Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 300.05 Kb.
bet32/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

O‘zbek xalqining milliy jismoniy madaniyati qadimgi ajdodlarimiz tarixi bilan uzviy bog‘lanib ketadi. Buning guvoxi sifatida “Avesto”, “Alpomish”, “Kuntug‘mush”, “Qirq qiz”, “Guro‘g‘li”, turkumidagi barcha dostonlarda paxlavonlarning jasorati ustunlik bilan madx etilganligidan bilish mumkin. Otda poyga, nayza uloqtirish, kurash, qilichbozlik, kamondan o‘q otish, merganlik qilish kabi jismoniy sifatlar kaxramonlar siymosi orqali butun xalqning turmush madaniyati aks ettirilgan.
Shu o‘rinda ayniqsa o‘zbek xalkimiz azal-azaldan taffakuri xazinasiga¸ilm-fan madaniyat taraqqiyotiga unitilmas xissa qo‘shib kelanlar. Bobokolonlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratilgan fan va madaniyatning barcha soxalariga taalluqli nodir asarlar¸qimmatbaxo fikr-muloxazalar hozirgi kunda xam jaxon xalqlari ma’naviy dunyovsini boyitib¸ ularning ma’naviy kamolatiga xizmat qilib kelayotgandan faxrlanamiz.
Xozirgi kunda zamonaviy bilim hamda kasblarni chukur egallashimizda Ota-bobolarimiz bizga qoldirgan boy va rang barang ma’naviiy merosni milliy qadriyatlarimizni asrab avvaylab¸ ularni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan ijodiy boyitib¸kelajak avlodning taffakuri¸ dunyoqarashini milliy umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirib, ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirish mustaqillik poydevorini mustaxkamlashning asosiy garovidir.
Mustaqillik yillarda milliy tariximiz, an’analarimizning Hech bir xalq¸ o‘zligini anglamasdan¸ illiy madaniyatini¸milliy qadriyatlariga hurmat –izzat bilan qaray olmaydi. O‘zbekistonning kuch qudrati xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligidadir.
Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida ijtimoiy xodisalariga munosabat xilma-xil tarzda namoyon bo‘ladi. Xususan¸ mustaqilligimizning birinchi kunidan boshlab hayotimizning barcha jabhalarida “qadriyatlar”¸ “milliy tiklanish “¸ “ milliy ong”¸ “ milliy g‘urur”¸ milliy iftixor kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas. Zotan¸ mustaqillik ayni paytda milliy tiklanish hamdir. Uni esa mazkur tushunchalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
O‘zbek xalqi uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish azaliy an’analardan xisoblanadi xalkimiz o‘z turmush tarzi tarixiy shug‘ullanish kanda qilmaydi. Xalq jismoniy tarbiya xalq, usullarini yangilab boradi va uni mavjudligini saqlab koldi ayniqsa xalq an’analarini yaqqol ko‘rish mumkin. Bayramlar nafaqat o‘yin, kulgu turli tomoshalar va pazandachilik bilan bog‘liq ko‘rinishi tadbir, balkim sport musobaqalari tadbirlari xam bo‘oib xizmat qilgan. Buni tarixiy ko‘rinishlar, turli adabiyotlar, xalq og‘zaki ijodi ma’lumotlarida, shuningdek axoli tarzi a’nanalari, urf-odatlarida xam ko‘rish mumkin Misol tariqasida xalq bayrami bo‘lish Navro‘zning nishonlanishida, undagi sportga doir tadbirlarida kurash, ot o‘yinlari, xarakatli o‘yinlarda kuzatish mumkin. Xalq orasida Navro‘z bayrami kurashchilar, chavandoz polvonlarning musobaqalar turi bo‘lib xizmat qilgan va bu musobaqalar o‘ziga xos tashkil etilgan va o‘tkazilgan. Nafaqat katta bayramlar oddiy kichik tadbirlar, to‘ylarda xam, kurash, ot o‘yinlari, xarakatli o‘yinlar o‘ziga xos ravishda musobaqalar tashkil etilgan. Shu orqali axoli jismoniy tarbiyaga jalb etilgan. Mustakillik xalqimizning a’nanalari va qadriyatlarining yanada rivojlanishiga, ulardan tarbiya jarayonida foydalanishiga keng yo‘l ochib berdi. Navro‘z,Hayit kabi ko‘plab xalq bayramlari qayta tiklandi. Ularning mazmunidan jismoniy tarbiya va sport ishlari ham keng o‘rin oldi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, o‘quvchi yoshlarga jismoniy bilim berish bilan birga xalq milliy qadriyatlarini singdirish hamda har tomonlama jismoniy kamolotga erishida o‘qituvchining mahoati boy tajribasi ma’naviy saviyasi o‘z ishiga ijodiy yondoshishi asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun har bir harakatli o‘yin dars sharoitida aniq yo‘naltirilgan, ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirsh ko‘rsatmalar berish orqali aniq natijalarga erishiladi. Mamlakatimizni jaxonga tanitishda sportning axamiyati katta bo‘lganligini barchamizga ma’lum. Hozirgi kunda milliy o‘yinlar, jumladan kurash uloq, xalqaro sportturlari o‘zbeklarning obrusini oshirmoqda.
Bugungi kunda maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya orqali yoshlarga milliy qadriyatlarni singdirish, o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustaxkamlash mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat kabi tuyg‘ularni singdirib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 16.12.2019 y. O‘RQ-595-son "Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida"gi Qonuni 29-moddasida Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi bolani to‘laqonli har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi:
bolaning bilim jihatidan va intellektual rivojlanishini;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlikni;
bolalarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi millatlar va elatlarning urf-odatlari va an’analari bilan tanishtirishni;
bolaning ijtimoiy moslashuvini;
alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan pedagogik-tuzatish (korreksiyalash) va tibbiy-psixologik ishlar amalga oshirilishini;
bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashni ta’minlashi kerak.
Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarini tuzatishga (korreksiyalashga) hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan yakka tartibdagi rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bundan ko‘zlangan maqsad maktabgacha tarbiya ta’lim tizimi jarayonida yangicha yondashuv bola tarbiyasidagi o‘zbek xalqining milliy an’nalari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining o‘ziga xosligi xalq pedagogikasining ulkan tajribasi hamda o‘ziga xos xususiyatlari, mintaqa iqlim sharoitlari bolaning jinsi yosh bosqichlari, ularning anatomik-fiziologik, psixologik-gigienik jixatlari barcha ijobiy xususiyatlarini o‘zlashtirishni uyg‘unlashtirish masalalari alohida o‘rin egallaydi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. U bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga qiziqishni shakllantirish maqsadini ko‘zlagan holda, olti-yetti yoshgacha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Milliy urf-odat va an’nalar xalqning ijtimoiy extiyojlari, axloq normalari, manfatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o‘ziga xos ravishda mujassamlanadi. Ular xalqning faoliyati jarayonida tug‘iladi. Har bir xalq butun tarixi davomida yashash sharoitining xarakter va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning ma’lum me’yor va yo‘l-yo‘riqlarni ishlab chiqadi. Bu yo‘l-yo‘riqlar avlodan avlodga o‘tish bilan takrorlanib, urf-odat va an’analarga aylanib qoladi. Shakllangan urf-odatlar va an’nalar shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirnishida xulq-atvorlarni ijtimoiy jixatdan belgilovchi, boshqarib turuvchi va shakllantiruvchi vazifalarni bajaradi. Marosim va an’nalarning eng muxim xususiyatlaridan biri, bu- ularda xalq nazokati, ruxiyatining aks etishidir. Bolaning milliy an’nalar, marosimlar, rasm-rusumlar, bayramlarda bevosita ishtirok etishi ularda ma’naviy-axloqiy sifatlar, milliy xarakterning shakllanishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan ularda milliy xususiyatlarni rivojlantirishda milliy an’nalar aks etgan vaziyatlarnini imitatsiya ( ko‘rsatib berish) qildirish samarali natija berishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy xususiyatlarni rivojlantirish maqsadida olib boriladigan korreksion ishlarda quyidagi holatlarni inobatga olish maqsadga muvofiq sanaladi:

  • Korreksion ishlar mobaynida boladan o‘z-o‘zini yuqori darajada ixtiyoriy boshqarish talab etilmasligi kerak;

  • Maktabgacha yosh davrida ixtiyoriy diqqatning yetarli rivojlanmagani inobatga olib, shuningdek, bolalardagi irodaviy xissiy zo‘riqishning oldini olish maqsadida korreksion tadbirlar o‘yin tariqasida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. [25]

Yangi O‘zbekiston qurilayotgan bir davrda maktabgacha yoshdagi yoshdagi bolalar ongida milliy tarbiyaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha tushuncha va qoidalarni singdignrishga extiyoj sezilmoqda.
Shu bois mamalakatimizda ma’naviy –ma’rifiy ishlarni tizimili tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirilarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning iintelektual salohiyati, ongi tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunetitni mustaxkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muxabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashnaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan ko‘zlangan maksad barchamizning burchimiz va barkamol bo‘lgan farzandlarimizni xar jixatdan sog‘lom va yetuk insonlar kilib tarbiyalashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy ma’naviyatini takomillashtirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Prezindentimiz Shavkat Mirziyoevning 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida bola tarbiyasida milliy tarbiya uslublari va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning xam bilimi va malakasini muntazam oshiriib borishni nazarda tutuvchi uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimini yaratish, aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umumiyinsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror topshirish kabi vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘rni muxim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari yosh avlodni ma’naviy- axloqiy tarbiyalashda xalqning boy ma’naviy, tarixiy an’analariga, ur-odatlari va umumbashariy qadriyatlariga asoslanadi hamda quydagi ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi:

  • bolalarni Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish orqali ularda milliy g‘urur xissini tarbiyalash;

  • bolalarni insonparvar xalqparvar vatanparvar dunyoviy qarashlariga ega milllatlararo tutuvlikka rioya etadigan qilib tarbiyalash:

  • ularni yaqinlari va atrofidagilarga samimiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatish ularda fuqarolik xissi va ijtimoiy ma’suliyatini shakllantirish:

  • Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrash va uning kelajagiga ishonish hamda farovonligi uchun sodiq bo‘lish yo‘llarini ko‘rsatish:

  • mexnatsevarlikka sog‘lom turmush tarziga undash erkin fikr egasi qilib tarbiyalash.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiya yo‘nalishlariga oid g‘oyalar qarashlar, usul va vositalarga tayangan holda amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar yashab turgan shaxrida me’yoriy-qoidalarga rioya etishi va umuminsoniy qadriyatlar hamda urf-odatlarga sodiq munosabatda bo‘la olishi axloqiy tarbiyaning belgisidir. “Bola yaxshi,odobi undan yaxshi ”degan fikrning pedagog tarbiyachilari tarbiyalanuvchilarni o‘qitish bilan bir qatorda ularga bilganlaridan hayotda samarali foydalanishni va bu jarayonda xushmomila, samimiy odobli, orasta bo‘lishni o‘rgatishi lozim. Respublikamizda Maktabgacha yoshdagi bolalarga umuminsoniy va Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyatini tanishtirish, dunyoviy va diniy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, tobora milliy an’analar tushunchalarini rivojlantirish juda muhimdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘zbek xalqining madaniy merosini o‘rgatishda uning milliy o‘ziga xosligi, ma’naviy xususiyatlarini hisobga olgan holda an’analariga tayanish maqsadga muvofiq. Umuminsoniy qadriyat bu barcha insonga xos bo‘lgan, uning madaniy va milliy ko‘p qirraliligi, ya’ni turli millat vakillariga hurmat, turli dinlar va boshqa madaniyatlarni o‘ziga xosligini tan olish,qadriyatlarni hurmatlashni nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni jismoniy tarbiyalashda an’nalarning o‘ziga xos xususiyatlari bolalarga milliy qadriyatlarimizga mos xatti harakatlarni taqlid, o‘xshatish yo‘li bilan xatti-harakatlarni takrorlash qildirish orqali mashg‘ulot olib borishsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi
Erta tong” mashqi

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling