qadriyatlar asosida tashkil etish.

  1. Milliy qadriyatlar asosida ommaviy tadbirlarni tashkil etish.

  2. Jismoniy tarbiya va sport ishlarini milliy qadriyatlar asosida tashkil etish.

Milliy qadriyatlar asosida ommaviy tadbirlarni tashkil etish.
O‘zbek xalq o‘yinlari bolalar tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Bu o‘yinlar o‘g‘il va qizlarni xushyorlikka, epchillikka o‘rgatadi va ularning aql – zakovatini o‘stiradi. Buning uchun har qanday milliy o‘yinni avval tarbiyachining o‘zi puxta o‘rganib olishi va uyushtirilishi lozim.
Yaxshi tayyorgarlik bilan o‘tkazilgan qiziqarli o‘yinlar bolalarni fikrlashga majbur qilib, ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanadi.
O‘yinni tashkil etishdan oldin unga kerakli buyumlarni tayyorlab qo‘yish lozim. Odatda xalq o‘yinlarini ochiq havoda sport soatlarida tarbiyachining bevosita raxbarligida yoki ba’zi faol o‘quvchilar bilan o‘tkazish mumkin. O‘yinni o‘quvchilarga sodda, qiziqarli yo‘sinda tushuntirib, tushuntirib ularning o‘yinga ishtiyoqlarini oshirib borish zarur. Tarbiyachining vaqti – vaqtida o‘yinga aralashuvi bolalarning o‘yinga qiziqishini yana ham oshiradi.
Ma’lumki, o‘yin insonning shakllanishida va yosh bolaning rivojlanishida o‘ta muhim o‘rin tutadi. O‘yinga bo‘lgan ehtiyoj, qiziqish bola tabiatida bor. Bolaning birinchi faoliyati o‘yin bilan boshlanadi. Bola hayotini avvaliga o‘yin bilan o‘rganadi, his qiladi, tushunishga harakat qiladi, o‘yin yordamida katta hayotga tayyorgarlik ko‘radi.
Xalq o‘yinlari eng qadimgi zamonlardan beri kishilik jamiyatining hayot tarzida o‘ziga xos o‘rin egallab, kichik yoshdagi bolalardan boshlab voyaga yetish jarayonidagi yoshlarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vositalaridan biri hisoblangan. Jamiyat taraqqiyotining har bir davrida xalq o‘yinlari belgilangan maqsad va vazifalari bilan shu jamiyat manfaatlari yo‘lida xizmat qilgan. O‘zbek xalq o‘yinlari shu qadar ko‘p bo‘lganki, bir qishloq o‘yinlari ikkinchisidan, bir shahar o‘yinlari boshqa shahar o‘yinlaridan tubdan farq qilgan.
Har qanday o‘yinning asosini harakat tashkil qilgani uchun xalq o‘yinlarining katta bir qismi o‘zbek xalq milliy o‘yinlari deyiladi. Milliy harakatli o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishning o‘ziga xos tomonlari mavjud. Shuning uchun ham o‘yinning nozik tomonlarini bilishning ahamiyati kattadir. O‘yinning bolalarni o‘yinga chaqirish va to‘plash, o‘yinni baholash uchun qura tashlash, o‘yinni tamomlash kabi o‘yin mazmunini to‘liq ochib beradigan o‘ziga xos xususiyatlarni bilmasdan turib sog‘lomlashtirish, jismoniy sifatlarni tarbiyalab ta’lim – tarbiyaviy vazifalarni hal qilib bo‘lmaydi.
Xalqning mehr qo‘ri bilan yaratilgan har bir o‘yini, o‘yinning umr boqiyligi, unga qanday munosabatda bo‘lishga ham bog‘liq. Binobarin, o‘yin har bir xalqning qalb ohanglari, hayot tashvishlari va quvonchlarini, turmush tarzi xususiyatlarini belgilaydi.
M.Murodov, U.Qoraboev, M.Jabborov, J.Toshpo‘latov, A.Atoev, R.Abdumalikov, T.Usmonxo‘jaev, G‘.M.Salimov, X.A.Meliev, F.Q.Axmedov, T.Xoldorov kabi olimlarning ilmiy-nazariy mulohazalari hamda o‘yinlarning mazmuni asosida milliy harakatli o‘yinlarini quyidagi turkumlariga ajratish mumkin:

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling